To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet148/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

13.3. Yog‘ochning asosiy xossalari
Fizik xossalar. Yog‘och tarkibi, asosan, sellulozadan iborat, zichligi 
o ‘zgarmas 1,54 g/ sm3 bo‘ladi. Yog‘ochning o ‘rtacha zichligi esa uning 
turiga nisbatan o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Hatto bir turdagi yog‘ochning 
o ‘rtacha zichligi daraxtning o ‘sgan joyi, ob-havosi, tuprog‘i tarkibiga 
qarab o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘och namligining oshishining o‘rtacha 
zichligini oshiradi. Shuring uchun yog‘ochning standart o'rtacha zichligi 
nisbiy namligi 12 foiz bo‘lganda aniqlanadi.
Yog‘ochda gigroskopik va kapillyar namlik boMadi. Gigroskopik 
nam lik to ‘qima devorlarida shimilgan, kapillyar namlik to ‘qima va 
to ‘qimalar aro bo‘shliqlarda boMadi. Gigroskopik namlik chegarasi 30 
foiz, toMiq namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30 foiz ortiq, yangi


kesilgan yog‘och 40-120 foiz bo‘ladi. Yog‘och suvda uzoq muddat 
saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 foizgacha ortadi.
Yog‘ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namligiga 
bog‘liq boMadi. Xonada saqlangan yog‘ochning namligi 8-12 foiz, quruq 
havoda saqlangan yog‘ochning namligi 15-18 foiz.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muhit harorati hamda namligiga 
bogMiq, yog‘och buyumning shakli va oMchamlarining o‘zgarishiga olib 
keladi. Yog‘ochning namligi gigroskopiklik chegarasidan kamayganda 
to‘qimalari bo‘shliqlaridagi namlikdan tashqari, to‘qimalar devorlaridagi 
namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa y o g ‘ochning qoq qurishiga
xossalaming o ‘zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi. Yog‘och tolasimon 
tuzilishda boMgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish turlicha boMadi: 
tolalari bo‘ylab 0,1 foiz (1 mga 1 mm), radial yo‘nalish bo‘yicha 3-6 foiz 
(1 m.ga 3-6 sm) va tangensial yo‘nalish bo‘yicha 6-12 foiz (1 m.ga 6-12 
sm.).
Hajmiy kichrayish tolalari bo ‘ylab kichrayishni hisobga olmagan 
holda, 0,1 foiz aniqlikda quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
-----
у
--------
bunda a va b - namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi oMchamlari; 
aQva bg - shu kabi absolyut quruq holatda.
T e k s tu ra -y o g ‘ochningyillikhalqalari, nurlari, yog‘ochligidaniborat 
tabiiy chizgilardir. Eman, buk, yasen, chinor, nok, yong'oq daraxtlari 
teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik yog'ochlar: ebek - qora, bakut -
qo‘ngMrrang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega boMadi. 
Zich yog‘ochlar qayta ishlanganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu 
xususiyatni kamaytiradi.
Issiqlik o‘tk a z u v c h a n lik -y o g ‘ochning turiga, zichligiga, namligiga 
bogMiq boMadi. Quruq holatdagi qarag'ayning issiqlik oMkazuvchanligi 
tolalari bo‘ylab 0,34 W/m°S, tolalariga peфendikular yo‘nalishda 0,17W/ 
(m°S), yog‘ochning elektr oMkazuvchanlik namligiga bogMiq. Quruq 
holatdagi qarag‘ayning elek tr qarshiligi 7 5 -1 0 7Om.sm. hoMlanganda 
o ‘nlab marta kamayadi.
Yog‘ochning tolasimon strukturasi unirig xossalarini ta’sir etuvchi 
kuchning yo‘nalishiga qarab turlicha boMishi_ga olib keladi. Yog‘ochning
208


tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan
4-6 marta ko‘p. Yog‘ochning mexanik xossaiari uning turiga, namligiga va 
nuqsonlariga bog‘liq. Yog‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari bo‘ylab, 
siqilishga esa,tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi (13.1-jadval).
4

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling