Tog`ay murodning,,otamdan qolgan dalalar’’ romanida takror so’zlarning qo’llanilishi sotimboyeva Dilnura Axmedjon qizi
Download 27.07 Kb.
|
Otamdan qolgan dalalar romanida takror so`zlarning qo`llanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
TOG`AY MURODNING ,,OTAMDAN QOLGAN DALALAR’’ ROMANIDA TAKROR SO’ZLARNING QO’LLANILISHI Sotimboyeva Dilnura Axmedjon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti O`zbek tili va adabiyoti 1-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Tog`ay Murodning ,,Otamdan qolgan dalalar’’ romanida takror so`zlarning qo`llanilishi hamda yangicha uslub kasb etganligi tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: uslub, Qizil bayroq, ,,o’ynab qo’yay’’, frazemalar , istorizmlar , maqollar. Tog’ay Murod qalamiga mansub ,,Otamdan qolgan dalalar’’romani o’zbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa bo’lgan. Bu roman nafaqat o’zbek adabiyoti tarixi uchun balki tilshunosligimiz uchun ham o’zgacha uslub kasb etdi. Yozuvchi asarni yozishga kirishishi bilan o’zini, hayoti davomida ko’rgan hodisalarini, o’sha davrdagi qishloq hayotini, oddiy odamlar turmushini tasvirlab beradi. Asarning o’ziga xos qurilishi, betakror ifoda yo’sini, tildagi joziba ohangi, samimiyat – bularning bari uning muvaffaqiyatini ta’minlagan asosiy omillardir. Asarning ko’p o’rinlarida voqeani tasvirlash emas, ularga munosabat bildirish maqsadi yetakchilik qiladi. Bularning natijasi o’laroq, asarda lirik ibtido salmoqli, badiiy jihatdan belgilovchi o’rin tutadiki, ,,Otamdan qolgan dalalar’’ nasrda bitilgan romantik xarakterdagi ,,poema’’dek, ,,dostondek’’ taassurot qoldiradi.Asardagi ifoda yo’sini hamda voqelikni badiiy idrok etish usulining xalq dostonlariga eshligi uning muvaffaqiyatini ta’minlagan qo’shimcha omil desak mubolag’a bo’lmaydi. ,,Otamdan qolgan dalalar’’ning umuman, Tog’ay Murod nasrining tili, uslubi o’ziga xos. Xususan, asar Dehqonqul tilidan hikoya qilinishida ham, uning nutqiga e’tibor qaratsak oddiy, jaydari so’zlarga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, so’zlar takrori kitobxonni o’ziga jalb qiladi. Bir o’ylab ko’raylik, yozuvchi so’zlarni takror holatda qo’llab faqatgina qishloq tilini ochib bermoqchimi? Yo’q aslo unday emas, biror-bir uslubni yaratgan yozuvchi faqat bitta maqsadni ko’zlab ish ko’rmaydi. Unda boshqa sabablar ham bo’lishi mumkin. Buni asardagi takror so’zlar misolida ko’rib o’tish o’rinlidir. ,,Dalalarimdan qor aridi. Uzun qish qorayib-qorayib yotmish dalalarim yerrang-yerrang bo’ldi’’. Bu gapda yozuvchi aynan nimaga urg’u bermoqchi bo’lsa, shuni takror so’z sifatida qo’llaydi. Tog’ay Murodga o’zbek sovet adabiyoti qolipini parchalagan, adabiyot ruhini va tilni milliylikka qaytargan yozuvchi sifatida baho beriladi.Chunki uning asarida o’zbek obrazlari tilidan umuman ruscha so’zlarni ishlatmaydi.Dehqonqul oddiy hamma uchun tanish bo’lgan so’zlardan foydalanadi. Bu bilan o’zbek xalqi tilini kambag’al deb bo’lmaydi, bu milliylikka yo’g’rilgan qarash desak bo’ladi. Xususan, Abdulla Qodiriyning quyidagi fikri ham shunga asos bo’ladi: ,, O’zbek tili kambag’al emas, balki o’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar’’. ,,G’o’zalarim bir oylik bo’ldi. Ana shunda bir shamol turdi, bir shamol turdi.G’o’zalarim yotib-yotib qoldi. Yotib-yotib qolmish g’o’zalarimni qo’shqo’llab-qo’shqo’llab rostladim, kaftlab-kaftlab taradim’’. Bu parchadan ko’rib turganimizdek asarda boshdan oyoq takror so’zlarning qo`llanilishi asar jozibasini yanada oshirgan. – Qizil bayroq bor-yo’g’i bir oylik ishimiz uchun berildi! – Qizil bayroq kuchimizga kuch qo’shadi! – Qizil bayroq zafarlarga chorlaydi. [1] Bu parchada keyingi gapdagi ,,qizil bayroq’’so’zi o’rnida ko’rsatish olmoshlaridan foydalansa ham bo’lar edi, ammo yozuvchi aynan shu so’zni ta’kidlab ko’rsatishni xohlaydi va shunday yo’l tutadi. Bu roman uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti berilgani ham bejizga emas ekan. Tog’ay Murod romani orqali butun bir yangicha uslubni adabiyotshunoslar ko’ra oldi,xalqimizning o’tmishdagi qiyinchiliklari bizga ravshanlashdi tilshunoslikda ham takror so’zlardan qanday holatlarda chiroyli uslublarni yaratishga guvohi bo’ldik. Sharof Boshbekovning ,, Temir xotin’’ komediyasidagi Qo’chqor tilida ,,Rakatopsin’’ so’zi doimiy ravishda takrorlanganligi ma’lum . ,,Otamdan qolgan dalalar’’ romanida ham Dehqonqulning nutqida tez-tez takrorlanadigan ,,O’ynab qo’yay-o’ynab qo’yay’’degan jumlani uchratamiz. – Bir kishi kimdan kam ? Brigadir degich oti bor.Bir jo’ra atlasni kuchay olmasa, brigader bo’p nima qilib yurubdi ? – O’ynab qo’yay, brigader degan otdan, o’ynab qo’yay.Brigader ham bir dehqon-da . [2] Hattoki, Dehqonqulni tergovchilar so’roq qilishayotganda ham shu joyni o’zida gap hayoti haqida boryotgan damda hamki , o’z nutqidagi ,,o’ynab qo’yay’’ iborasini aytishdan, zolimlarni asabiga tegishdan qo’rqmaydi. Oltinlaring qayerda ? –dedi to’pponchalik. O’ynab qo’yay , oltin zotidan o’ynab qo’yay oltin – tilla do’konida bo’ladi-da.[3] Birgina Dehqonqulning nutqidagi takror so’zlarni tahlil qilar ekanmiz,qanchadan qancha yangilanishlarga guvoh bo’lamiz.Uning tilida takror so’zlardan tashqari frazemalar , istorizmlar , maqollar ham uchraydi. Bularning barchasi Tog’ay Murodning mahoratidan darak beradi . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Tog’ay Murod ,, Otamdan qolgan dalalar ‘’ romani [1,96] [2,116] [3, 256] 2.Professor, filologiya fanlar nomzodi Dilmurod Quronovning ,, Otamdan qolgan dalalar’’ romani uchun sharhi 3. www.ziyonet.uz Download 27.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling