Тођ жинслари


Download 375.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi375.82 Kb.
#220513
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
umumiy geologiya



O’zbekiston Respublikasi 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi 

Toshkent davlat texnika universiteti 

 

 

    

fanidan  laboratoriya mashgulotlari uchun 

uslubiy qo’llanma 

 

Toshkent  2005 

 

     UDK: 550.8:528 

Tuzuvchilar: Toshmuxamedov B.T. 

Shermuxamedov T.Z. 

Xodjaev X.S. 

 

«Umumiy geologiya» fanidan laboratoriya 



mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma Toshk. Dav. 

Texn. Un. Tuzuvchilar: B.T.Toshmuxamedov, 

Shermuxamedov T.Z., Xodjaev X.S. .Toshkent, 2005. 50 b. 

 

Ushbu    uslubiy  qo’llanma  ko’n  ishalri,  foydali 



qazilma geologiyasi, kon-elektromexanikasi, kartografiya 


va  kadastr  bakalavr  talabalari  uchun  o’tiladigan 

dastlabki tabiiy fandir.  

Fanni o’qitishdan maqsad yo’nalish talabalarida 

umumgeologik tayyorgarlik yaratishdir. 

 

Laboratoriya  mashg’ulotlari  3  qismdan  iborat 



bo’lib,  minerallar,  tog’  jinslari  va  geologik  xaritalar 

haqida  ma’lumot  berilgan.  Qo’llanma  kon-geologiya 

hamda  neft  va  gaz  fakultetlarining  ixtisoslashgan 

kafedralari  dasturlari  asosida  tayyorlangan.  Shuningdek 

«,Geologiya»  kafedrasida  ishlagan  ko’plab  professor-

o’qituvchilarning 

pedagogik 

tajribalari 

hisobga 

olingan. 

 «Geologiya,  mineralogiya  va  petrografiya» 

kafedrasi 

 

Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Toshkent  davlat 



texnika  Universiteti  ilmiy-metodik  kengashi  qaroriga 

asosan chop etildi. 

  

 

 



Taqrizchilar:  

M R I      

sector     boshlig`i

        


M i ru s mo n ov  M . A .

 

TDTU Gidrogeologiya va injenerlik        



geologiysi 

kafedrasi 

dotsenti  

g.m.f.n Kayumova N.M.                 .        

                                                    

  @ Toshkent davlat texnika universiteti   2005 

                                                   

                                    

K I R I SH 

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  foydali  qazilmalar 

geologiyasi  va  qidiruv  ishlari  5440800,  konchilik  ishi 

5540200, konchilik elektromexanikasi 5521400, geodeziya, 

kartografiya  va  kadastr  54440100  yo’nalishlarning 

o’quv  rejasi  asosida  tuzilgan.  Amaliyot  mashg’ulotlari 

quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi: 

1.  Talabalarni  eng  muhim  jins  yaratuvchi  va  ba’zi 

ruda minerallari va Yer qobig’ini tashkil qilgan magmatik, 

cho’kindi 

va 

metaformik 



tog’ 

jinslari 

bilan 

tanishtirishdir. 



2.  Talabalarni  qatlamning  joylashish  elementlari  va 

tog’ kompasining tuzilishi bilan tanishtirishdir. 




3.  Talabalarni  geoxronologik  jadval  va  geologik 

xaritaning  elementlari  (burmalar,  uzilmalar,  tog’  jins 

qatlamlarining 

o’zaro 


moslanmasdan 

yotishlari, 

magmatik  jinslarning  shakllari)  bilan  va  ularni  plan  va 

kesmaga tushirishning usullarini o’rgatishdir. 

4.  Katta  masshtabdagi  geologik  xaritalarni  o’qishni 

bila olishni o’rgatishdir. 

Laboratoriya 

mashg’ulotlari 

quyidagilarni 

o’rganish yo’li bilan olib boriladi: 

-  eng  muhim  jins  yaratuvchi  va  ba’zi  ruda 

minerallari  va  tog’  jinslarining  namuna  kollektsiyalari, 

tasnif  (klassifikatsiya)  sxemalari  va  jins  yaratuvchi 

minerallarni aniqlaydigan o’qish jadvallari

-  turli  chizmalar,  blok  diagrammalar,  geologik  xarita 

elementlari tushirilgan- masala xaritalari, o’quv geologik 

xaritalar, kesmalar, stratigrafik ustunlar. 

Shunday qilib Umumiy geologiya fanining amaliy 

mashg’uloti kuyidagi qismlardan iborat: 

1.Jins yaratuvchi va ba’zi ruda minerallari va 

ularning fizik xossalari; kimyoviy tasnifi (klassifikatsiyasi). 

2.Magmatik tog’ jinslari (intruziv va effuziv). 

3.Cho’kindi tog’ jinslari (bo’lakli, kimyoviy va 

organik). 

4.Metamorfik tog’ jinslari. 

5.Tog’ kompasining tuzilishi va qo’llanishi. 

 

6.Geologik  xaritalarni,  geologik  profillarni  va 

stratigrafik ustunlarni tuzish printsiplari. 

Laboratoriya  mashg’ulotining  asosiy  maqsadi 

o’qituvchining  rahbarligi  va  kuzatuvi  ostida  talabalarni 

mustaqil 

ishlashga 

o’rgatishdir, 

ya’ni 

barcha 


mashg’ulotlar  tajribali  o’qituvchilar  nazorati  ostida 

o’tkaziladi.  Ular  har  bir  talabaning  ishini  tekshirib 

boradilar  va  ularga  alohida  tushuntiradilar.  Har  qaysi 

qismni boshlashdan oldin o’qituvchi talabalarga nima ish 

qilishini  tushuntirib  beradi.  Laboratoriya  mashg’uloti 

uchun  har  bir  talabaning  qilgan  ishlarini,  aniqlagan  mi-

neral va tog’ jinslarini yozish uchun alohida o’z daftari 

bo’lishi  kerak.  Bu  daftar  vaqti-vaqti  bilan  o’qituvchilar 

tomonidan tekshirilib turiladi. 

Talabalarning bilimini sinashda quyidagilar: 




1. Eng muhim jins yaratuvchi va ruda minerallarni va 

tog’ jinslarini ta’riflashda kontrol ish natijalari; 

2.  Planda  va  kesmada  geologik  xarita  elementlarini 

tushirish buyicha kontrol ish natijalari

3.  Tog’  kompasi  yordamida  qatlamning  joylashish 

elementlarini  o’lchash  va  uni  xaritaga  tushirishni  bilish 

darajasi; 

4. Geologik o’quv xaritalariga qarab geologik 

kesmalarni chizish va stratigrafik ustun tuza olishi hisobga 

olinadi. 

 

JINS HOSIL QILUVCHI MINERALLAR VA ULARNING 



FIZIK XOSSALARI. 

Yer    qobig’ining  ichida  va  uning  sirtida  bo’lib 

turadigan  xilma-xil  fizik-kimyoviy  va  termodinamik  

jarayonlar    natijasida    vujudga  kelgan  tabiiy  kimyoviy 

birikmalar  yoki  sof  tug’ma  elementlar  minerallar  deb 

yuritiladi.Ular qattiq, suyuq va gaz holatlarida uchraydi. 

Hozirgi  vaqtda  ma’lum  bo’lgan  va  mineralogiya 

kursida tekshiriladigan 3000 ga yaqin minerallarning juda 

oz  qismi  tabiatda  keng  tarqalgan  bo’lib,  ular  asosan 

tog’  jinslarining  tarkibida  uchraydilar.  Shuning  uchun 

ham ular "jins hosil kiluvchi minerallar" deb yuritiladi. 

Minerallarning muhim  fizikaviy xossalariga 

quyidagilar kiradi: 

1.  Morfologik  xossalari  -  kristall  formalari,  ularning 

tabiiy o’simtalari, agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, 

jeodalar, oolitlar. 

2. Optik xossalari - mineral bo’lagining rangi, izining 

rangi, tiniqligi, yaltiroqligi. 

3.  Mexanik  xossalari  -  mineralning  qattiqligi  /MOOS 

shkalasi/, ulanish tekisligi, sinishi va mo’rtligi. 

4.  Kimyoviy  xossalari  -  xlorid  kislotasi  bilan 

reaktsiyaga kirishishi, erishi, mazasi va hidi. 

5. Boshqa xossalari - solishtirma og’irligi, magnitlik 

xususiyati va boshqalar. 

Minerallarning  qattiqligi  -  mineralning  tashqi 

mexanik  kuchga  /tirnashga  yoki  boshka  kuchlarga/ 

qarshilik  ko’rsatish  darajasidir.  Mineralning  qattiqligini 

uning yangi yuzasidan aniqlash kerak. Nuragan, mayin va 

tuproqsimon minerallar agregati noto’g’ri va kam qat-



tiqlikka  ega.  Quyidagi  MOOS  shkalasida  10ta  etalon  qilib 

olingan minerallar keltirilgan. 

 

 

Etalon minerallar 



MOOS 

shkalasi 

buyicha 

qattiq-


ligi 

Qattikligini 

MOOS 

shkalasida 



aniqlash 

Absolyut 

qat-

tiqligi 


(kg/mm

2



 

Talk Mg


3

(OH)


2

(Si


4

O

10



 

 



 

 



 

Qolga 


yog’dek un- 

naydi, 


kog’ozga 

chizadi 


 

2,4 


 

 

Gips CaSo



4

*2H


2

 



 

 



tirnoq bilan 

chizsa buladi 

 

36 


 

 

Kalsit CaCO



3

 

 



 

 



mis simi 

chizadi 


 

 

109 



 

 

Flyuorit CaF



2

 

 



 

 



mis sim va 

oyna 


chizmaydi 

 

189 



 

 

Apatit Ca



5

(PO


4

)

3



F

1

cl 



 

 



 

 

oynani 



bilinmas 

    chizadi 

 

 

536 



 

 

Ortoklaz K(AlSi



3

O

8



 



oynani 

chizmayedi 

 

796 


Kvars SiO

2

 



 

 



oynani oson 

chi 


zadi 

1120 


 

 

Topaz Al



2

(F

1



OH)SiO

4

 



 

 

 



 

 



 

oynani deyarli 

kesadi 

 

 



1427 

 

 



 

Korund Al

2

O

3



 

 



 

oynani kesadi 

 

2060 


 

 

Olmos S 



10 

oynani oson-

gina kesadi 

1006


 

 




Ulanish tekisligi - mineralning ma’lum kristallografik 

yo’nalish  bo’ylab  oynadek  yaltiroq  tekis  yuza  hosil 

qilishi.  Ulanish  tekisligi  uncha  mayda  bo’lmagan 

minerallar donalarida aniqlanadi. 

Ulanish tekisligi minerallarda quyidagicha bo’lishi 

mumkin:  

bir tomonlama         -slyuda gips

ikki tomonlama 

-dala shpati, piroksen, amfibol-

/prizma bo’ylab/; 

uch tomonlama 

-kalsit /romboedr 

bo’ylab/,galenit; 

turt tomonlama 

-flyuorit /oktaedr bo’ylab/ 

olti tomonlama 

-sfalerit /rombododekaedr 

bo’ylab/ 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  Ulanish 

tekisligi 

turlari 


Hosil bo’lishi 

Misollar 

  O’ta 

mukammal 

 

 

 



Mukammal 

 

 



 

O’rtacha 

 

 

Nomukamm



al va ulanish 

tekisligi 

bo’lmagan 

mineral juda osonlik bilan 

ayrim plastinkalarga ajrala- 

di. 


 

mineral ulanish tekisligi 

bo’y- 

lab osongina bo’laklarga aj- 



rab ketadi. 

 

mineral ulanish tekisligi va 



boshqa tomonlar bo’ylab 

ajramaydi. 

 

mineral kamdan-kam ulanish 



yuzasi buylab parchalanadi. 

slyuda, 


talk,xloritlar

.          

 

kalsit, galit, 



dala 

shpatlari 

 

avgit, shox 



aldamchisi  

 

 



kvars, 

nefelin,   

apatit        

 

Yaliroqlik - mineralga tushgan yorug’lik oqimini 



orqaga qaytarish xususiyati. Mineralning yaltiroqligi uning 


sindirish ko’rsatkichiga /n/  bog’likdir va u quyidagicha 

bo’linadi: 

metaldek /n>3,0/ - pirit, galenit; 

yarim metaldek /n=2,6 3,0/ - magnetit, ilmenit; 

metaldek yaltiramaydigan /n<2,6/; 

 olmosdek 

- kassiterit, sfalerit; 

 sadafdek 

- talk, slyuda; 

 shishadek 

- dala shpatlari, kalsit; 

 yog’dek 

- nefelin, kvars /sinimida/. 

Mineral  donalaridan  tashkil  topgan  agregatlarning 

yaltiroqligi  agregatdagi  donalarning  joylanish  formasiga 

va  uning  katta-kichikligiga  bog’likdir  va  u  quyidagicha 

bo’ladi: 

ipakdek 


- gips, selenit, xalsedon; 

 

 




Download 375.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling