Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti
XOM ASHYONI G`ARAMGA JOYLASH
Download 1.96 Mb.
|
01-20 tolali ekinlar yetishtirish
XOM ASHYONI G`ARAMGA JOYLASH
Xom ashyo yaxshi saqlanishi uchun bog`larni g`aramga joylaganda ba`zi qoidalarga rioya qilish keraê bo`ladi. G`aramni tiklash muhim ish bo`lib, bunda g`aramchining mohirligiga hamda xom ashyoninã xususiyatiga e`tibor berish kerak. G`aramning o`rta qismi chetiga qaraganda yuqoriroq bo`la borishi kerak. Poyaning pastki qismini g`aramning tashqi tomoniga qaratib qo`yib, yog`och kuraklar bilan o`rib g`aram devori tekislab boriladi. Poyalarni g`aramlashda bir davat bo`yiga qo`yilib, so`nggisi eniga qarab qo`yiladi. Poyalarning qo`yilishi qalinligi g`aramning hamma joyida bir xil bo`lishi kerak. SHundagina g`aram buzilib ketmaydi, ichiga yomg`ir suvlari o`tmaydi. Namligi yuqori bo`lgan xom ashyoni g`aramga qo`yish mumkin emas. Kanoppoyani g`aramlashda uzunligiga qarab 3- 4 bo`lakka bo`lib, bo`laklarni bir-biriga zichlab, ayrim-ayrim ko`tarib chiqiladi. SHunday qilinsa, g`aramni birdan ochmay, qisman ochish yoki buzilgan xom ashyoni ajratib olish imkoni bo`ladi. G`aram qilinayotgan paytda yomg`ir yog`ib qolsa, tugatilmagan g`aramning ustiga brezent yopish kerak. Xom ashyoni g`aramga joylash zichligi uning namligiga bog`liq. Poya quruq (namligi 20% gacha) bo`lsa, bog`lar g`aramga zich qilib ketma-ket teriladi, poyalar namroq (namligi 20-25%) bo`lsa, bog`larning orasi zichlanmay, ochiqroq qilib teriladi, namlik 25-30% bo`lsa, zichlanmay ikkita lentali usulda joylashtiriladi. Bundan tashqari g`aramning uzunasiga va ko`ndalangiga bir necha joyidan shamol kirib turadigan kvadrat (50 x 50 sm) tuynuklar qo`yiladi. Bunday tuynuklar poyaning namligi 20% dan oshiq bo`lganda yasaladi. Yog`ingarchilik paytida g`aram devorlariga suv tegmasligi uchun ikki yon tomonining yuqori qismi pastki qismiga qaraganda kengroq, tepa qismi tikroq (qiyalik burchagi gorizontga nisbatan po`stloqni brezent bilan yopishda taxminan 60, poya g`aramini yopishda esa 45-50) qilinadi. O`k po`stloq g`aramga ustiga IV nav poyalar yopiladi. Ko`k po`stloq g`aramlarining hammasi 1,2 va 3-kategoriyali brezent bilan yopiladi. Brezent po`stloqni yomg`irdan yaxshi saqlaydi, uni ochib yopish ancha oson. Yuqori navli poyalar g`aramining ustiga kam brezent yopish ancha yaxshi natija beradi. Har qaysi g`aramga nomer qo`yiladi, yoniga faner taxtacha o`rnatib, xom ashyoning g`aramlangan vaqti, massasi, navi, namligi hamda joylovchi brigadirning familiyasi yozib qo`yiladi. G`aramdagi xom ashyo og`irligini hajmi va hajmiy massasiga qarab, quyidagi formula bilan taxminan aniqlash mumkin: Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling