Gidravlik usul - Gidravlik usul. Tog’ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog’ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jo’natishga asoslangan. SHag’al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qo’llaniladi.
- Bulardan tashqari burg’ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg’ulash va tog’ jinslarini kesishda (qirqishda) ultratovushlarni qo’llash, portlatib burg’ulash, plazmali burg’ulash turlari ham mavjuddir.
- O’ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator cho’michi, traktorli yumshatgich va maxsus struglar.
- Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog’ jinsi qattiqligi f=6 gacha bo’lgan tog’ jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi.
- Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenitsali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o’rnatiladi. Tog’ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog’ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida esa, ko’p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi. O’tkir tishlarga bo’lgan kuchlanish 250 kN gacha yetadi. Harakat paytida bu o’tkir tishlar gidravlik sistema yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin.
Tog’ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’ladi. - Tog’ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’ladi.
- Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog’liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo’lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo’nalishiga ko’ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi.
- Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bo’laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta’minlash sharti bo’yicha hisoblanadi. Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bo’ladi. CHuqurligini oshirish va kon massasining bo’lakligini ta’minlash maqsadida qo’shimcha kesishgan yurishlar qo’llaniladi. O’ta zich tog’ jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi- yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bo’lganda 1000-1500 m3/soatgacha yetishi mumkin.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |