Tjkx tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar Binolarning energiya samaradorlik sinflarini aniqlash


TJKX tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar


Download 53.28 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi53.28 Kb.
#1830622
1   2   3   4
Bog'liq
mahmlakat iqtisodiyotining energiya samaradorligini oshirish yo\'nalishlari

TJKX tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar


Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda turar-joy kommunal xo‘jaligi (TJKX) ni modernizatsiya qilish dasturi faollik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Iqtisod vazirligi va yangi tashkil etilgan (TJKX) vazirligi rahbarliklari ostida loyihalar doirasida 6 ta bo‘limning modeli rivojlantirilmoqda:

  • aholi orasida energetik resurslarni tejash va hisobga olishning to‘g‘ridan – to‘g‘ri iqtisodiy foydaliligi to‘g‘risida axborot kampaniyasini o‘tkazish (OAV matbuotida, radio va televidenie bo‘yicha ijtimoiy reklamalarni tashkil etish);

  • hisoblagich priborlari bo‘yicha haq to‘layotganlar uchun chegirmali ta’riflar o‘rnatilishi;

  • ikkilamchi ta’rif (kun va tun bo‘yicha);

  • elektr energiyasi va boshqa resurslar (suv, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi) dan foydalanishni hisobga olish priborlarini to‘liq o‘rnatish;

  • tovarlar energetik samaradorligi sinfi va ular energiya samaradorligi to‘g‘risidagi axborotni texnik hujjat, markirovka, etiketkaga majburiy kiritish haqidagi talablarni amalga oshirish. Energiyani isrof qiluvchi tovarlarning savdoga chiqarilishini taqiqlash;

  • energiya servis (energiya xizmati) shartnomasini barcha energiya resurslari bo‘yicha amaliyotga tatbiq etish.

Pilotli mavzelar doirasida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish taklif etilgan, bu tadbirlar butun Respublika shaharsozlik amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad – energiya tejash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ushbu mavzeda yashayotgan oilalar, fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iboratdir. Energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar:

  • binolarda issiqlik va elektr energiyasining behuda yo‘qotilishini minimallashtirish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar: fasadlar va xonalar devorlariga issiqlik himoyalovchi qoplamalarni o‘rnatish, tomni almashtirish, choklarni isitgich tolalari bilan zichlab to‘ldirish, plastik derazalar, issiqlik berilishini tartibga soladigan (regulirovkalaydigan) yangi avlod radiatorlarini o‘rnatish, yer to‘lalardagi chiroqlarni energiya tejaydigan yorug‘lik, shovqin datchikli chiroqlarga almashtirish;

  • davlat budjeti hisobidan energiya bilan ta’minlanadigan binolarni muntazam energetik audit tekshiruvidan o‘tkazib turish, energiya resurslarining sarflanishi to‘g‘risidagi yillik hisobotni har yili berib borish;

  • energiya samaradolrlikni oshirish bo‘yicha chora – tadbirlarning qo‘llanilishini rag‘batlantiruvchi moliyaviy mexanizmlar:

  1. energiya samaradorlik bo‘yicha tuzilgan loyihalarni amalga oshirishga olingan kreditlar foizlari uchun to‘lanadigan mablag‘larning bir qismini imtiyozli ravishda ajratish;

  2. energiya samarador jihozlash uchun amortizatsion imtiyozlar;

  3. tashkilotlarga investitsion soliq kreditlar berish;

  4. kredit bo‘yicha 100 foizli qo‘yilma bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanish;

  5. turar-joy uylariga hisoblagich priborlarini o‘rnatishni shahar budjetidan grant asosida qo‘llab – quvvatlash.

  • o‘z nazorati ostidagi ob’ektlar energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tashkilotlarga sarflangan mablg‘alarni kompensatsiyalash;

  • bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha yangi reglamentlar va me’yorlarni ishlab chiqish, chet el energiya samarador va ekologik qurilish standartlariga orientatsiyalanish;

  • tashqi va ichki muhitning holatiga uning harorati va namligiga bog‘liq ravishda isitish, ventilyatsiya va konditsionerlashning samarador tizimlari, bu tizim boshqarilishi ustidan kompyuter nazoratini o‘rnatish;

  • passiv energiya tejamkorlik bo‘yicha loyihaviy yechimlar (binolarni kunduzi ko‘p yorug‘lik tushadigan tomon – shimolga orientatsiyalash, shisha parda devorlar);

  • binolarni loyihalashda matematik modellashtirishni qo‘llash (issiqlik, havo va yorug‘lik oqimini hisoblash);

  • transportning muqobil (alternativ) turlari (loyihalashda jamoat transporti, umumiy foydalaniladigan velosiped yo‘laklariga e’tibor qaratish, zararli gazlarni chiqarish darajasi past bo‘lgan energiya tejamkor avtomobillardan foydalanish imkoniyatini yaratish);

  • munitsipial darajadagi elektr energetikani rivojlantirish. Shahar issiqlik energiya markazlari (SHEM) da kogeneratsiya – qaynoq suv bug‘i turbinalarni aylantirgandan keyin elektr energiyasiga aylanadi, bu energiyadan suvni isitishda foydalanib, issiq suvga bo‘lgan ehtiyoj qoniqtiriladi. Natijada, yonilg‘i (neft), ko‘mir, gazdan ancha samarali foydalanishga muvaffaq bo‘linadi.

  • uzatish tarmoqlarida energiya resurslarining behuda yo‘qotilishini pasaytirish imkonini beradigan texnologiyalarni qo‘llash.

Issiq suv quvurlarini zamonaviy turdagi issiqlik himoyasiga va uzoq xizmat ko‘rsatish muddatiga ega bo‘lgan yangi quvurlar bilan almashtirish.
Mavzelar qurilishida turar-joy binolari energiya samaradorlik bo‘yicha quyidagi rezerv nuqtalarga ega bo‘lishi lozim:

  1. To‘siqlar issiqlik ximoyasi tizimlari;

  2. Ventilyatsion havoni isitish tizimlari;

  3. Issiq suv ta’minoti ehtiyojlarini qoniqtirish uchun suvni isitish tizimlari;

  4. Issiqlikni taqsimlab tarqatish tizimlari: individual va markaziy issiqlik punktlari;

  5. Binolarni yoritish tizimlari;

  6. Binolarni sovuq suv bilan ta’minlash tizimlari;

  7. Mahalliylashtirilgan avtomatizatsiyalash tizimlari.


Download 53.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling