Tktishf tmj yo’nalishi 4-kurs 9-20 guruh talabasi Abduraimov Umidning “texnologik mashina va qurilmalarni hisoblash asoslari” fanidan mustaqil ishi


Download 11.19 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi11.19 Kb.
#1833957
1   2
Bog'liq
Mavzu Tabiiy gazlarni tozalash usullari va qurilmalari Reja Ta-kompy.info

Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va boshqa apparatlar ishlatiladi.


  • Gaz va gaz kondensatli konlardan qazib olinayotgan mahsulot tarkibi uglevodorodlardan tashqari tog‘ jinslari mexanik zarrachalari, qatlam suvlari va mexanik gazlardan iborat bo‘lganligi uchun gazni iste’molchiga yuborilganga qadar tozalanadi. Tabiiy gaz aralashmalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratishdan maqsad uning sifat ko‘rsatkichlari talablariga mosligini ta’minlash, qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish yoki texnologik jarayonlar va tizimda qo‘llaniladigan jihozlar ish qobiliyatiga salbiy ta’sir etuvchi zararli qo‘shimchalarni chiqarib tashlashdir. Gazlarning tarkibidagi zararli qo‘shimchalardan tozalashning quyidagi usullari mavjud: og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘ktirish (gravitatsion tozalash); inersiya (markazdan qochma)kuchlari tasirida cho‘ktirish; filtrlash; suyuqliklar yordamida tozalash va elektrostatik kuchlar ta’sirida cho‘ktirish.

  • Suyuqlik tomchilari va mexanik aralashmalar markazdan qochma kuchlar hisobiga naychaning devoriga urilib, apparatning gorizontal qismiga oqib keladi. Gaz esa oqimning markazida joylashgan shtutser orqali, ma’lum bosimda separatordan chiqadi. Uning tarkibidagi qatlam suvlari va suyuq fazalar ajralishi sodir bo‘lib S-1 apparatining gorizontal qismidagi qatlam suvining solishtirma og‘irliklari har-xilligi uchun gravitatsion og‘irlik hisobiga uglevodorodlar va qatlam suvlari o‘zaro ajratiladi. Berkituvchi klapani orqali qatlam suvlari degazatorga chiqariladi. Uglevodorodli kondensat koritasimon vannachada yig‘iladi va sathi bo‘yicha klapani orqali umumiy kollektorga chiqariladi. Shundan keyin zadvijka orqali, elektruzatmali kran orqali va uzib qo‘yuvchi (chiqish) armaturalar maydonchasida aylanma klapani orqali kondensat o‘tkazgich bilan keyingi past haroratli ajratish qurilmasiga uzatiladi.

  • Kon sharoitida tabiiy gazni qazib olish va tayyorlash uchun quyidagi turdagi separatorlar qo‘llaniladi: - gaz tayyorlash qurilmalarida qo‘llaniladigan mash’ala separatorlari; - quduqlardan chiqayotgan gazsuyuqlik aralashmasini dastlabki ajratib olish yoki gaz va suyuqliklarni alohida ajratib olib keyingi bosqich qayta ishlash tizimlariga yuborish uchun separatorlar; - tabiiy gazni past haroratli tayyorlashda birinchi bosqich ajratib olish uchun separatorlar; - kon siquv kompressor stansiyalarida kompressor stansiyalarni suyuq tomchilar va mexanik qo‘shimchalardan ximoya qilish uchun qo‘llaniladigan separatorlar va boshqa shu kabilar.

  • Oxirgi yillarda foydalanilayotgan gaz va gazkondensatli konlar quduqlarining suvlanganlik darajasining oshishi va qatlam bosimlarining pasayishi kabi omillar tabiiy gaz tayyorlash sifatiga ta’sir qilmoqda. Sifatli tabiiy gaz tayyorlash, tashilayotgan gaz tarkibiy jihatdan texnik talablarini ta’minlab berish kon sharoitida gazni dastlabki tayyorlash, past haroratli ajratish orqali quritishni sifatli olib borishni talab qiladi. Quyida tabiiy gazni kon sharoitida tayyorlash jarayonini magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot ob’ekti sifatida belgilab olingan “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga tegishli gaz kondensatli konlar misolida yoritamiz. Quduqlardan qazib olinayotgan xom-ashyo gazi dastlab gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi (GDTQ) dan o‘tadi. Qurilma, yig‘ish punktlaridan tabiiy gazni yig‘ish, mexanik aralashmalardan qisman tozalash, separatsiyalash yo‘li bilan qatlam suvlari va gazli kondensatni ajaratish, shuningdek gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) ga gazni tashilishi uchun mo‘ljallangan.

  • Yoqilg'i gazining konditsioner tizimi yoqilg'i gazini gaz turbinasi tomonidan samaraliroq foydalanish uchun tozalash uchun mo'ljallangan. Samarali yoqilg'i gazini konditsioner qilish tizimi juda muhim, chunki u gaz turbinasiga zarar etkazilishining oldini oladi, tizimning umumiy samaradorligini oshiradi va kutilmagan ish vaqtini cheklash yoki oldini olishga yordam beradi.

  • Gazni konditsioner skid muhim jarayonga yoki gaz turbinasi generatoriga quyishdan oldin tabiiy gaz va boshqa yonuvchan gazlarni oldindan tozalash uchun mo'ljallangan. Skid ikkita funktsiyani bajaradi; gazdan barcha suyuqlik tomchilari va qattiq ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlang va gaz haroratini in'ektsiya talablariga moslang. Gaz skrubberining maqsadi tabiiy gazdan zararli zarrachalar va suyuq uglevodorodlarni yo'q qilishdir. Tabiiy gazni tozalash tizimi ifloslantiruvchi moddalarni gaz oqimidan olib tashlash uchun zarracha filtrlari, koalesserlar, to'r yostiqchalari va boshqa qurilmalar yordamida ishlaydi.

  • Seolitli qurilmadan keladigan regenerasiya gazlari 85°C-gacha haroratda va R=48-50 kgs/sm2 bosimda filtr (F1/1,F1/2)ga yo‘naltiriladi. F1/1, F1/2da seolitli chang va mexanik aralashmalar ushlab qolinadi. Regenerasiya gazlari filtrlardan so‘ng havoli sovutgich agregatiga (HSA 41, 42, 43, 44)ga kelib tushadi va 40-55 °C gacha sovutiladi. HSAda sovutilgan regenerasiya gazi E-3/1 ajratgichga kelib tushadi. Sovutish natijasida ajralgan suyuqlik kondensatni barqororlashtirish qurilmasiga jo‘natiladi, regenerasiyalangan gaz E-3/1 ajratgichdan chiqadi va K-1 absorberining quyi qismiga uzatiladi. Vodorod sulfidi va uglerodkislotalardan tozalanishi shart bo‘lgan aminli oltingugurt tozalash qurilmasidagi regenerasiya gazi, absorberning yuqori qismida joylashgan 12 ta elaksimon likopchalar bilan jihozlangan K-1 absorberning quyi qismiga uzatiladi.

  • Quyi 6 ta polkalarda D=38mm.li polipropilen sharlar bilan tekis holda qoplangan. Polkalar zanglamaydigan po‘lat chiziqli seksiyalardan tuzilgan tayanchtaqsimlovchi panjaralar ko‘rinishida bajarilgan. Sharlar soni har bir polkada 43000- 45000dona, qatlamning balandligi 550-600mm. Kolonna boyicha pastdan yuqoriga o‘tishda gaz 25%-li suvli dietanolamin aralashmasining qarama-qarshi oqimi bilan likopchalarda tutashtiriladi va nordon komponentlardan tozalanadi. Gazdan nordon komponentlarni ajratib olish, ularni DEA aralashmasi vositasida absorbsiyalash usuli bilan bajariladi. DEA H2S va SO2 yutilishida suyuq fazada quyidagi reaksiyalar o‘tadi:

  • R2NH + H2S === R2NH2 + HS- (8.20) R2NH + CO2 === R2NCOO + H (8.21) R2NH + H2O === R2NH2 + OH (8.22) 2R2NH + CO2 + H2O === R2 NCOO- + R2NH2 (8.23) bu erda R - CH2 CH2 OH

  • Ko‘rsatilgan reaksiyaning issiqlik ajralishi tufayli o‘tishi hisobga olinsa, jarayon haroratining pasayishi absorbsiyaga mos keladi, demak boshqa teng sharoitlarda tozalashni yaxshilaydi. Biroq butun kolonna boyicha absorbsiya haroratining pasayishi regenerasiya gazida uglerod oltingugurt oksidi (COS) mavjudligiga to‘sqinlik qiladi. Uglerod oltingugurt oksidi quyidagi reaksiya boyicha hosil bo‘ladi: H2S + CO2 = COS + H2O


http://kompy.info
Download 11.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling