Тўлов контракт (уч томонлама контракт) асосида мутахассис тайёрлашга
Download 162 Kb.
|
ҚЎҚОН Shartnoma D.I.Mendeleyev (Maktab)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imzo ____________
III.O’QUV MARKAZ O’QUVCHISI.
3.1-o’quvchilar oylik to’lovini olib kelgan kunlarining o’zida o’quv markaz buxgalteriga o’z qo’li bilan imzolab topshirishi (agar yonida olib yurib yo’qotib qo’ysa, o’quv markaz ma’muryati javob bermaydi); 3.2- o’quv markaziga o’quv markaz Ustavida (hukumat qarori 2022/2023 o’quv yilidan davlat o’quv markaz larida o’quvchilar uchun o’quv markaz formasi 19 may kungi, 271-sonli qarori) belgilangan formada kelishi shart; 3.3-dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan asosiy va qo’shimcha o’quv qurollardan tashqari (telefon, audio player, radio, tillo, zanjir (sipochka) elektoron tasbeh va boshqalar) olib kelmaslik va olib yurmaslik; 3.4- har kuni bergilangan dars soatlarida o’quvchilar “O’quv markaz”da bo’lishi, dars tugagandan keyin o’z vaqtida uyiga yetib borib shaxsan ota-onalarga uchrashi shart. 3.5-o’quvchilar o’quv markaz va o’quv markaz hududida tig’li, pirotexnik vositalari va inson salomatligiga shikast yetkazishi mumkin bo’lgan qurollar (elektrashok, pinka, zanjir, gazbalon va boshqalar) olib kelmaslik yoki foydalanmaslik (bunday holatlar aniqlansa tuzilgan shartnoma bekor qilinadi); 3.6-o’quv markaz mulki va uning moddiy bazasiga zarar yetkazmaslik (bunday holat aniqlansa, zarar miqdori 100% ota-onalar tomonidan qoplanadi); 3.7- o’quv markaz ichki tartib qoidasiga binoan o’quvchilar darslarni ruxsatsiz va ogohlantirishsiz kunlik dars mashg’ulotlaridan sababsiz kelmay qolmaslik yoki dars tugamasdan ketib qolmaslik; 3.8-o’quvchilar o’quv markaz binosida elektr energiya manbalariga tegmaslik, yong’in xavfini keltirib chiqaradigan holatlarga yo’l qo’ymaslik (kulichatir, razvetka, patron, hisoblagich, elektr sim va boshqalar aniqlansa mas’ul shaxslar ogohlantirish); 3.9-o’quvchilar ko’chada, o’quv binosidan tashqaridagi har qanday holatlarda shuningdek, uyidan o’quv markazga kelishida va o’quv markaz binosi hududidan chiqishda va serqatnov yo’ldan o’tishda texnika-xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hushyorlikni oshirish, ehtiyotkor bo’lish (har qanday hollarda muammo bo’lsa, o’zim javobgarman); 3.10-ko’p kasal bo’lib dars qoldirmaslik, test natijalarining doimiy ravishda past chiqmasligi, darslarga doimiy ravishda qatnashish; 3.11-o’quv markazga shaxsiy uyali telefon olib kelmaslik, uyda ham telefon ishlatmaslik va ijtimoiy tarmoqlardan (sms, telegramm, WhatsApp, Instagramm, TikTok va v.k) foydalanmaslik, noqonuniy saytlarga kirmaslik va guruh ochmaslik yoki qo’shilmaslik (agar uyali aloqa vositasi olib kelsa, darsga kirish oldidan o’quv markaz ma’muriyatiga topshirib, dars jarayonlari tugagach qaytarib olib ketishi mumkin). 3.12-men o’quv markazda sigaret, nos, spirtli ichimliklar va turli xil pisixotrop vositalarini istemol qilmayman, shuningdek, bunday vositalar yonimdan topib olinsa o’quv markazdan haydalishimni bilaman; 3.13-o’quvchilar orasida ishqiy munosabat (xat yozish, xat tashish, o’rtakashlik qilish, sovg’a berish, gap chalkashtirsh), o’g’irlik, urush-janjal (zo’ravonlik qilganni, o’ynashgan, tan-jaroxat yetkazgan), bir-birini haqorat qilish (ota-onasini haqorat qilish, kurakda turmaydigan so’zlar aytish, nom qo’yish), bu holatlarga yo’l qo’ysam, o’quv markazdan haydalishim haqida bilaman; 3.14- men o’quv markaz xodimlari va o’qituvchilarini hurmat qilishim, gaplarini qaytarmaslik va o’qituvchilarning ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilaman (bunday holatlar aniqlansa o’qishdan haydalishimni bilaman); 3.15-agar men uydan o’quv markazga kelib-ketishda, o’quv markaz artofidagi yo’lda, biror bir muammo bo’lsa yoki o’quv markazdan haydalsam, uyimdagi har qanday ko’ngilsiz voqealarga faqat o’zim va ota-onam sababchi bo’lishadi, har qanday holda ham o’quv markaz rahbariyatiga e’tiroz qilmayman. Imzo ____________ Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling