Тођ жинслари
Download 375.82 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy geologiya
44
tog’ jinslarini brekchiyalanishi, darzliklanishi va qat- qatlanishi, uzilma chiziqlari zonasida ishqalanish joylanishlarini va milonitlarni bo’lishi; uzib tashlagich bo’ylab, chizig’i bo’ylab buloq suvlarini chiqib turishi. CHuqur uziqlar: /sinklinar/ uzilmalar, kuchli burmalanish va darzliklanish uchraydigan uzun zona bo’lib ularni kengligi 10 km.gacha etadi. Ular uchun uzoq masofaga yo’nalishi; katta chuqurlikka kirib borish uzoq vaqtgacha taraqqiy etishlik xarakterlidir. Bunday zonalarda effuziv va intruziv, shuningdek tomirli jinslar uchraydi. Ular odatda geosinklinal oblastlarida aks uzilma va platformmalarda esa uzilma tuzulishida bo’ladilar. O’quvchilar yuqoridagi temalarni o’zlashtirgandan so’ng, o’qituvchi burmalarni va uzilmachanlik harakatini kon ishidagi ahamiyati to’g’rida tushuntirish olib boradi.
QATLAMLARNI MOSLANMASDAN YOTISHLARI Moslanmasdan yotishlarning asosiy turlari: stratigrafik, parallel va burchak moslanmasliklari. Moslanmaslikni geologik xaritalardagi belgilari: a/ parallel moslanmasliklarda: qadimgi qavatlarni ustki qismida, oraliq yoshdagi jinslarni tushib qolgani taqdirda ancha yosh qavatlarni yotishi; gorizontal relefdagi ancha yosh va ancha qadimgi qatlamlarning chegarasi bitta moslanmagan chegaraga parallel bo’lishi; past releflar ancha qadimgi, balandliklarda esa yosh qatlamlarni yotishi. b/ burchak yoki struktura moslanmasliklarda: yosh gorizontal yotgan qatlam qavatlarini ustida ancha qadimgi jinslarni yotishi, shuningdek uni kesuvchi uzilmachanlik darzliklarda oraliq yoshdagi qatlam tushib qolgan taqdirda ham magmatik jins tanasining bo’lishi; tog’ jins qavatlarini chegarasini, uzilma chiziqlarini va magmatik jins tanalarini konturini yosh qoplab yotgan qavatlar chegarasida uzilib qolishi; ancha yosh qatlamlarda uning chegarasi moslanmagan yuzaga va relef gorizontallariga parallel bo’lishi; ancha qadimgi burmachanlikka duchor bo’lgan
qavatlarni chegarasini esa relef gorizontallari bilan kesib o’tilishi, bitta
quyi bazalt
qatlamni qadimgi
yotqiziqlarning turli qavatlarida yotishi; qatlamning azimutlarini va qiyalik burchaklarini yosh va ancha qadimgi qatlamlarda bir-birlariga to’g’ri kelmasliklari; burmachanlikka duchor bo’lgan qadimgi yot qiziqlarni past joylarda, yoshlarini esa balandlikda uchradi. v/ joylardagi moslanmaslik belgilari: ancha yosh va ancha qadimgi qavatlardagi jinslarni ranglarni va mineralogik tarkiblarini turli va ularni moslanmaslik yuza ajratib turishi; tekis bo’lmagan, ba’zan cho’ntaksimon moslanmaslik yuza chegarasini aniq bo’lishi; moslanmagan yuzadagi qadimgi qavatlarda oldin nuragan jinslar yuzalarini bo’lishi, qadimgi qavatlarni ancha zichlangan bo’lishi; yosh qavatlarning tagida bazalt konglamerat yotishi, yosh qavatlardagi qat-qatligi moslanmagan yuzaga parallel bo’lib ancha yosh qavatlardagi balandda, qarilari esa past releflarda uchradi, burchakli struktura moslanmasliklarda moslanmagan yuza qadimgi qavat burmalarni va ularni kesuvchi uziqlarini va magmatik tanalarini ham ksishi, qatlam chegaralarini yo’qotishi, yosh qavatdagi bazalt qatlamini tepasida bo’lishi, ancha yosh va qadimgi qavatlarning azimutlari va tushish burchaklarini bir-birlaridan farq qilishi xosdir.
MAGMATIK JINSLARNING YOTISH SHAKLLARI Intruziv jinslarning yotish shakllariga qarab kesuvchi va moslangan bo’ladi. Kesuvchanlariga batsliglar, garpolitlar, shtoklar, magmatik diapirlar va daykalar,
moslanganlariga esa lakkolitlar, lopolitlar, fakolitlar va intruziv uyumlar /sillar/ kiradi. Effuziv jinslarning joylanish formalariga qoplamlar, oqinlar va nekklar xosdir. O’quvchilar magmatik tog’ jinslarining asosiy shakllarini planda va kesmada ko’rsatilishi, shuningdek intruziv va effuziv jinslarni geologik xaritalarda bo’lishi va indeksatsiyasi va magmatik jinslarni geologik nisbiy yoshini aniqlash bilan tanishadilar.
Magmatik jins shakllarini geologik xaritalardagi belgilar: kesuvchan intruzivlarda noto’g’ri shaklli katta bo’lgan o’ralgan chegarasini bo’lishi; chegarani ichidagi aniq bo’yoq va maxsus shtrixlarni va grek alfavitidagi harf indekslarini borligi; bu chegarani tashqi tomonida siyrak nuqta oreollarini borligi, cho’kindi jins qatlamlarini intruziv va tomir jinslar bilan kesishganligi, intruziv qavatini va effuziv qatlamlarning chegaralarining cho’kindi jinslar chegaralari bilan parallel bo’lishi; kesuvchan intruziyalarni faqat tog’lik o’lkalarda uchrashi. Magmatik jinslarning joylardagi belgilari: a/ Intruziv jinslar joylarda jins formalarini yaqqol ko’rinishi, va uncha katta bo’lmasligi, yaxlit, aniq kristallangan, ularni tashkil qilgan jinslarni katta qattiqlikka ega bo’lishi; bir-biriga uch tomondan tik bo’lgan yoriqlar sistemasi bo’lishi; ba’zan xol-xol ruda minerallari uchraydigan kvarts yoki kaltsitning katta-kichik tomirlarini borligi; intruziv chetlarida boshqa yot jins bo’laklarini bo’lishi; yon-atrofdagi cho’kindi jinslarda kontakt o’zgarishini uchrashi; kontakt zonalaridagi yon- atrof jinslarda yoriqlanish va bo’laklanishi kuchli daraja bo’lishi; yon-atrofdagi jinslarni qat-qatligiga nisbatan magmatik jinslarni kesuvchan holatda bo’lishi; b/ Effuziv jinslar: effuziv jinslarning qatlamsimon forma va yon-atrofdagi jinslar bilan moslangan joylanishda bo’lishi; tag
qismida kontakt
o’zgarishlarning bilinar-bilinmas izlar va yuqori – tom qismida esa sovuq kontakt va nurash protsesslarining bo’lganlik alomatlarini bo’lishi; to’la kristallanmagan tuzilishni, g’ovaklarni, bodom, sharsimon va usdunsimon ajraklikka borligi.
STRATIGRAFIK USTUN VA GEOLOGIK KESIMLAR. O’rta-katta masshtabdagi va aniq geologiya xarita planlarining barchasini stratigrafik ustun va kesmalari boladi ustunlarda shartli belgilar bilan xaritada ko’rsatilgan territoriyalari barcha tog’ jinslari yoshlariga qarab ko’rsatilgan bo’ladi.
Intruziv tog’ jinslari kolonkada ko’rsatilmaydi. Kolonkaning chap tomoni tog’ jinslarining yoshlari va inteleksi, o’ngda tog’ jinsining qalinligi, tarkibi va qatlamlarda toshga aylanib qolgan hayvonlarning qoldiklari ko’rsatilgan bo’ladi. Xaritaning masshtabi turli bo’lishi mumkin. Ustunrning umumiybalandligi 40- 50 sm.dan ko’p bo’lmasligi kerak. O’zgaruvchan qalinlikda qatlamlarning o’rtacha qalinligi olinadi. Moslangan kontaktlar ustundada to’g’ri chiziq bilan, moslanmaganlari esa to’lqinsimon chiziq bilan, qadimgi jinslar ustunning quyi qismida, yoshlari esa uning yuqori qismida joylashgan bo’ladi Stratigrafik ustunni tuzish usullari. Ustun va kesmada tog’ jinslarining formalari, joylanishlari, ularni chegaralari, jinslarning litologik tarkiblari, qo’llanma hayvonlarning formalari, magmatik tog’ jinslari va ularning shartli belgilari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Gelogik kesmalar: tog’ jinslarining yer qobig’ining faraz qilingan vertikal chegarasi tushirilgan rasmidir. Ularni parma quduqlari, geofizik yoki boshqa materiallar asosida geologik xarita bo’yicha tuziladi. Kesma va xaritani masshtabi bir xil bo’lishi kerak. Odatda gelogik xarita, stratigrafik ustun va gelogik kesma bitta listda bo’ladilar. Xarita uninsh o’rtasida joylashtiriladi. Xaritaning nomi, tuzilgan yili va chiziqli masshtabi uning shimol qismida ko’rsatiladi. Xarita tuzuvchining nomi katta ramkasining tagida, uning g’arbiy qismining chap tomonida stratigrafik ustun, sharqda esa shartli belgilar ko’rsatiladi. Geologik kesmalar janubiy ramka ostiga tushirilgan bo’ladi, xarita va stratigrafik ustundagi tog’ jinslarining indeksi bir xil bo’lishi shart.
GELOGIK XARITALARDAGI SHARTLI BELGILAR. Gelogik xaritalardagi tog’ jinslarining tarkibini, hosil bo’lgan vaqtini va joylanish sharoitini ko’rsatish uchun shartli belgilar qo’llaniladi. Ular rangli, harfli, raqamli
bo’lishi mumkin yoki alohida shtrixlar bilan ko’rsatiladi. Har qaysi sistema ma’lum rangda hamda harfli indeks bilan belgilanishi mumkin. Ular ushbu
qo’llanmani «Geoxronologiya jadvali» keltirilgan edi. Har bir sistemaning bo’linmalarining qadimgida oq to’qroq, yoshlari esa shu rangni ochrog’i bilan bo’yaladi. Magmatik tog’ jinslarini xaritalari xaritalarda ma’lum rangda ko’rsatiladi. Masalan intruziv jinslarning nordonlari – qizil, ishqorli /nefelin, sienitlar/ - qizg’ish, o’rtalari /sienitlar/ - to’q yashil, o’ta asoslari /dunitlar, peridetitlar/ – binafsha, o’rta va asos effuzivlar – yashil ranglarda bo’yaladi. Har bir davr va uning bo’linmalari ham harf va raqamli indekslar bilan belgilanadi. Masalan: Davr yarus
C 1 t 2
Bo’limi kichik yarus Geologik xaritalarda aniq geologik chegaralar chiziq bilan, taxminiy chegaralar punktir chiziq bilan ko’rsatiladi. Asosiy adabiyotlar. 1. Qurbonov A.S. «Geologiya» ,Toshkent, O’qituvchi,1992 2. Islomov A., SHoraxmedov SH. «Umumiy geologiya»,Toshkent, 1971. 3.
Pavlinov V.N. i dr. «Posobiya po laboratornыm zanyatiyam po obщey geologii», M. «Nedra», 1998. 4. Zokirov R.T.,Toshmuxamedov B.T. «Umumiy geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha metodik qo’llanma (tog’ jinslari)», Toshkent, 2000. 5.
Zokirov R.T., Xodjaev X.S. «Umumiy geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha metodik qo’llanma (minerallar)», Toshkent, 2000. 6.
Toshmuhamedov B.T. «Umumiy geologiyadan ma’ruzalar matni»,Toshkent,1999. 7. Xolmatov A.X.,Sultonmurodov SH., «Umumiy geologiyadan amaliy mashg’ulotlar», O’quv qo’llanma, O’zbekiston.2002. 8. Spmg. geol.msu.ru. 49
MUNDARIJA Kirish 3 Jins hosil qiluvchi mineraliar va ularning fizik xossalari 4 Tog` jinslari 20 Magmatik tog` jinslari 20 CHo`kindi tog` jinslari 26 Metamorfik tog` jinslari 33 Geologiya xaritasi 37 Geoxronologiya jadvali 37 Geologiya xaritasining elementlari 38 Tog` kompasi 39 Qatlamning joylashishlari 40 Qatlamning buzilmagan gorizantal joylashishi 38 Qatlamning qiya, monoklinal yotishi 41 Qatlamning burmachanlik buzilmalari 41 Qatlamning uzuklar bo`ylab buzilishi 43 Qatlamlarning moslanmasdan yotishlari 45 Magmatik jinslarning yotish shakllari 46 Stratigrafik kalonka va geologic kesmlar 47 Geologik xaritalardagi shartli belgilar 48 Asosiy adabiyotlar 49 Download 375.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling