Tog‘ jinslari deformatsiyasi va ularning turlari Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash fanidan Maruzachi: Raxmatullayev Jasurbek Farxodovich


Download 1.43 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1337278
Bog'liq
1.Тоғ жинсларининг деформацияси


Tog‘ jinslari deformatsiyasi va ularning turlari
Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash fanidan
Maruzachi: Raxmatullayev Jasurbek Farxodovich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti
Geodinamika va tektonika kafedrasi

Ma’ruza rejasi:

Tog' jinslarining fizik xususiyatlari va deformatsiyasi.

  •  
  • Yer po'stidagi mavjud mintaqaviy tektonik strukturalarning vaqt davomida rivojlanish bosqichlarini tiklash uchun ularning hozirgi egallagan shakllari har tomonlama tahlil qilinadi.
  • Tog' jinslari tektonik va boshqa kuchlar ta'sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog' jinslariga chetdan ta'sir qiluvchi kuchlar tashqi kuchlardir. Deformatsiya turlari tog' jinslariga ta'sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo'nalishi, deformatsiyalanish sharoiti hamda tog' jinslarining fizik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Tashqi kuchlar o'zining kattaligi, ta'sir ko'rsatuvchi nuqtasi va yo'nalishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ular vektor kattaliklardir. Tog' jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta'sirida o'z shakli va hajmini o'zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog' jinslarining deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo'rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Tog' jinslarining mustahkamligi va elastikligi

  • Tog' jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta'siriga ko'rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi. Tog' jinslarining elastikligi tashqi kuchlar ta'sirida o'z shakli va hajmini o'zgartirishi va bu kuchlar ta'siri to'xtagandan so'ng birlamchi holatiga qaytish xususiyatiga ega bo'lishini ifodalaydi. Bunday deformatsiya tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan oshmaganda sodir bo'ladi.

Plastikligi

  • Tog' jinslarining plastikligi tashqi kuchlar ta'sirida shakli va hajmining qaytmas o'zgarishi bilan belgilanadi.

Tog‘ jinslari mo'rtligi

  • Tog' jinslarining mo'rtligi deb tashqi kuchlar ta'sirida yaxlitligi buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.

Tektonik harakatlar
Оrogen
Еpeyrogen
Plikativ
Diz'yunktiv

Neotektonik harakatlar.

  • Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik harakatlarni o'z ichiga. Yosh tektonik xa-rakatlar golotsen davridan, ya'ni keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o'rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo'lib, ular geodezik asboblar yordamida o'rganiladi.

Hozirgi zamon tektonik harakatlari

  • Hozirgi zamon tektonik harakatlarini bevosita o'rganishimiz va asboblar orqali ularning qiymatini o'lchashimiz mumkin. Shu kabi yo'nalishini ham aniqlash mumkin. Masalan: vetikal harakatlar musbat – ko'tariluvchi va manfiy – cho'kuvchi bo'lishi mumkin. Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik harakatlarni o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, ularning o'rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu harakatlar yuz ming va millionlab yillar davomida to'xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko'tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo'lgan tog'ni hosil qiladi. Bu Himolaydan ham baland!

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling