To’G’ri moki bahyaqator hosil qilib tikish mashinalarini o’rganish. Oshxona elektr jixozlari

Download 1.09 Mb.
bet2/8
Sana03.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1742102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TO’G’RI MOKI BAHYAQATOR HOSIL QILIB TIKISH MASHINALARINI O’RGANISH

Zanjirsimon baxyaqator hosil qilishga qaraganda moki baxyaqator hosil qilish uchun anchagina murakkab mexanizmlar kerak bo‘ladi. Masalan, moki qurilmasi ko‘pgina detallardan iborat bo‘lib, uni doimiy moylab, tozalab turish talab qilinadi. Moki qurilmasida naycha borligi mashinaning ishlash koeffitsiyentini kamaytiradi. Masalan, 97-A rusumli tikuv mashinasida shimning odim qirqimlarini choklashda 3–5 foiz ish vaqti naychaga ip o‘rashga sarflanadi.

Moki baxyaqator hosil qilishda iplar chayqaladigan, tebranadigan va aylanadigan moki yordamida chalishtirilishi mumkin. Aylanadigan mokili mashinalar ko‘proq tarqalgan, shuning uchun quyida aylanadigan mokili mashinalarda moki baxyaqator hosil bo‘lish jarayonini qarab chiqamiz.

G‘altak dagi ustki ipni ip taranglash shaybalari – orasidan olib o‘tib, ip tortgichning qulog‘idan o‘tkaziladi-da, igna ning ko‘ziga taqiladi. Igna materialni teshib, ustki ipni undan olib o‘tadi va eng pastki holatga tushadi. Igna ostki holatidan 1,5–2 mm ko‘tarilganda ustki ipdan halqa hosil bo‘ladi, bu halqani mokining uchi ilib oladi.

Igna yuqoriga ko‘tarila boshlaydi, shunda mokining uchi ustki ip halqasini ilib kengaytiradi. Ip tortgich pastga tomon harakatlanib, mokiga ip uzatib beradi. Ustki ip halqasini moki naycha atrofidan aylantiradi . Ustki ip halqasi 180°dan ortiq burchak hosil qiladigan darajada aylanganda , ip tortgich yuqoriga ko‘tarilib, baxyani taranglaydi. Tishli reyka gazlamani baxya uzunligiga suradi. Moki ikkinchi salt aylanishida boshqa ishchi organlar o‘z ishini tugallaydi. Tebranma mokili mashinalar ham shu prinsipda ishlaydi. Bunday mokilar past tezlikli mashinalarda ko‘proq qo‘llanilgan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling