Tokarlik-vintqirqish stanoklari har XIL yuzlarga va rezbalarga ishlov berish


Download 94.5 Kb.
bet8/8
Sana23.04.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1384453
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tokarlik-vintqirqish stanoklari har xil yuzlarga

Stanokning xarakteristikasi. Markazlari balandligi 260 mm; markazlari orasidagi masofasi 710 mm; zatilovkalanadigan detallarning staninadan tepadagi maksimal diametri 18 mm; shpindelning aylanish chastotalari 2,7 — 64 ayl/min; teskari aylanishda 8,1 — 192 ayl/min; surishlar qiymati 0,1 — 1 mm/ayl; zatilovkalashning eng katta uzunligi 550 mm; stanokning о‘lchamlari 2800X 1390X 1810 mm.
Ishlash prinsipi. Zatilovka qilinadigan asbob opravkaga о‘rnatilib, stanokning markazlariga mahkamlanadi va unga kesish tezligiga teng tezlikda aylanma harakat beriladi. Kesuvchi asbob zatilovkalash supportiga о‘rnatiladi, bu supportga esa markazlar о‘qiga perpendikulyar yо‘nalishda ilgarilama-qaytar harakat (zagotovkaning aylanishiga monand zatilovkalash harakati) va stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab bо‘ylama siljish harakati beriladi.
Silindrik frezalarni zatilovkalashda supportga bо‘ylama siljish harakati surish validan, chervyak frezalarni zatilovkalashda esa surish vintidan beriladi. Diskaviy frezalarni zatilovkalashda supportning bо‘ylama siljishi bо‘lmaydi.
Stanokda sodir bо‘ladigan harakatlar. Stanok shpindeliga aylanma harakat ikki tezlikli elektrik dvigateldan (N = 3,3/3,8 kvt, p = 940/2800 ayl/min) tezliklar qutisi orqali uzatiladi. Ish yurishida elektrik dvigatelning aylanish chastotasi 940 ayl/min ga, teskari yurishda esa 2800 ayl/min ga teng. Tezliklar qutisi shpindelning 12 xil tо‘g‘ri va 12 xil teskari aylanish chastotasi bilan aylanishiga imkon beradi. Shpindelning aylanish tezligi pog‘onalaridan istalgani qutining vallari II, IV va V ga joylashgan bloklarni almashlab (qayta) qо‘shish yо‘li bilan hosil qilinadi.
Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling