Tokning tillarang sarg'ayishi va unga qarshi kurash choralari


Tokni serkosporoz kasalligi


Download 58 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi58 Kb.
#1250644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tokning tillarang sarg\'ayishi va unga qarshi kurash choralari

Tokni serkosporoz kasalligi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi Cercospora vitis Sacc yoki Cercospora Rosleri Sacc zamburug‘i bo‘lib kasallik asosan bargni, novdani, meva bandi va mevani zararlaydi. Kasallikni belgisi bargni ostki qismida yashil zaytun (olivkoviy) rangdagi dumaloq nuqtalar hosil qiladi. Kasallangan meva bandi qurib mevasi to‘kiladi. Zamburug‘ni konidiyalari barglarda saqlanadi.
Qarshi kurash choralari: Kasallangan o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib yo‘q qilish, qator oralarini yaxshilab yumshatish, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlardan kaliyli, fosforli va mahalliy o‘g‘itlarni o‘z vaqtida meyorida berish o‘simlikni kasallikka chidamliligini oshiradi.
Tokni kulrang chirish kasalligi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Botrytis cinerea Pers zamburug‘i. Parazitligi bilan bu zamburug‘ fakultativ parazit (patogen saprofit) bo‘lib kuchsizlangan mexanik jarohatlangan o‘simliklarni kasallantiradi. Bu kasallik asosan o‘simlikda o‘suv davrini oxirlarida paydo bo‘ladi. Mevalari yorilib ketadi. Bunday xodisaga yog‘ingarchilik sabab bo‘ladi. To‘qimani elastikligini yo‘qotib po‘stloqlari yoriladi. Bunining asosiy sababi mevaga suvning ko‘p kirishi. Yog‘ingarchilik patogen sporalarini ko‘payishiga olib keladi, natijada o‘simlikni kasallantiradi.
Botrytis cinerea mevani yorilgan qismi orqali kirib kulrang mog‘orsimon g‘ubor bo‘lib zamburug‘ni sporalarini hosil qiladi. Zamburug‘dan ajralgan sitaza fermenti ta’sirida meva po‘stlog‘i yorilib mog‘orlab bemaza badbo‘y mog‘or hidli bo‘ladi. Kulrang chirish mevalarni yig‘ib olish va saqlash jarayonlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Kasallangan meva orqali kasallanish jarayoni keng tarqalishi mumkin.
Omborda havo namligi qancha yuqori bo‘lsa chirish shunchilik tez tarqaladi. Kasallikni zarari ta’sirida mevalar tez chirib mahsulotni nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu zamburug‘ ta’sirida uzumdan olingan vino mahsulotini sifati ham pasayadi. Kulrang chirish bilan kuchli kasallanadigan navlarga Risling, Aligote, Portugizor, Oq muskat, Qizg‘ish muskat navlari kiradi. Kulrang chirishdan uzum mevasini himoya qilish qiyin masalalardan hisoblanadi. Patogen zamburug‘ o‘simlik va yovvoyi o‘tlar qoldig‘ida qishlab chiqadi.
Kurash choralari: Samarali kurash choralarini amalga oshirpsh uchun tashkiliy xo‘jalik, agrotexnik tadbiriy choralarni yuqori darajada o‘tkazish, sifatli xomtok qilish, tarash, qator oralig‘ini yumshatish, meyorida sug‘orish, shamollatish ishlarini sifatli qilib o‘tkazish kerak. Kulrang chirish kasalligiga qarshi tok gullagandan keyin uzum boshlari ko‘paygandan keyin, mevani rangga kirishi bilan va 14-18 kundan keyin Euporinni 0,2% li suspenziyasi bilan (2-3 kg/ga) yoki 0,5 % li kaptanni suspenziyadan (5-7,5 kg/ga) ishlatish kerak. Kasallikka chidamli navlardan Kaberne, Rkatsiteli, Moldova, Maldavskiy cherniy navlarini ekish kerak.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling