Tktishf tmj yo’nalishi 4-kurs 9-20 guruh talabasi Abduraimov Umidning “texnologik mashina va qurilmalarni hisoblash asoslari” fanidan mustaqil ishi


Download 11.19 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi11.19 Kb.
#1833957
  1   2
Bog'liq
Mavzu Tabiiy gazlarni tozalash usullari va qurilmalari Reja Ta-kompy.info


Mavzu: Tabiiy gazlarni tozalash usullari va qurilmalari Reja: Tabiiy gazlar

TKTISHF TMJ yo’nalishi 4-kurs 9-20 guruh talabasi Abduraimov Umidning “texnologik mashina va qurilmalarni hisoblash asoslari” fanidan mustaqil ishi

Mavzu: Tabiiy gazlarni tozalash

usullari va qurilmalari

Reja:

1. Tabiiy gazlar.

2. Tabiiy gazlarni tozalash usullari.

3. Tabiiy gazlarni tozalash qurilmalari.

Tabiiy gazlar — turli holatlarda uchraydigan gaz komponentlari majmui. T.g. tabiatda uchraydigan holatiga qarab quyidagicha tasniflanadi: atmosfera gazlari (kimyoviy, biokimyoviy, radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar aralashmasi); yer poʻsti gazlari (tuproqdagi, tuproq ostidagi, balchiqdagi va biogen yoʻl bilan hosil boʻlgan torf gazlari SO2, N2, O2 SN4 ni SO, NH3, H2 va boshqa bilan aralashmasi); choʻkindi jinslar gazlari (neft va toshkoʻmirdagi gazlar, kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan aralash gazlar: SN4, N2, SO2 SN4 ni N2 va boshqa gazlar bilan aralashmasi); dengiz va okean gazlari (biokimyoviy, kimyoviy va radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2 ni N2 O2, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); metamorfik jinslar gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2 ni N2, H2S, SO2 va boshqa bilan aralashmasi); vulqon gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2, SiO2, HCL, HF ni N2, CO, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); koinot gazlari (relikt gazlar, yulduzlarning tashqi qatlamlari atmosferasidan ajralgan gazlar yoki yangi va juda yangi portlashda ajratilgan gazlar: N2, Ne, ionlashgan vodorod, SO aralashmalari, SN, ON radikallari bilan);

Tabiiy gazlar, neft va toshko'mir — uglevodorodlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Tabiiy gaz tarkibida m olekular massasi kichik bo'lgan uglevodorodlar bo'ladi. Uning taxminiy tarkibi (hajm jihatdan) quyidagicha: 80 — 98% m etan, 2 — 30% uning eng yaqin gomologlari — etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar — vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug'lari. Masalan, Stavropol konidan chiqadigan gaz tarkibida 97,7% metan va 2,3% boshqa gazlar, Saratov konidan chiqadigan gazda — 93,4% metan, 3,6% etan, propan, butan va 3% yonmaydigan gazlar bo'ladi. Odatda, neftda erigan holda bo'ladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo'ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo'ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko'proq bo'ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo'lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo'shimchalar, chunonchi: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug'lari, karbonat angidrid bo'ladi.


Download 11.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling