Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti


Download 1.96 Mb.
bet10/32
Sana22.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1110123
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
01-20 tolali ekinlar yetishtirish

Tezkor savol javob
1.G`o`zaning bizga ma`lum bo`lgan necha navlari madaniylashtirilgan
2 G`o`za ildiz sistemasi erga necha m kirib boradi
3. G`o`zada necha xil o`suv shoxlari bo`ladi
4 Tolasining uzunligiga ko‘ra, barcha g‘o‘za navlari necha turga bolinadi
3-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari

Guruh

Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Topshiriqni
misollar
bilan
yoritish 0-5 ball

Guruh a’zolarming faolligini. 0­5 ball

Jami
ball

1-gr













2-gr













3-gr













1ball - “qoniqarli”
2ball - “yaxshi”
3ball - “a’lo”
1 -Amaliy topshiriq:
G`o`zaning bizga ma`lum bo`lgan madaniylashtirilgannavlarini o‘rganish.
2Amaliy topshiriq:
G`o`za ildiz sistemasini o‘rganish.
3 Amaliy topshiriq:
G‘o‘zaning botanik ta’rifinio‘rganish.

4-Ilova

Uyga vazifa

3 Mavzu Paxta xomashyosi va uni yetishtirish

Tabiatda g‘o‘zaning 37 turi va navlari ma’lum. Ularning hammasi «Gossipium» deb ataladigan botanik avlodga birlashgan. «Gossipium» avlodi gulxayridoshlar oilasiga kiradi. Kanop, bammiya, dag‘alkanop, bo‘ritaroq, xitoy atirguli, tugmachagul ham ana shu oilaga mansub o‘simliklardir.


G‘o‘za avlod sifatida juda qadimdan, taxminan Bo‘r davrining boshidan ma’lum. U tropik mintaqa o‘simligi, uning vatani ham, yetishtirilgan joyi ham o‘sha yer bo‘lgani uchun, qo‘ng‘ir rangli siyrak tuk bilan qoplanganligi tufayli hozir ekiladigan navlardan farq qiladi. Ularning deyarli hammasi fotoperiodik xususiyatga ega bo‘lib, me’yorli gullashi va ko‘sagi yetilishi uchun yorug‘ kun qisqa bo‘lishini talab qiladi.
Ular orasida qator qimmatli belgilarni — kasallik va zararkunandalarga, vertitsillyoz va fuzarioz viltga, bakterioz, ildiz chirishga qarshi immunitetni, past haroratga va sho‘rlanishga chidamlilikni o‘zida mujassamlashtirgan turlari ko‘p. Ayrim turlar juda serhosil, ertapishar, ipaksimon, tolasi pishiq, yaltiroq bo‘ladi.
Xromosomalar soni — diploidda — 26 ta va tetraploidda — 52 ta bo‘lgan g‘o‘za o‘simliklari «Gossipium» avlodiga kiradi. Bular bir yillik va ko‘p yillik butachalar shaklidagi chog‘roq daraxtlardir.
G‘o‘za navlarining yovvoyi turlari uzoq yashashi, yer tanlamasligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, monopodial shoxlanganligi, hosil shoxlari sust rivojlanganligi, ko‘saklari juda mayda bo‘lishi, chigitining po‘sti «toshdek qattiq» bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Yovvoyi turlar ekvatorning u yoki bu tomonida joylashgan territoriyalarni egallagan. Ular dasht, cho‘l va quruq savannalarda tarqalgan bo‘lib, tepaliklar yonbag‘rida, okeanlar qirg‘og‘idagi toshli yerlarda ham o‘sadi.
G‘o‘zaning bizga ma’lum bo‘lgan barcha yovvoyi turlaridan faqat 4 tasi madaniylashtirilgan. Bular 2 ta diploid Eski Dunyo g‘o‘za turi — arboreum bilan xerbatseum hamda 2 ta tetraploid Yangi Dunyo g‘o‘za turi — xirzutum bilan barbadenzedir.
1.2-rasmda ekiladigan g‘o‘za turining hosil qismlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unda har bir tur uchun alohida paxta hosilining butun rivojlanish davri keltirilgan.

G‘o‘za turlarining botanik ko‘rinishlari.





Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling