Tjkx tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar Binolarning energiya samaradorlik sinflarini aniqlash


Binolarning energiya samaradorlik sinflarini aniqlash


Download 53.28 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi53.28 Kb.
#1830622
1   2   3   4
Bog'liq
mahmlakat iqtisodiyotining energiya samaradorligini oshirish yo\'nalishlari

Binolarning energiya samaradorlik sinflarini aniqlash


O‘zbekiston Respublikasi “Energiya tejash va energiya samaradorlikni oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi alohida qonunchilik aktlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki kapital ta’mirdan chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan ko‘p xonadonli turar-joy uyi binosining energetik samaradorligi sinfini aniqlash ko‘zda tutilgan.
Ko‘p xonadonli uy binosining energetik samaradorligi sinfi quyidagi natijalar bo‘yicha aniqlanadi:

  • binoda amalga oshirilgan arxitekturaviy, funksional-texnik, konstruktiv va muhandis-texnik yechimlarni baholash;

  • energetik resurslarning yillik solishtirma sarflanish miqdorini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, shu jumladan instrumental yoki hisoblash usullaridan foydalanib aniqlangan ko‘rsatkichlarni o‘rnatish;

  • energetik rusurslar hisobiy (faktli) solishtirma sarflanish qiymatlarining binolar, qurilmalar, inshootlar energetik samaradorligi talablari bilan o‘rnatiladigan me’yorlangan darajadan og‘ish kattaliklari;

  • olingan og‘ish kattaliklarini ko‘p xonadonli uylar energetik samaradorlik sinfi jadvali bilan solishtirilgandan keyin energetik samaradorlik sinfi aniqlanadi. Energetik samaradorlik sinfi lotin harflarida belgilanadi.

Turar-joy binolari uchun energiya samaradorlik sinfi.
Energetik samaradorlik sinflari – A-eng yuqori energiya samarador, B++ va B+- oshirilgan energiya samarador, B – yuqori energiya samarador, C - me’yoriy energiya samaradorlikka ega bo‘lgan turar-joy binolari. Bu sinflar yangi va rekonstruksiya qilingan uylarning energiya samaradorligini belgilash uchun qo‘llaniladi. Mavjud bo‘lgan binolar D (pasaytirilgan) va E (past) energiya samaradorlik sinflariga ega.
Foydalanishga topshirilayotgan ko‘p xonadonli turar-joy binosining energetik samaradorlik sinfi davlat qurilish nazorati organining qurilgan, rekonstruksiya qilingan ko‘p xonadonli turar-joy binosining energetik samaradorlik talablarining muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Respublika qonunlari talablariga muvofiq, turar-joy binosini foydalanishga topshirish bosqichida bu binoning fasad qismiga uning energetik samaradorligi sinfi yozilgan ko‘rsatkichni osib qo‘yish quruvchi tashkilotning burchi deb hisoblanadi.
Fasadga joylashtiriladigan ko‘p xonadonli uy binosining energetik samaradorlik sinfini bildiradigan ko‘rsatkichga qo‘yiladigan talablar.

  1. Ko‘p xonadonli uy kvartirasining egasi yoki ko‘p xonadonli uy uchun mas’ul bo‘lgan shaxs ushbu uy energetik samaradorligini anglatuvchi ko‘rsatkich belgisining joriy holatini ta’minlashga majburdir va energetik samaradorlik sinfi o‘zgargan vaziyatda, osib qo‘yilgan ko‘rsatkich belgisini yangisiga almashtirishi lozim.

  2. Energetik samaradorlik sinfi ko‘rsatkich belgisi o‘lchami 300 x 300 mm li va burchaklarida diametri 5 mm bo‘lgan teshiklarga ega bo‘lgan plastina bo‘lib, mazkur plastina uy fasadiga mahkamlash elementlari bilan o‘rnatib qo‘yiladi.

  3. Plastina yuqori qirrasi tomoniga bosh harflar bilan “ENERGETIK SAMARADORLIK SINFI” yozuvi joylashtiriladi. Plastinaning markaziga (A, B++, B+, B, C, D, E) energetik samaradorlik sinflarini anglatuvchi lotin harflari balandligi bo‘yicha 200 mm kattalikda yozib qo‘yiladi. Plastinaning pastki qismiga energetik samaradorlik sinfining nomlari eng yuqori, oshirilgan, yuqori, me’yoriy, pasaytirilgan, past deb bosh harflar bilan yozib ko‘rsatiladi. Shrift rangi qora bo‘lib, ko‘rsatkich foni oq yaltiroq ranga ega bo‘ladi.

  4. Ko‘p xonadonli uy energetik samaradorlik ko‘rsatkichi mazkur bino fasadlaridan biriga er sathidan 2 dan 3 metrgacha bo‘lgan balandlikda, bino chap burchagidan 30-50 sm masofada joylashtiriladi. Energetik samaradorlik ko‘rsatkichining yaxshi ko‘rinib turishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.

  5. Ko‘p xonadonli uy rekonstruksiya qilingandan keyin yoki kapital ta’mirlanganidan so‘ng erishilgan energetik samaradorlik sinfining muvofiqligini tasdiqlash natijalari bo‘yicha uning energetik samaradorligi oshganligini namoyish qilish maqsadida eski ko‘rsatkich belgisini yangisiga o‘zgartirish taqozo etiladi.

Binolar energiya samaradorlik sinflari

Синф





Синф ҳисoбий (фaктли) энергия сaрфи сoлиштирмa қиймaтининг мeъёрий қиймaтдaн oғиш кaттaлиги, %

Мaъмурий oргaнлaр тoмoнидaн тaклиф этиладигин чoрa-тaдбирлaр

Жудa юқoри

А+

60 дaн пaст

Иқтисoдий рaғбaтлaнтириш

А

45 дaн59,9 гaчa

Юқoри


В++

35 дaн44,9 гaчa

Қурилгaн йилигa бoғлиқ рaвишдa иқтисoдий










В+

25 дaн34,9 гaчa

рaғбaтлaнтириш

В

10 дaн24,9 гaчa

Мeъёрий

С

+5 дaн9,9 гaчa

---

Пaсaйтирилгaн

Д

5,1 дaн+50 гaчa

2020 – йилдaн кeйин мумкин қaдaр
мoдeрнизaциялaш тaқoзo
этилади

Пaст

Е

+50 дaн oртиқ

Бинoни кeчиктирмaсдaн дaрҳoл мoдeрнизaция
қилиш тaлaб этилади





Download 53.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling