Tog’ jinsini mexanik usulda yumshatish.
O’ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator cho’michi, traktorli yumshatgich va maxsus struglar.
Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog’ jinsi qattiqligi f=6 gacha bo’lgan tog’ jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi.
Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenistali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o’rnatiladi. Tog’ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog’ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida esa, ko’p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi. O’tkir tishlarga bo’lgan kuchlanish 250 kN gacha etadi. Harakat paytida bu o’tkir tishlar gidravlik sistema yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin.
Tog’ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’ladi.
6.1.Rasm. Traktorli yumshatgichning umumiy ko’rinishi.
1 – yumshatgich tishi; 2 – yumshatgich ramasi; 3 – yumshatgichning ko’tarib, tushiruvchi gidrostilindri; 4 – yumshatgichning qiya tishining gidrostilindri; 5 - ROPS konstrukstiyasi; 6 - kabina; 7 – motor bo’limi; 8 – yumshatgich otvalini ko’tarib tushuruvchi gidrostilindri; 9 - gidravlik podkos; 10 - buldozer otvali; 11 – itaruvchi brus; 12 - gusenistani tortuvchi gidrostilindr; 13 –etaklovchi yo’lduzcha; 14 – gusenistali telejka ramasi
6.2. Rasm. Yumshatgichni qo’llagan holda qazish ishlarini olib borish sxemasi.
a – pog’onani qiya qatlam bilan qazib olish; b – pog’onani qiya qatlam bilan qazib olish (normal qiyalikdagi pog’onalarda); v - pog’onani qiya qatlam bilan qazib olish (yuqori qiyalikdagi pog’onalarda); 1 - ekskavator; 2 – buldozer; 3 - yuklagich
Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog’liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo’lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo’nalishiga ko’ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi.
a b
Do'stlaringiz bilan baham: |