Ўтмишга назар
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
3964-Текст статьи-7970-1-10-20220122
ЎТМИШГА НАЗАР |
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST №1 | 2022 41 Moskvada faoliyat yurituvchi «Vatan» mesxeti turklari xalqaro jamiyati prezidenti Suleymon Barbakadzening «Nezavisimaya gazetasi»ga aytishicha, bir kecha-kunduz davomida Gruziyaning 224 ta qishlog‘idan 92 mingdan ziyod kishini ko‘chirganlar [14]. Mesxeti turklarni deportatsiya qilish 1945 yil yanvar oyida yakunlandi [15]. Ko‘chirishning dastlabki oylardayoq yo‘l qiyinchiliklari oqibatida 15432 kishi halok bo‘ldi [16]. Ko‘p vaqt davomida mesxeti turk xalqining miqdori noaniqligicha qoldi, chunki ko‘pchilik mesxeti turk millatiga mansub kishilar davlat statistika hujjatlarida ozarbayjon va gruzin millatiga mansub deb rasmiylashtirilgan edi. 1956 yilda turklarning O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga majburiy ko‘chirilishi bekor qilinganligi ularga ma’lum qilindi. Biroq o‘sha vaqtda ularning tarixiy yashab turgan joyi chegara zona deb atalgan zonaga – SSSR chegarasi bo‘yidagi alohida territoriyaga kiritilgan edi. Bu joyga kelish va unda yashash qat’iy cheklab qo‘yilgan edi. Bu, aslida, turklarning o‘z yurtlariga qaytishi ta’qiqlanganligini bildirib [17], ularga nisbatan qilingan yana bir adolatsizlik edi. Shunday qilib, 1944 yilda O‘rta Osiyoga deportasiya qilingan mesxeti turklarning eng ko‘p qismi O‘zbekistonda maskan topdi. Mesxeti turklarning katta guruhlaridan biri Farg‘ona viloyatiga joylashtirilgan. Ularning katta qismi viloyatning Quvasoy shahrida, shuningdek, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida, Toshloq, Komsomol shaharchasida, Qirguli, Oxunboboyev mavzeining bir qancha qishloqlarida (sobiq Marg‘ilon), Quva, Rishton, Farg‘ona rayonlarida yashar edilar. Bir qancha turk oilalari Qo‘qondan g‘arbda joylashgan Kirov rayonidagi Gorkiy shaharchasi aholisining orasida ham bo‘lgan[18]. Mesxeti turklar, asosan, viloyatning shaharga yaqin va rayon markazlariga joylashishdi [19]. O‘sha vaqtda uy-joy muammosi yuqori darajada bo‘lganligi uchun ularni aholi xonadonlariga 4-5 xo‘jalik qilib, shuningdek, jamoat joylariga (choyxona, maktab, boqchalarga) joylashtirishdi. Mesxeti turklarning O‘zbekistonga, xususan, Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahriga ko‘chirib keltirilishini Quvasoy shahrida yashovchi Mirzajonov To‘raxo‘ja (2008 yilda Quvasoy shahar oqsoqollar kengashining raisi) shunday eslaydi: «Mesxeti turklar bizning shahrimizga 1945 yilda kelgan edilar. Biz, shahar aholisi, o‘zimizning urush davridagi og‘ir sharoitimizga qaramasdan, bu qardosh xalqni samimiy kutib oldik. Shahrimizdagi xonadonlarga mesxeti turklarni 4-5 oilagacha qilib joylashtirishdi. Bizning uyga ham mesxeti turklarning 3-4 xo‘jaligi joylashtirildi. Mening bilishimcha, Stalin mesxeti turklarni badarg‘a qilganda, o‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Usmon Yusupov bu xalq musulmon ekanligi uchun O‘zbekistonga jo‘natilishini so‘ragan ekan. O‘zlarining aytishicha, yo‘l azobida ularning ko‘pchiligi vafot etgan»[20]. Respublikamizga joylashtirilganidan so‘ng Toshkent va Sirdaryo viloyatida yashovchi ko‘pchilik turklar, asosan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan bo‘lsalar, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida yashovchi ushbu xalq vakillari sanoat va qurilish ishlarida faoliyat olib borganlar [21]. Mesxeti turk xalqi orasidan O‘zbekiston iqtisodiyoti va maorifi sohasiga katta hissa qo‘shgan Saodat Gulahmedova, Hamroli Hasanov kabi Mehnat Qahramonlari, respublikada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Xolis Ahmedov kabi fidoiy kishilar yetishib chiqdi [22]. Mesxeti turk xalqi O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida tinch va osoyishta yashagan bo‘lsa- da, bir avloddan keyingi avlodlarga o‘tib kelgan o‘z vataniga qaytish g‘oyasi so‘nmadi. Shu maqsadda ular sobiq sovet davrida bir necha marta s’yezdlar o‘tkazdilar. Jumladan, 1962 yildan 1989 yilgacha ularning 10 ta s’yezdi bo‘lib o‘tdi [23]. Ushbu s’yezdlarda ularning asosiy maqsadi, ya’ni vatanlariga qaytish masalasi muhokama qilindi. Mesxeti turk xalqining vatanga qaytish faoliyati, ayniqsa, Farg‘ona viloyatida, xususan, ular ko‘p yashaydigan Quvasoy shahrida faollashdi. Ushbu xalq faollari Markaz (Moskva) oldiga o‘z milliy masalalarini hal qilib, vatanlari Gruziya SSRning janubiy hududlariga ko‘chirishni talab qilishdi. Shu maqsadda tashabbuskor guruh tuzib, Markazga bir necha marta o‘z vakillarini yuborishdi, aholi o‘rtasida yig‘ilishlar o‘tkazib, o‘z milliy masalalarini hal qilish yo‘llarini muhokama qilishdi. Joylarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, deyarli hamma turklar o‘z vatanlariga qaytishni istashar edi. Bu muammoni hal etishni ular Mesxet-Javaxeti rayonlariga ko‘chib kelishdagi cheklashlarni olib tashlashda deb biladilar [24]. Shu maqsadda ular 45 yil davomida SSSR oliy organlariga Mesxetiyaga qaytarishni so‘rab, 154 marta murojaat qildilar [25]. Lekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling