Ўтмишга назар
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
3964-Текст статьи-7970-1-10-20220122
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Xulosalar
ЎТМИШГА НАЗАР |
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST №1 | 2022 42 mesxeti turklar deportasiya qilingan 1944 yildan to XX asrning 80-yillari oxirigacha bu cheklash olib tashlanmagan. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida SSSR rahbariyati mesxeti turklarning o‘z vataniga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan milliy masalani hal etish imkoniyatiga ega emasdi, shuningdek, undan manfaatdor ham bo‘lmagan. Bunga Gruziya SSR tomonidan to‘sqinlik qilingani ham ma’lum darajada ta’sir qildi [26]. Chunki mesxeti turk xalqi deportasiya qilingan hududlarda endilikda gruzinlar istiqomat qilar, tarixiy adolatni tiklash Gruziyada yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Shu bilan birga, mesxeti turklarining Gruziya SSRdan deportasiya qilinishining asosiy sababi, ya’ni ularning Turkiyadagi qondoshlari bilan birlashib ketish xavfi sovet rahbariyatining hali ham tashvishiga sabab bo‘layotgan edi. Bu omil ularning o‘z vataniga ko‘chib ketishidagi asosiy to‘siq edi. Shunga yaqin fikrni taniqli gruzin yozuvchisi Ch.Amiredjibi ham bildirib o‘tadi. Uning fikricha, mesxeti turklari agar Kavkazga joylashtirilsa, u holda islom dinining mavqei bu yerda yanada mustahkamlanadi. Bu hol mintaqaning ruslar qo‘lidan butunlay chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin edi [27]. Shunday sharoitda Markaz rahbariyati O‘zbekistondagi milliy uyg‘onish jarayonlariga va mesxeti turk xalqining milliy muammosiga befarq qarab tura olmas edi. Chunki ushbu milliy muammolar Ittifoq parchalanish jarayonining tezlashtiruvchi omili bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi. Xullas, markscha-lenincha ta’limotga asoslangan, mustamlakachilik ruhi bilan sug‘orilgan, milliylikni inkor etgan, uni yo‘qotishga qaratilgan sobiq sovet davlatining milliy siyosati XX asrning 80-yillarida Farg‘ona vodiysidagi milliy muammolar va millatlararo munosabatlarni keskinlashuviga o‘zining katta salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. 4.Xulosalar: Xulosa tariqasida aytish joizki, sovet hokimiyati tomonidan xalqlarga nisbatan ehtimollarga asoslanib qilingan deportasiya, aslida, Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlardan kam bo‘lmagan. Ikkinchi jahon urushi davrida bir necha xalqlarning zo‘rlik bilan o‘z vatanidan deportasiya qilinishi sobiq SSSR hukmronligining so‘nggi yillarida millatlararo munosabatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Mesxeti turk xalqining o‘z vataniga ko‘chib borish harakatiga sobiq Markaz tomonidan to‘sqinlik qilinishi va oxir-oqibatda ularning bu yo‘ldagi faol harakati XX asrning 80-yillari oxirlarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling