Tog usuli. Guidebook. Kirish
-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TOG o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pomidor usuli orqali yodlash.
5-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi. Yana 25 daqiqaga taymer qo’yiladi
va ishlanadi. Vaqt tugaganidan so’ng, yana 5 daqiqa dam olinadi. 1 soat tinmasdan ishlagandan ko’ra, 2 ta pomidor ishlagan afzalroq. To’xtovsiz 4 ta pomidordan keyin katta tanaffus qilinadi, ya’ni 1-2 soat dam olinadi. Chunki bunda miyamiz ancha toliqqan bo’ladi. Pomidor usuli orqali FIKni, ya’ni foydali ish koeffitsiyentini bir necha barobarga oshirishingiz mumkin. Bir kunda o’rtacha 8-10 tagacha pamidor bilan ishlashingiz mumkin. Pomidor usulini har qanday ishga nisbatan qo’llasa bo’ladi. Misol uchun; uy tozalash, dars qilish, kitob o’qish, hatto kinoni ham pamidorlarga bo’lib ko’rsangiz boladi. Ushbu metodni qo’llaganingizdan so’ng hayolingizga bir savol kelishi tabiiy, metodning nomi nega aynan pomidor? Chirillo ishlayotganda onasining pomidor ko’rinishidagi taymerini ishlatar edi va usulga ham pomidor deb nom qo’yib qoyvergan. Bu usul vaqtni bloklarga ajratishdan iborat. Pomidor usuli nima ekanligini tushunib olganingizdan so’ng, uni siz xorijiy so’zlarni eslab qolish uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Ana endi yodlashingiz kerak bo’lgan barcha so’zlarni tayyorlab oling. Tahminan 50 tacha so’z kerak bo’ladi. So’zlarni o’zingiz yodlashingiz zarur bo’lganlarini tanlab oling. Ushbu so’zlarning ichida siz tarjimasini bilgan so’zlaringiz bo’lmasligi zarur. Pomidor usuli orqali yodlash. Pomidor taymerni biz 16/9 qilib ishlaymiz. Ya’ni 16 daqiqa mobaynida xorijiy so’zlarga obrazlar topib bog’laymiz, 16 daqiqada imkon qadar ko’proq so’zni yodlashga ulgurishingiz zarur. Vaqt 16 daqiqa bo’lganidan so’ng, qolgan 9 daqiqa mobaynida yodlagan so’zlaringizni qaytarib chiqib mustahkamlab olishingiz zarur. 9 daqiqa ichida yodlagan so’zlaringizni takrorlab chiqqaningizdan so’ng, taymer tugaydi va siz 5 daqiqa dam olishingiz zarur. Undan so’ng, yodlagan barcha so’zlaringizni tekshirib chiqasiz. Birinchi tekshirishda xorijiy so’zga qarab turib, uning tarjimasini topishga urining. Xato chiqqan so’zlarni alohida olib qo’ying, hamma so’zlarni tekshirib bo’lganingizdan so’ng, xato chiqqan so’zlarni yana bir bor takrorlab qo’yishingiz zarur. Undan so’ng, so’zlarni o’zbekcha ma’nosiga qarab, xorijiy so’zni topishga urinishingiz zarur. Bu jarayon tarjimani topishga nisbatan biroz qiyinlik qiladi. Artikulyatsiyani yaxshi qilgan bo’lsangiz, u holda xorijiy so’zni eslashingiz osonroq kechadi. Ko’pchilik artikulyatsiyaga e’tibor bermaydi va shuning hisobiga o’zbekcha so’zga qarab uning xorijiy tildagi talaffuzini esidan chiqarib qo’yadi. Shuning uchun ovoz chiqarib takrorlashni yodingizdan ko’tarmang. Pomidor usulida yodlashda, siz ma’lum miqdordagi so’zlarni emas, balki ushbu vaqt ichida imkon boricha ko’proq so’zlarni eslab qolishga harakat qiling. Sababi, siz doim bir xil vaqtda so’z yodlaysiz. Yodlagan so’zlaringizning ko’p yoki kamligi sizning tezligingiz oshayotgani yoki oshmayotganini ko’rishingizga va uni nazorat qilishingizga imkon beradi. Yodlash jarayonini tushunib oldik. Endi uni har kuni bajarishimiz kerakligini yodimizdan ko’tarmasligimiz zarur. Buni qanday qilib qilish mumkin? Hozir sizga eng kuchli qurollardan biri, Chek-listni taqdim etamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling