Tog usuli. Guidebook. Kirish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana11.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1189929
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
TOG o\'quv qo\'llanma

Kartochkalar metodi 
So’zlarni eslab qolishning eng samarali usullaridan biri – bu flesh 
kartochkalardan foydalanish. Dunyoga mashhur Jon Hopkins tibbiyot institutida 
ham talabalarga dorilar va terminlar nomlarini flesh kartochkalar orqali yodlatishar 
ekan. Siz ham bir necha bor lug’at daftar tutib, 1-2 betiga yangi so’zlar yozib, keyin 
so’z yodlashni tashlab qo’ygan bo’lsangiz kerak. Chunki daftarga hamma yodlanishi 
kerak bo’lgan so’zlar birdaniga yoziladi. Bu miyamizga ko’pdek tuyuladi va 
dangasalik keltirib chiqaradi. “Ko’z qo’rqoq, qo’l botir” deganlaridek, qilinishi 
kerak bo’lgan ishlarni hammasini bir vaqtda ko’rish, dangasalikka va zerikishga olib 
keladi. Undan ko’ra, flesh kartochkalarga yozib yodlash ancha qulayroq va 
qiziqarliroq. Chunki bunda butun hajm birdaniga emas, bitta-bitta “hazm qilinadi”. 
Undan tashqari, so’zlarni qo’l bilan ushlash va ularni xohlagancha qismlarga ajratish 
mumkin. Qog’ozlar o’rniga “Anki” ilovasini ishlatishingiz ham mumkin. Lekin 
baribir, qo’l bilan ushlab yodlashning o’rnini bosa olmaydi. Xullas, flesh kartalar 
orqali so’zlarni yodlash eng qiziqarli va samarali usul hisoblanadi. 


Quyida flesh kartalardan qanday foydalanishni ko’rib chiqamiz. Buning 
uchun bizga 3ta quticha va flesh kartochkalar kerak bo’ladi. 
Birinchi qutini “Yodlash kerak” deb nomlaymiz va unga yodlanishi kerak 
bo’lgan so’zlarni solamiz. 
Ikkinchi qutini esa, “Yodlangan” deb nomlab, unga yodlagan so’zlarimizni 
solib qo’yamiz. 
Uchinchi quti esa, “Muammoli so’zlar” qutisi bo’lib, u qutiga esda qolishi 
qiyin bo’layotgan, obraz topa olmagan yoki har safar esdan chiqib qoladigan 
so’zlarni solamiz va ular bilan alohida ishlaymiz. 
Avvalambor, nechta so’z yodlamoqchi bo’lsangiz, ana shuncha flesh 
kartalarni qirqib, tayyorlab olasiz. Keyin, old tomoniga yodlamoqchi bo’lgan so’z 
(masalan, table (teybl)) va uning talaffuzi yoziladi. Orqasiga esa o’zbekcha tarjimasi 
yoziladi. 
Shu tarzda hamma so’zlarni yozib chiqqaningizdan so’ng, “Yodlash kerak” 
qutisiga solinadi. Boshlanishiga har kuni 20 tadan so’z yodlash tavsiya qilinadi. 
Chunki birdaniga ko’p so’z yodlash, bezish, tashlab qo’yish yoki dangalikka olib 
kelishi shaxsiy tajribada ham ko’plab o’quvchilarda ham kuzatilgan. Har kuni 
ertalab 20 ta yodlanadi va kechasi yotishdan avval bir marotaba takrorlab qo’yiladi. 
Ertasi kuni yana 20 ta va hokazo shunday qilib, 100 ta bo’lganda, ya’ni 5 kundan 
so’ng, “checking day”, ya’ni takrorlash kuni bo’ladi. Bu kuni siz 5 kun davomida 
yodlagan 100 ta so’zingizni hammasini takrorlab olasiz. Bir oy mana shu tartibda 
ishlanadi. Ikkinchi oydan so’zlarni 20 dan 40 tagacha oshirsangiz bo’ladi. Bunda 
ham o’sha algoritm ishlaydi, ya’ni har 5 kunda “checking day” qilinadi. Har 1000, 
2000, 3000 ta bo’lganda yana hamma so’zlarni bir boshidan takrorlab chiqiladi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling