Tog usuli. Guidebook. Kirish
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TOG o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-qadam. Parchalash.
Parchalash uslubi Bilamizki hamma so’zlar ham qisqa bo’lavermaydi. O’ta uzun xorijiy so’zlar ham bor. Bularni eslab qolishda bitta obraz topib, xorijiy so’zning hammasini eslab qolish qiyin bo’ladi. Shuning uchun bunday so’zlarga ikkita yoki uchta obrazchalar qilib eslab qolgan yaxshi. Hozir sizlarga hayotda kerakli bo’ladigan ma’lumotlardan biri, terminlarni eslab qolishni keltirib o’tamiz. Terminlar uzun bo’lganligi sababli, ularni eslab qolish murakkab bo’ladi. Terminlarni eslab qola olsangiz, uzun xorijiy so’zlarni ham eslab qola olasiz, bundan tashqari o’zingizni sohangizdagi terminlarni eslab qolishda foydalanishingiz mumkin. Terminlar va uzun so’zlar bizni eng yomon ko’rgan va asabimizni buzadigan so’zlar desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Chunki ularni eslab qolish, ba’zida esa talaffuz qilishning o’zi ham qiyin. Lekin mnemotexnika bilan terminlarni, uzun xorijiy so’zlarni oson eslab qolsa bo’ladi. Buning uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi: 1-qadam. Parchalash. Yodlamoqchi bo’lgan terminingizni, yoki xorijiy so’zingizni obrazlar topishga qulay qilib olish uchun bir necha qismlarga ajratib olishingiz kerak bo’ladi. Uzun so’zlarga obraz topish qiyin. Shuning uchun qismlarga ajratib, har bir qism uchun alohida obraz topgan osonro bo’ladi. 2-qadam. Obrazlashtirish. Termin ta’rifining ma’nosiga iloji boricha soddaroq obraz topish kerak bo’ladi. Xorijiy so’zning tarjimasiga esa obraz topish qiyin emas. 3-qadam. Assotsiatsiya va ovoz chiqarib takrorlash. Bunda biz parchalagan terminimiz va ushbu terminning ta’rifini bir-biriga bog’laymiz. Obrazlarni tasavvur qilgan holda ovoz chiqarib takrorlash lozim. Chunki, ovoz chiqarib takrorlamasangiz, obrazni o’zini aytib qo’yishingiz mumkin. Ovoz bilan takrorlanganda jag’ muskullarimiz termin va xorijiy so’zni talaffuzini eslab qoladi. Hozir ushbu qadamlarni quyidagi termin orqali sinab ko’ramiz. Bunday qiyin so’zlarga obraz qila olgan odam, uzunroq xorijiy so’zni yodlashni eplay oladi. Damping – dengizni chiqindilardan tozlash. Bu terminni ikkiga bo’lib olamiz va qismlariga obraz topamiz. Dam – Dam as Ping – Ping ving Endi esa, ta’rifiga obraz topamiz. Misol uchun chiqindilar to’la dengizni tasavvur qilishingiz mumkin. Undan so’ng, assotsiatsiya qilamiz. Chiqindi to’la dengizga Damas keldida, ichidan Pingving tushib, chiqindilarni tozalay boshladi. Endi ovoz chiqarib obrazlarni hayolimizda ushlagan holda 5-10 marta takrorlash kerak. Xuddi shu tarzda quyidagi misollar bilan mashq qilishingiz mumkin. Endi quyidagi so’zlarga o’zingiz obrazlar qilib, mustaqil ravishda obraz qilib, bog’lab, eslab qoling. Ambidekstriya – Bu tug’ma yoki shug’ullantirilgan, biror bir qo’lning ustuvorligisiz bir xil tezlik va sifat bilan 2 qo’lni boshqara olish. Metabolizm – hujayrada sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar majmui. Bipatrid – bittadan ortiq davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs. Konsensus – xalqaro shartnomalarni qabul qilishda, parlament va kengashlarda tegishli qaror qabul qilish. Anabioz – organizmning hayot jarayonlari (moddalar almashinuvi va boshqalar) juda sekinlashgan, ya’ni uning tirikligi sezilmaydigan darajaga o’tgan holati. Yuqoridagi so’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda eslab qolishga harakat qilish kerak. O’quvchilarga bu narsa boshida qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Terminlarda ko’pincha oxiri bir xil qo’shimchalar bilan tugaydi. Misol uchun; -izm, -tsiya, -iya, -oz va boshqalar. Ularga avvaldan obrazlar tuzib olish tavsiya qilinadi. Masalan; -izm – uzum, -tsiya – ratsiya, -iya – eshak, -oz – ОЗУ (operativ xotira). Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling