Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash
Download 0.65 Mb.
|
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi burgilash instrumentlari
O’zbekiston konchilik sanoatida ochiq usulda qazib olinadigan yirik karyerlar mavjud. Bu karyerlarda burg’ilovchi dastgoh sifatida sharoshkali aylanma burg’ilash dastgohlaridan foydalanish har tomonlama samaradordir. Chunki mazkur konlarda tog’ jinslari qoyali va yarim qoyali, mustahkamligi esa f= 10-18 ga teng. Yordamchi burg'ilash instrumentlari Quduqlarni burg‘ilash uchun xizmat qiladigan burg‘ilash asboblari texnilogik asboblar deb ataladi. Ular qatoriga jinslarni parchalaovchi asbob, kolonkaviy quvur, o‘tgichlar, burg‘ilash quvurlari va ularni tutashtirish elementlari, og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari (UBT), kengaytirg‘ich, kernuzg‘ich va burg‘ilash salniklari kiradi. Aniq ketma – ketlikda tutashtirilgan texnologik burg‘ilash asboblari burg‘ilash snaryadi deb ataladi. Burg‘ilash snaryadining tarkibi burg‘ilash turi va quduqning ahamiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ jinslarni parchalash, kernni qabul qilish va saqlash uchun ko‘zda tutilgan burg‘ilash snaryadinig bir qismi kolonkaviy yig‘ma deb ataladi. Tog‘ jinslarini parchalash uchun ishlatiladigan kesgich meteriallar turiga qarab kolonkaviy burg‘ilashning quyidagi turlari mavjud: qattiq qotishmali va olmosli. Kolonkaviy burg‘ilash turiga qarab turli kolonkaviy yig‘malar ishlatiladi (rasm). Kolonkaviy burg‘ilashda ishlatiladigan burg‘ilash koronkalari kolonkaviy quvur bilan ulash uchun rezbaga ega bo‘lgan po‘lat halqadan tashkil topgan. Koronkaning ustki qismida yuvish suyuqligi o‘tishi uchun ariqchalar qilingan; ichki yuzasi konus qilib ishlangan bo‘ladi. Kolonkaviy burg‘ilashda asosan qattiq qotishmali va olmosli koronkalar ishlatiladi. Qattiq qotishmali koronkalarda ularning korpusiga qattiq qotishmalardan kesgichlar mahkamlangan bo‘ladi, olmosli koronkalrda esa olmoslar matritsa yordamida koronka korpusiga yopishtirilgan bo‘ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling