Tokarlik-vintqirqish stanoklari har XIL yuzlarga va rezbalarga ishlov berish
Download 94.5 Kb.
|
Tokarlik-vintqirqish stanoklari har xil yuzlarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOKLARIGA OID NORMALLANGAN MOSLAMALAR
- TOKARLIK-ZATILOVKALASH STANOKLARI ZATILOVKALASH TО‘G‘RISIDA ASOSIY MA’LUMOT
- 1811 UNIVERSAL TOKARLIK-ZATILOVKALASH STANOGI
Kо‘p kirimli rezbalar qirqish. Rezba bir kirimli va kо‘p kirimli bо‘lishi mumkin). Kо‘p kirimli rezbada bir о‘ramning о‘zida bir xil nomli nuqtalar orasidagi о‘q bо‘ylab о‘lchangan masofa rezbaning yо‘li (yurishi) deb ataladi. Bir kirimli rezbaning qadami bilan yо‘li bir xil, kо‘p kirimli rezbada esa har xil bо‘ladi. Rezbaning yо‘li kirimlar soniga kо‘paytirilgan qadamga hamma vaqt teng.
Har qanday profilli kо‘p kirimli rezba qirqish qadamining yо‘li uzunligiga teng bо‘lgan bir kirimli rezba qirqishda talab etilgani kabi boshlanadi. Birinchi kirimning tо‘la profili qirqib bо‘lingandan keyin keskich zagotovkadan qaytarilib, surish vintiga teskari harakat beriladida, support dastlabki vaziyatiga qaytariladi. Sо‘ngra surish vinti qо‘zg‘atilmay, detal ikki kirimli rezba qirqiladigan bо‘lsa, yarim aylanish, uch kirimli rezba qirqiladigan holda 1/3 aylanish, umumiy holda kо‘p kirimli rezbalar qirqishda 1/R aylanishga buriladi. Shundan keyin rezbaning ikkinchi kirimi qirqiladi va hokazo. 1K62 stanogida kо‘p kirimli rezbalar qirqish uchun mо‘ljallangan maxsus bо‘lish qurilmasi bо‘ladi. Bu qurilma oldingi babka korpusiga mahkamlangan chiziqchali halqadan va bо‘linmalari bor hamda shpindelning ketingi uchiga о‘tqa-zilgan diskdan iborat. Diskning chetiga 60 ta bо‘linma qilingan; bu hol shpindelni yoki aylanishga burish imkonini beradi. Bu esa kirimlari soni yuqorida keltirilgan kasrlarning maxrajlariga muvofiq keladigan rezbalar kirqish imkoniyatini yaratadi. Povodokli maxsus bо‘lish planshaybalari ishlatilsa, kо‘p kirimli rezbani kirimlarga bо‘lib chiqish ancha osonlashadi. Kо‘p kirimli rezbalar qirqishda bо‘lishning eng oddiy va tez usuli qadamga qarab bо‘lish usulidir. Bu usul quyidagidan iborat. Dastavval rezbaning birinchi kirimi qirqiladi. Sо‘ngra keskich kо‘ndalangiga о‘z tomoniga surish yо‘li bilan ariqchadan chiqarilib, surish vintiga teskari harakat beriladida, keskich dastlabki vaziyatiga qaytariladi. Shundan keyin ikkinchi kirimga bо‘lish uchun keskich bо‘ylama yо‘nalishda siljitiladi, ammo bunda surish vintidan emas, balki supportning yuqorigi salazkalari vintidan foydalaniladi. Bunda keskichning bо‘ylama surilishiga oid sanoq yuqorigi salazkalar vinti limbi bо‘yicha olib boriladi. Ba’zan kо‘p kirimli rezbalar bir necha keskich о‘rnatiladigan maxsus tutkichlardan foydalanish yо‘li bilan qirqiladi. Tutkichga keskichlar bir-biridan qadamga teng oraliqda о‘rnatiladi. Konuslar tokarlik stanogida ketingi babkani kо‘ndalangiga siljitish yо‘li bnlan; bir vaqtning о‘zida ham bо‘ylama, ham kо‘ndalang surish harakatlarini ishga solish orqali; supportning keskichli karetkasini burish yо‘li bilan; konus yoki kopir chizg‘ich yordami bilan yо‘niladi. Ketingi babkani siljitish yо‘li bilan konuslar yо‘nish usuli markazlar orasiga qо‘yib mahkamlangan detallarda yotiq konuslar yо‘nishda qо‘llaniladi. TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOKLARIGA OID NORMALLANGAN MOSLAMALAR Patronlar nisbatan qisqa zagotovkalarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Patronlar о‘zi markazlovchi va о‘zi markazlamaydigan bо‘ladi. О‘zi markazlamaydigan patronlarda, odatda, tо‘rtta kulachok bо‘lib, simmetrikmas detallarni mahkamlashda bu kulachoklardan har birini boshqalariga bog‘liq bо‘lmagan holda siljitish mumkin. О‘zi markazlovchi patronda, odatda, uchta kulachok bо‘lib, ularning hammasi bir vaqtda siqiladi va keriladi. Pnevmatik yuritmali patronlar seriyalab va kо‘plab mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipi quyidagicha. Pnevmatik silindrning porsheni shtok bilan bog‘langan bо‘lib, shtokni chapga yoki о‘ngga siljita oladi, qay tomonga siljitishi siqilgan havo pnevmatik silindrning qaysi bо‘shlig‘iga yuborilishiga bog‘liq. Shtokning uchi uchta richag bilan birlashtirilgan, bu richag pnevmatik yuritmali patronning sxemasi.Shular shtok surilganda о‘z о‘qlari atrofida burilib, kulachoklarni radial yо‘nalishda yo siqadi yoki keradi. TOKARLIK-ZATILOVKALASH STANOKLARI ZATILOVKALASH TО‘G‘RISIDA ASOSIY MA’LUMOT Kesuvchi asboblarning (ayniqsa shakldor kesuvchi asbobning) tishlari ketingi yuzasiga egri chiziq (odatda Arximed spirali) shaklini berish uchun zatilovkalash usulidan foydalaniladi. Hammadan kо‘p frezalar zatilovkalanadi. Zatilovkalash protsessi shundan iboratki, tishlari orasiga oldindan ariqchalar frezalangan freza stanokka mahkamlanadi va unga quyidagi chastotali aylanma harakat beriladi: ,bu yerda d- frezaning diametri, mm; v — tanlab olingan kesish tezligi, m/min. Keskichga kо‘ndalang yо‘nalishda tо‘g‘ri chizig‘iy-qaytar harakat berish uchun spiral shaklidagi profilli kulachoklar ishlatiladi (kо‘pincha, kulachokning konturi Arximed spirali shaklida qilib chiziladi). Kulachoklar almashtiriladigan, freza tishining orqa tomonining pasayishi qiymatiga muvofiq ravishda spiral qadami turlicha qilib tayyorlanadi. Kulachokning egri chizig‘idagi aS qism shakl hosil qilish harakatini vujudga keltiradi (bu vaqtda keskich zatilovka qilinayotgan frezaga tomon harakatlanadi), sa qism esa yordamchi harakatni hosil qiladi (bu qismda keskich ketinga tez qaytariladi). Kulachokda yo bitta ish egri chizig‘i aS yoki, kulachokning aylanish tezligini kamaytirish zarur bо‘lsa, keskichning ish va salt yurishlari uchun bir nechta (tо‘rttagacha) egri qismlar bо‘ladi.Zatilovka qilinadigan asbobning turiga va zatilovkalash xarakteriga qarab, zatilovkalash vaqtida asbobning va zagotovkaning har xil harakatlanish sxemalari bо‘ladi. Ariqchalari tо‘g‘ri bо‘lgan silindrik frezalarni zatilovkalash. Bu holda stanokda quyidagi harakatlar sodir bо‘ladi: frezaning bir tekis aylanishi; keskichning kо‘ndalang yо‘nalishda uzluqsiz takrorlanuvchi tо‘g‘ri chizig‘iy-qaytar harakati; asbobning zagotovka о‘qiga parallel ravishda bir tekis bо‘ylama surilishi. Dastlabki ikki harakat freza tishlari profilini hosil qilishni ta’minlaydi, uchinchi harakat bо‘ylama surish harakati bо‘lib, Z mm/ayl tezlik bilan sodir bо‘ladi. Ariqchalari vintaviy bо‘lgan charviyak frezalarni zatilovkalash. Bu holda stanokda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: A) frezaning bir tekis aylanishi: B) asbobningsh zagatovka о‘qiga parallel ravishda, fveza rezbasi vintaviy chizig‘i о‘qiy qadami t ning qiymatiga muvofiq ravishda bо‘ylama yо‘nalishda bir tekist siljishi: V) keskichni ng kо‘ndalang yо‘nalishda uzluqsiz ravishda takrorlanuvchi tо‘g‘ri chizig‘iy-qaytar harakati. Bu uchala harakatning hammasi bir-biri bilan bog‘langan 1811 UNIVERSAL TOKARLIK-ZATILOVKALASH STANOGI. Bu stanokda zatilovkalanadigan tishlari tо‘g‘ri, qiyshiq yoki torsaviy bir va kо‘p qirimli modulli chervyak frezalari, shuningdek, taroqsimon, diskaviy va shakldor fre-zalar hamda asboblar zatilovka qilinadi. Bu stanokda tokarlik ishlarining barcha turlari ham bajarilishi mumkin. Stanokning о‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, uning supporti zatilovka ishlarini amalga oshirishga imkon beradigan maxsus konstruqsiyada ishlangan; bо‘lish harakati va kulachokni qо‘shimcha aylantirish kinematikaviy zanjirlari mavjudki, ular tokarlik-vintqirqish stanoklarida bо‘lmaydi. Bundan tashqari, 1811 stanogida uning yarim avtomatik siklda ishlashini ta’minlovchi qо‘shimcha qurilmalar bor. Toblangan asboblar tishlarining gardanlarini jilvirlash uchun stanok maxsus jilvirlash moslamasi bilan ta’minlangan. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling