Tog usuli. Guidebook. Kirish
-usul. Filmlar va Bloglar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TOG o\'quv qo\'llanma
2-usul. Filmlar va Bloglar. Yangi tilda kinolar ko’rish orqali yodlangan
so’zlaringizni aktivlashtirishingiz mumkin. Undan tashqari You Tube, Facebook, Instagram orqali o’zingiz qiziqqan sohalardagi bloglarni o’rganayotgan tilingizda kuzating. Umuman olganda atrofingizni yangi til bilan o’rashga harakat qiling. 3-usul. Gaplar tuzing. Har kuni 20-30 ta so’zga har xil zamonlarda va turli xil gaplar tuzing. So’ng o’sha so’zlarni ishlatib kichikroq hikoya tuzishga harakat qiling. Undan so’ng bu hikoyangizni kimgadir aytib bering. Agar aytib berishga odam topolmasangiz, oynaga qarab o’zingizga aytib berishingiz mumkin. 4-usul. Blog yuriting. You Tube, Instagram, Telegram yoki Facebookda Blog yuriting. Har kuni biror mavzuda post qo’yishga yoki video tayyorlab tashlab borishga harakat qiling. Bu eng samarali usullardan biri hisloblanadi. Men tanigan bir qancha mashhur You Tuberlar dastlab til o’rganish uchun blog ochishgan. Keyinchalik You Tube olamida mashhur bo’lishgan. Balkim sizda ham bloggerlik bo’yicha talant border. 5-usul. Mobil ilovalardan foydalaning. Hozir IT rivojlangan davrda yashayapmiz, zamon bilan hamnafas bo’lib yangiliklardan foydalana bilishimiz kerak. Play market, APP store orqali til o’rganish bo’yicha juda ham foydali ilovalardan foydalanishingiz mumkin. Xattoki, o’yin o’ynab tilni o’rganishingiz mumkin. O’zim ham juda ko’p ilovalarni sinab ko’rganman. Quyida men foydalangan va menga eng yoqqan ilovalardan keltirib o’taman va sizlarga ham tavsiya qilaman; Duolingo, Hallo, Blue Birds, Memrise.com, Drops, Lingua Leo. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling