Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti


O`quv amaliyoti mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi


Download 1.96 Mb.
bet18/32
Sana22.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1110123
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
01-20 tolali ekinlar yetishtirish

O`quv amaliyoti mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
6 Mavzu Kanopni tayyorlash va saqlash
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: soat

Ta’limoluvchilarsoni: nafar

O`quv mashg`ulotining shakli va turi

Amaliy: O`quv mashg`uloti

O`quv mashg`uloti rejasi, / tuzilishi

1. Kanopni tayyorlash
2. Kanopni saqlash
3. Xom ashyoni g`aramga joylash
4. Poya va po`stloqni saralash

O`quv mashg`uloti maqsadi: Kanopni tayyorlash va saqlash bo`yicha nazariy bilimlari tugrisida ma’lumot berish va ularda mavzu mustaxkamlash, ko`nikma va malakalarni shakllantirish

O`qitish natijasi

Ushbu mavzuni uzlashtirish natijasida o`quvchida shakllanadigan bilim, ko`nikma yoki kompetensiya

Pedagogik vazifalar:
1. . Kanopni tayyorlash bilan tanishtirish;
2. Kanopni saqlash tushuntirish;
3 Xom ashyoni g`aramga joylashni ko`rsatish;
4 Poya va po`stloqni saralashni yoritib berish;
6 Poya va po`stloqni saralashda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rsatish.

O`quv faoliyat natijalari:
1 . Kanopni tayyorlash ni aytib beradi;
2 Kanopni saqlashni gapirib beradi;
3 Xom ashyoni g`aramga joylashni takrorlab kursatadi;
4 Poya va po`stloqni saralashni mustakil bajaradilar;
6 Xatolar ustida ishlaydilar.

O`qitish usullari.

Tushuntirish, kursatish, yo`riknoma berish, mashq va boshkalar

O`qitish vositalari.

Yo`rikli texnologik xarita, kerakli jixoz va asboblar, ko`rgazmali qurollar, proektor, kodoskop, stendlar, slaydlar, plakatlar va boshkalar

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli.

Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakkatartibda.

O`qitish sharoiti.

Jixozlangan ustaxona.

Qayta aloqaning usul va vositalari.

Nazorat, bajarilgan ishlarni tekshirish, ogzaki savol - javob, xisobot, va boshkalar.

TASDIQLAYMAN”
Kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari:______________M.Nurullayev “ ____” __________ 2021 yil



Guruh




O’quv amaliyot o’tiladigan sana






YO’RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi: 4 53 12 01 Tabiy tolalarga birlamchi ishlov berish
Amaliyot nomi: Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi
Mavzu № 6 Kanopni tayyorlash va saqlash
Maqsad: Kanopni tayyorlash va saqlashni o`rganish



Bajaradigan ishlar mazmuni

Chizmalar

Moslamalar Asboblar va xom-ashyolar

Bajarilish tartibi

1

Tayorlash uchun g`aramlarni tayyorlash



Tayyorlash uchun kerak bo`ladigan barcha ish qurollari

Tayyorlash ishlarini olib borish

2

Saqlash uchun ochiq maydon yoki shiponlarni tayyorlash



Saqlash uchun ochiq maydon yoki shiponlarni tayyorlash barcha ish qurollari

Saqlash ishlarini olib borish



I/ch ta’limi ustasi: Masharipov Boboxon ___________
6 mavzu Kanopni tayyyorlash va saqlash
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3 Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.
4 Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5 Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6 Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish.
1-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari.

t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball

1

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish.

5

2

Savollarga noto‘liq javob berish

4

3

Savollarga qisman javob berish

3

4

Savollarga umuman javob bermaslik

2

Ish va ish joylarini tashkil etish.

5

-Ishvaishjoylarinito‘g‘ritashkiletish, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda maqbul ish usullarini qo‘llash va turli ishlarni xatosiz bajarish.
-Ishlarni mustaqil rejalashtirish va bajarish.

5

6

-Ishlab chiqarish talimi ustasining ko‘magi bilan.
Ish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda maqbul ish usullarini qo‘llash va turli ishlarni xatosiz bajarish.
-Ishlarni mustaqil rejalashtirish va bajarish.

4

7

Ish yoki ish joyini tashkil etish ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda maqbul ish usullarini qo‘llash va turli ishlarni xatosiz bajarishda ba’zi xatolikga yo‘l qo‘yganligi ishni etarli darajada rejalashtira olmaganligi va bajara olmasligi.

3

8

Ish yoki ish joyini tashkil etish ma’lum ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish va asosiy ish usulini yetarli darajada o‘zlashtira olmasligi-Ishni mustaqi lrejalashtira olmasligi va bajara olmasligi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmasligi ishlab

2

2-ilova
Tezkor savol javob
1. Zavodga poya va po`stloq asosan qaysi oylarda keltiriladi
2Usti yopiq shiyponlarning o`lchamlari
3. Usti yopiq shiyponlar sig`imi
4 Guruhdagi ikki uya g`aramlari oralig`i
3-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari

Gur
uh

Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Topshiriqni
misollar
bilan
yoritish 0-5 ball

Guruh a’zolarming faolligini. 0­5 ball

Jami
ball

1-gr













2-gr













3-gr













1ball - “qoniqarli”
2ball - “yaxshi”
3ball - “a’lo”
1 -Amaliy topshiriq:
Kanopni tayyorlash va saqlashnio‘rganish.
2Amaliy topshiriq:
Xom ashyoni g`aramga joylashni o`rganish
3 Amaliy topshiriq:
Poya va po`stloqni saralashni o`rganish
4-Ilova

Uyga vazifa


Kanopni saqlash va tayyorlash usullarini o`rganish
6-Mavzu Kanopni tayyorlash va saqlash

Zavodga poya va po`stloq, odatda, avgust, sentyabr, oktyabr, qisman noyabr oylarida keltiriladi va ular bir qancha oylab, ishlashga yuborilguncha maxsus bazalarda saqlanadi. Xom ashyosi saqlashda ma`lum qoidalarga e`tibor berilmasa, xom ashyo chiriydi va tolaning xususiyati buziladi. SHuning uchun xom ashyoni saqlash usulini to`g`ri tanlashning muhim ahamiyati bor.


Kanop zavodlarida poya yoki po`stloq ikki usul bilan: ustki yopiq shiyponlarda (shoka) va ochiq joyda saqlanishi mumkin.
Xom ashyoni usti yopiq joyda saqlash uchun uzunligi 64 m, eni 16 m va balandligi 8 m bo`lgan atrofi ochiq, lekin usti yopiq shiypondan foydalanilsa, juda maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday shiyponda 400-500 t gacha po`stloq yoki poya saqlash mumkin. Undan tashqari, hozir zig`irpoya zavodlarida katta o`lchamli temir-beton shiyponlar kent qo`llanilmoqda. 144 x 24 x 8,4 m o`lchamli shiyponga 2500 t, 90 x 30 x 6,5 m o`lchamli shiyponga esa 1500 t xom ashyo joylanadi. Bunday shiyponlar ko`pga chidaydi mahsulot sifatli saqlanadi, xom ashyo bazasining maydoni birmuncha qisqaradi, xom ashyo tashishni mexanizatsiyalashtirishga imkon tug`iladi. Kanop zavodlari yil bo`yi ishlaydigaì potoklashgan zavodlarga o`tishi munosabati bilan shiyponlar juda ham zarur, chunki yog`in-sochinli davrlarda usti ochiq joylardagi po`stloqlarni ishlashga tashish qiyin. Undan tashqari, usti ochilib qolgan kanop yomg`irda qolib ketishi hamda uning sifati buzilishi mumkin. SHuning uchun kanop zavodlarida kamida 2 ta shiypon bo`lishi zarur.
Usti ochiq joyda xom ashyo, odatda g`aram qilib saqlanadi. Bunday saqlash usuli ko`p yillik tajribalar asosida mukammallashtirildi. Bu usul juda oddiy bo`lib, uncha ko`p mablag` sarflanmaydi. O`zbekiston iqlimi uchun bu usul ancha samarali hisoblanadi. Ilgarilari uzunligi 20 m, eni 8 m va balandligi 8 m li g`aramlar bo`lardi; shunday g`aramga 80-100 t gacha poya ketadi. Hozir g`aramning eni va uzunligi kattalashtirilgan (32 x 10 x Sm), natijada g`aramga ko`p xom ashyo ketadi. G`aramning eni janubdan shimolga qaratib joylashtiriladi. Bunda yog`ingarchilik natijasida g`aramning ivigan qismlari yomg`irdan so`ng quyosh nurida bir xil quriydi. Ba`zan, g`aramni joylashtirishda shamol esadigan tomon ham hisobga olinadi. G`aramning yon tomoni shamol esadigan tomonga qaragan bo`lishi kerak. SHunda xom ashyo yaxshi quriydi va yaxshi shamollaydi.
Xom ashyoni g`aramlashdan oldin har bir g`aram uchun maxsus maydoncha tayyorlash kerak. G`aramning ost qismidagi poyalarni namlanish va chirishdan saqlash uchun g`aramning supachasi erdan kamida 30 sm ko`tarilib, atrofiga suv ketadigan 20-30 sm kenglikda ariqchalar qilinadi. G`aramlar yongin xavfsizligi qoidalariga asosan guruh-guruh qilib joylashtiriladi har qaysi guruhda 4 uya bo`lib,
4 g`aram bir uyani tashkil qiladi. Uyadagi g`aramlarning eni tomonidan oralig`i 15 m gacha, uzunligi tomonidan esa 30 m ga teng bo`ladi.
Guruhdagi ikki uya g`aramlari oralig`i 40 m, guruhlar oralig`i esa - 60 m. hamma zavod territoriyasi kamida balandligi 1,8 m li devor bilan o`ralgan bo`lishi kerak. Xom ashyo qo`yilgan joydan o`ralgan chegaragacha masofa 10 m bo`lishi kerak shox va g`aramlar titish-yuvish mashinalari o`rnatilgan tsexlardan 50 m uzoqlikda joylashishi kerak.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling