Tokning tillarang sarg'ayishi va unga qarshi kurash choralari


Download 58 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi58 Kb.
#1250644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tokning tillarang sarg\'ayishi va unga qarshi kurash choralari

Qarshi kurash tadbirlari:

  • kuzda barglarni yig‘ishtirib olib, yoqib tashlash, so‘ngra tokzorni chuqur (30-35 sm) qilib ag‘darib haydash.

  • bahorda toklarni simbag‘azlarga ko‘tarish, tokni bargini tuproqdan uzoqroq ya’ni yuqoriroq saqlash, tuproqqa yaqin bo‘lgan barglarni yulib tashlash, hosilsiz novdalarni xomtok vaqtida kesish, novda va barglarni qalinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Eng asosiysi tok o‘simligini eng pastki bargi tuproqdan 1-1,2 m baland bo‘lishi lozim, chunki infeksiya tuproqda qishlab, so‘ngra barglarga o‘tadi.

  • to‘kilgan va qurigan barglarni, shuningdek kasallangan novdalarni kesib, daladan chiqarib yoqib yuborish.

  • butun o‘suv davri davomida tokzor tuprog‘ini doimo yumshatib haydab turish, ortiqcha sug‘orishlarga, suvni turib qolishiga chek qo‘yish.

  • o‘suv davri davomida toklarni 1% li Bordo suyuqligi yoki 50% li mis xlorli oksidini 0,5 % li suspenziyasi bilan kimyoviy ishlov berish lozim. Kimyoviy ishlov berishda Kurzat preparatini 2,0-2,5 kg/ga meyorda, shuningdek Ridomil-Gold pereparatini 2,5 kg/ga meyorda ham qo‘llash mumkin, ammo ushbu fungitsidlarning narxi juda ham qimmat bo‘lib, yetishtiriladigan mahsulot tannarxini keskin ortib ketishiga olib keladi.

Кимёвий ишлов бериш новдада ҳар 4-5 барг янги барг пайдо бўлгач ўтказилади. Ёки ҳар 8-12 кунда дориланиб турилади.
- tokzorni faqat azotli oziqlantirish kasallikni kuchayishiga olib keladi, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar esa uni chidamliligini oshiradi.
- sug‘oriladigan tokzorlarda kimyoviy ishlov berish har sug‘orishdan oldin o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
- kimyoviy ishlov berish har konturda 1 kunning o‘zida o‘tkazilishi lozim. Yil quruq kelganda 5-7 marta, yog‘ingirchilik ko‘p bo‘lganda esa 10-14 martagacha dorilanadi. Dorilash ishlari yomg‘irdan keyin emas, balki yomg‘irdan oldinroq o‘tkazilishi tokni kasallanishini kamaytiradi.
Tokni antraknoz kasalligi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Gloeposrium ampelophagum Pass zamburug‘i. Bu kasallik Zakavkazye, Qozog‘iston va keyinchilik O‘zbekistonda tarqalgan. Ayrim yillari bu kasallik boshqa uzumchilik xo‘jaliklarida katta iqtisodiy zarar yetkazgan. Kasallik asosan chuqurlik, namlik ko‘p yerlarda, daryo qirg‘oqlarida, yer osti suvlari yaqin joylarda, toklarni qalin ekilgan sharoitlarda kuchli rivojlanadi. Kasallik bilan tok o‘simligini barcha yer ustki qismi zararlanadi.
Kasallikni alomati tok bargilarida qizg‘ish kulrangga o‘xshash yoki to‘q qo‘ng‘ir rangli har xil shakldagi dog‘lar paydo bo‘ladi. To‘qima tez parchalanib to‘kiladi. Barglar teshik holatga keladi va barglar to‘kilib ketadi. Keyinchalik bunday dog‘lar o‘rnida egri bugri yaralar paydo bo‘ladi. Yaralarning chetlarida bo‘rtmalar paydo bo‘lib dog‘lar qorayadi. Kasallikning kuchayishi bilan novdalar ko‘mirdek qorayib ketadi. Kasallangan novdalar qiyshayib mo‘rt holatiga keladi. Shamol ta’sirida sinib ketadi. Barglar kichiklashadi va quriydi. Kasallangan barglarni chetlarida to‘q qo‘ng‘ir hoshiya; bilan o‘ralgan kul rang dog‘lar hosil bo‘ladi. Barg yaprog‘ining shikastlangan to‘qimasi parchalanib to‘kiladi. Barg tomirlarini qattiq shikastlanganlari quriydi va to‘kiladi. Bu kasallik bilan kasallangan to‘p gullarda qora hoshiya bilai o‘ralgan dog‘lar paydo bo‘ladi. Kasallangan gullarning ko‘pchiligi to‘kilib ketadi. Kasallangan uzum mevasida qoramtir hoshiya bilan o‘ralgan kulrang chuqurchalar hosil bo‘ladi. Bunday uzum mevalari bir tomonlama o‘sadi. Ko‘pchilik hollarda quriydi. Ular tushib ketadi yoki novdada osilib koladi. Dog‘li antraknoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ kasallangan novdalar to‘qimasi ichida mitseliy shaklida qishlaydi. Havo harorati 23-32 da bo‘lganida kasallikni rivojlanishi kuchayadi. Bu zamburug‘ mavsum jarayonidp ko‘plab avlod beradi. Tok novdasi o‘suv davrini dastlabki 2 oyida, barglari birinchi oyida kasallanadi. Shuning uchun yozning ikkinchi yarmida bu kasallik uchramaydi. Bu kasallik bilan surunkasiga 3-4 yil kasallangan toklar quriydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ faqat toklarnigina kasallantiradi. Kasallik bilai husayni, qora kishmish, oq kishmish, katqo‘rg‘on, chillaki, charos, buvaki navlari qattiq kasallanadi.
O‘zbekistonda o‘stiriladigan Yevropa navlari (Saperavi, Kaberni, Risling) bu kasallik bilan butunlay kasallanmaydi yoki kuchsiz kasallanadi. Adabiy ma’lumotlarga ko‘ra keyingi yillarda tokni antraknoz bilan kasallanishi ko‘paymoqda. Kasallikni ko‘payishi uchun issiq va yog‘ingarchilik havo sharoiti qulaydir. 2004 – 2005 yillari ob-havo bu kasallik uchun optimal qulay sharoit bo‘lib O‘zbekistonda kasallikni ko‘payishiga olib keldi.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling