Toksikologiya asoslari doc
CHidams nz zaharlovc hi moddalar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaynash va erish harorati zaharlovchi
- Zaharlovchi moddaning uchuvchanligi
CHidams nz zaharlovc hi moddalar — bu moddalar ham suyuqlik holida
bo’lib, qaynash harorati juda past bo’ladi. Zararli xossasini ochiq joylarda bir necha daqiqagacha saqlaydi. SHuning uchun asosan havoni zararlash maqsadida qo’llaniladi. Bu moddalar qo’llanilganda tez bug`lanib, zaharli modda aralashgan bulut hosil bo’ladi, bunday bulutlar shamolda ko’chib, ba`zan 10—15 km gacha etib boradi. Harakatlanish yo’llarida binolar ichiga kiradi, kuchalar, xovlilar, podvallar, jarlik va shamol kam tegadigan boshqa joylarda turib qoladi va kishilarni zararlaydi. Zaharlovchi moddalarga shunday moddalar kiradiki, ular faqat yuqori toksik xususiyatga ega bo’lmay, balki ommaviy zarar etkazuvchi sifatida ishlatishga imkon beradigan bir qator fizik va kimyoviy xossalarga ham ega bo’ladi. Qaynash va erish harorati zaharlovchi moddannng ta`rifida asosiy o’rin egallaydi. Kaynash harorati zaharlovchi moddaning uchuvchanligiga bevosita bog`liq Kupchilik zaharlovchi moddalar suyuqlik holatida bo’ladi, bu suyuqliklarning qaynash haroratiga qarab shartli ravishda past haroratda qaynaydigan va yuqori haroratda qaynaydigan moddalarga bo’lish mumkin. Past haroratda qaynaydigan zaharlovchi moddalar tez bug`lanadi va havoda yuqori kontsentratsiyayi tashkil qiladi, lekin ular ishlatilgan joyida qisqa vaqt saqlanib qoladi. YUqori haroratda qaynaydigan zaharlovchi moddalar ishlatilganda ular juda sekin bug`lanadi, ishlatilgan joylarida uzoq muddatgacha saqlanishi tufayli zararlash xususiyati kuchli bo’ladi. Zaharlovchi moddaning uchuvchanligi. Bu ma`lum haroratdagi va havo bosimidagi zaharlovchi moddaning havodagi to’yingan maksimal miqdoridir. Zaharlovchi modda bug`lari bilan havoni to’yintirishga maxsus sharoitlardagina erishish mumkin, shuning uchun jang maydonida zaharlovchi modda qo’llanilganda ularning havodagi kontsentratsiyasi uchuvchanligiga qaraganda ancha past bo’ladi. Odatda, uchuvchanlik 1 litr havoda milligramm xisobida (mg/l) ulchanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 14 Zaharlovchi moddalarning uchuvchanligi, uning qaynash harorati va bug`larining qattiqligiga bog`liq, shuning uchun qaynash harorati past bo’lgan moddalar tez bug`lanib ketadi, yuqori haroratda qaynaydigan moddalar sekinlik bilan bug`lanadi. Bu ko’rsatkichlar zaharlovchi moddalar ko’llanilgan joyda turgunligi yoki bekarorligini ko’rsatadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling