Ўтмишга назар
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
3964-Текст статьи-7970-1-10-20220122
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tadqiqot natijalari
ЎТМИШГА НАЗАР |
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST №1 | 2022 40 Maqolada sovet xukumatining qatog‘onchilik siyosati, jumladan mesxeti turk xalqini deportasiya qilinishi, uning oqibatlari, mesxeti turk xalqining vatanlariga ko‘chish harakatlari tarixiylik, xolislik, tizimlashtirish hamda anketa-so‘rovnoma usullari asosida yoritilgan. Ushbu muammo bo‘yicha bir qator olimlar, jumladan, Sh.Abdullayev, R. Murtazayeva, Z.Haydarov, X.Yunusova, R.Nazarov kabi tadqiqotchilar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan sovet qatog‘onchilik siyosati, uning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy oqibatlari, millatlararo munosabatlarda ijtimoiy-siyosiy va etnopsixologik omillarning o‘rni kabi masalalar ancha keng yoritilgan [1]. Shu bilan birga, millatlararo munosabatlarning nazariy-metodologik asoslari R.Nazarov va O. Musayevlarning tadqiqot ishlarida [2] o‘z aksini topgan. Jumladan, ushbu ishlarda O‘zbekistondagi etnosiyosiy jarayonlar va millatlararo munosabatlarning rivojlanish muammolari, etnik diasporalar, etnik to‘qnashuvlar, etnokonfessiyalar kabi nazariy masalalar yaxshi yoritilgan. Xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida, jumladan, M.Lurye, P.Studenikin, E.Panesh, L.Yermolov, M.Baratashvili, A.Yunusov, A.Osipov, M.Jiroxov, T. Goluyenko, M. Dmitrenkolarning ilmiy ishlari va maqolalarida [3] mesxeti turklarining deportasiya qilinish jarayoni vatanga qaytish harakatlari, jarayonning nazariy talqinlari kabilar aks etgan. 3. Tadqiqot natijalari: Xalqlarni deportasiya qilish siyosati 1930-1950 yillardagi sobiq Sovet ittifoqi siyosatining tarkibiy qismiga aylangan edi [4]. Ayniqsa ikkinchi jahon urushi davrida Sovet davlati o‘z tarkibidagi xalqlarga nisbatan qatog‘onchilik siyosatini yanada kuchaytirdi. Chegara rayonlarda yashovchi xalqlar – finlar, polyaklar, kurdlar, keyinchalik mesxeti turklar, xamshallar siyosiy manfaatlarni ko‘zlab, ya’ni «chegara xavfsizligini» ta’minlash maqsadida mamlakatning boshqa hududlariga zo‘rlik bilan deportasiya qilindi [5]. «Chegara havfsizligini ta’minlash» maqsadida bu yerdan xalqlarni deportasiya qilish quyidagi mulohazalar bilan «asoslandi»: - chegara rayonlarda yashovchi kam sonli xalqlarning dushman tomoniga o‘tib ketishi ehtimoli. - ushbu deportasiyaga duchor bo‘lgan xalqlar orasida ayrim kishilarning fashistlarga ko‘mak berganligi oqibatida butun xalq aybdor, xiyonatkor xalq deb hisoblandi. Aslini olganda, Sovet davlatida amalga oshirilgan butun deportasiya siyosati xalqlar orasidagi norozilik harakatlarini bostirish hamda xalqlarni jazolash sifatida qo‘llanilgan edi [6]. I.V.Stalin rejimi davrida deportasiya siyosatining jabrini tortgan, zo‘ravonlikka duchor etilgan xalqlardan biri mesxeti turk xalqi edi. Ular asrlar davomida Gruziyaning tarixiy Mesxet- Javaxeti viloyatida, hozirgi Gruziyaning janubi-g‘arbiy hududida yashab kelgan. 1944 yil 14 noyabrda SSSR mudofaa qo‘mitasining 5279-sonli maxsus farmoni [7] asosida mesxeti turk millatiga mansub bo‘lgan fuqarolarning o‘z turar joylaridan O‘rta Osiyoga deportasiya qilish haqida farmon chiqarildi. Farmonda sababi izohlanmagan bo‘lsa-da [8], boshqa majburan ko‘chirilgan xalqlar singari sovet hokimiyatiga nisbatan tahmin qilingan sadoqatsizlik, ya’ni chegaradosh nodo‘st davlat – Turkiya tomoniga o‘tib ketish va fashistlarga ko‘mak berish ehtimoli ko‘chirish uchun «asos» bo‘lgan edi [9]. Vaholanki, Ikkinchi jahon urushi davrida ushbu “aybdor” xalqning 46 ming nafar erkaklari urushda sobiq sovet davlati tomonidan qatnashib, ulardan 26 ming nafari halok bo‘lgan edilar [10]. Ularga nisbatan ehtimollarga asoslanib qilingan deportasiya, aslida, Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlardan kam bo‘lmagan. Mesxeti turklarni deportasiya qilish rejasi aniq ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yashaydigan bir- biriga qo‘shni besh rayon - Adigen, Aspindza, Axalsix, Axalkalaki va Bogdanov [11] ning “ishonchsiz” qishloqlari qo‘shin bilan o‘rab olinib, kishilar eshelonlarga joylashtirildi va O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga jo‘natildi [12]. Mesxeti turklarga ketishga tayyorgarlik ko‘rish uchun atiga ikki soat vaqt berildi. Natijada bu xalq yo‘lga eng kerakli narsalarinigina ola oldi va yupun holda: yetarli oziq-ovqatsiz, meditsina yordamidan bebahra holda tayinlangan joyga ikki oydan ko‘p vaqt davomida yetib bordi. Yo‘lda ochlikdan, sovuqdan, har xil kasalliklardan o‘n minglab kishilar (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «maxsus ko‘chirilgan» mesxeti turklarning yarmi [13]) vafot etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling