Tog usuli. Guidebook. Kirish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana11.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1189929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
TOG o\'quv qo\'llanma

Mavhum so’zlar muammosi. 
Odatda biz yodlaydigan xorijiy so’zlarimiz ot so’z turkumiga oid bo’ladi va 
ularni biz oson obrazga aylantiramiz va eslab qola olamiz. Lekin biz yodlaydigan 
hamma so’zlarimiz ham ot so’z turkumiga kiravermaydi. Sifat, fe’l, olmosh va 
ravish so’z turkumlaridagi so’zlarni yodlash qiyindek tuyuladi. Ammo bunda hech 
qanday narsa o’zgarmaydi. O’sha o’sha TOG usulidan foydalanamiz. 


 
Keling, avval bir o’yin o’ynab 
olaylik: 
Ushbu rasm o’ngdagi 4 ta 
variantdan qaysi biriga mos? 
Buni hech qanday qiyinchiliksiz 
uddaladingiz, ya’ni bu og’ir so’ziga mos. 
Endi 2-rasmni ko’ramiz. 
Ushbu rasm o’ngdagi variantlardan 
qaysi biriga mos? 
Agar sizning ham javobingiz 
g’am-tashvish bo’lgan bo’lsa, u holda 
siz to’g’ri topdingiz. 
Endi 3-rasmga o’tamiz. 
Ushbu rasm o’ngdagi variantlardan 
qaysi biriga mos?
Menimcha bunga ham javobni 
ikkilanmay topdingiz, ya’ni tasavvur. 
Ko’rib turibsizki, ushbu rasm orqali siz 
mavhum deb hisoblagan narsani tasavvur qila olishingizni bilib oldingiz. Istalgan 
o’zingiz biladigan so’zni miyangizda obrazi bor bo’ladi. Agar miyangizda obrazi 
bo’lmaganda edi, siz ushbu so’zni nima ekanligini ham bilmagan bo’lardingiz. 
Misol tariqasida ushbu so’zlarni keltirib o’tamiz: Falmer, Dovakin, Kastrin. 
Ushbu so’zlarni birortasini ham tasavvur qila olmagandirsiz. Chunki siz ushbu 
so’zlar bilan hech nima bog’lamagansiz, miyangizda ushbu so’zlarning obrazi yo’q. 
Ammo sizga tortishuv, xiyonat, g’ayritabiiy, odatda, tushunarsiz kabi so’zlar 
berilsa siz bularni tushuna olasiz. Tushuna olyapsizmi, demak miyangizda ushbu 
so’z bilan bog’liq qandaydir obraz bor. Sizning vazifangiz esa shu obrazni topish 
xolos. Hoziroq 20 ta o’zingiz mavhum deb hisoblagan o’zbek tilidagi so’zni oling 
va 5 daqiqa vaqt ajratib, o’sha so’zlarni obrazga aylantirishga harakat qiling. Misol 
tariqasida ushbu 20 ta so’z bilan ishlang: 
1. Oliy 11. Bezbet 
2. Taraqqiyot 12. Muntazam 
3. Mamnuniyat 13. Ajoyib 
4. Xulq-atvor 14. Tekis 
5. Ozor 15. Ojizlik 
6. Tabiat 16. Beayov 
7. Qalb 17. Xotirjam 
8. Mujassam 18. Mobaynida 
9. kabi 19. Orqali 
10. Noma’lum 20. Ravishda 


Ushbu mashqni bajarganingizdan so’ng, bu so’zlarga obraz topish unchalik 
mushkul emasligini bilib oldingiz. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling