14.18-rasm . A sbest-m ato.
Sovelit massa bo‘yicha 85 foiz dolomit (C aC 03 M gS03) va 15 foiz
asbest aralashmasi asosida olinadi. Sovelit asosida uzunligi 500 mm., eni
170, 250, 500 mm., qalinligi 40-75
mm li plitalar, segmentlar va uzunligi
500 mm., ichki diametri 5 7 ^ 2 6 mm., qalinligi 40-80 mm. yarim silindr
tayyorlanadi.
14.19-rasm. Sovelit plita.
Sovelit
kukuni suvda qorilib, izolyatsiyalanadigan yuzaga surtilishi
mumkin. Sovelit buyumlarning turg‘un holatdagi o ‘rtacha zichligi 400
kg/m3 gacha, issiqlik o ‘tkazuvchanligi 0,083 W/(m.°C) gacha boMadi.
Sovelit buyumlar sanoat va texnologik asbob-uskunalar,
truboprovodlar
yuzasini ishchi harorat 500°S gacha boMganda termoizolyatsiyalash uchun
ishlatiladi.
238
A sb est-m in eral to la li m astik alar
-
noorganik bogMovchilar
asosida suv qo‘shib tayyorlanadi. Ular sanoat asbob-uskunalari va
truboprovodlaming issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
M ineral paxtali q orishm a
-
mineral paxta, asbest, giltuproq
va portlandseinent asosida olinadi. Bu izolyatsiya m aterialining
quruq h o latdag rb ‘rtacha zichligi 400 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti 0,28 W/(m.°C) gacha boMadi.
14.8. Akustik materiallar
Hozirgi kunda shahar va boshqa aholi yashaydigan joylarda
shovqin
darajasi ortib bormoqda. Sershovqinlik inson asab sistem asining
kasallanishiga olib keladi. Shovqinlarning inson organizmiga zararini
kamaytirish asosiy sotsial masalalardan hisoblanadi. Inson qulogM 16-
20000 Hz chastotali
tovushlarni qabul qiladi, 1500-3000 Hz chastotali
tovushlar esa hayajon bilan eshitiladi.
Havodagi shovqinlar asosan shamolning turli predmetlarga urilishidan
hosil boMadi. Hosil boMgan shovqin binolar to ‘siq konstruksiyalariga
urilib, xona ichida turli chastotadagi shovqinlarni vujudga keltiradi.
Shovqin xonalardagi devor qoplamalari va boshqa predmetga yutiladi yoki
qaytariladi. Zarbiy shovqinlar to‘siq konstruksiyalarida tebranish, titratish,
zarb bilan urilish (kuchli shamol ta’sirida) va shu kabilar ta’sirida
hosil
boMadi va tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: