Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti


Download 1.96 Mb.
bet14/32
Sana22.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1110123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
01-20 tolali ekinlar yetishtirish

Tezkor savol javob
1.O`sish sharoitiga qarab kanoppoyasining baladligi necha m ga yetadi
2Kanop o`simligining vatani
3. O`zbekistonnning qaysi viloyatlarida kanop o`simligi yetishtiriladi
4 Kanoppoyasining yo`g`onlligi

3-ilova



Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari

Gur
uh

Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Topshiriqni
misollar
bilan
yoritish 0-5 ball

Guruh a’zolarming faolligini. 0­5 ball

Jami
ball

1-gr













2-gr













3-gr













1ball - “qoniqarli”
2ball - “yaxshi”
3ball - “a’lo”
1 -Amaliy topshiriq:
Kanop o`simligining agro texnikasini o‘rganish.
2Amaliy topshiriq:
Kanop o`simligining tuzilishini o‘rganish.
4-Ilova

Uyga vazifa


Kanop o`simligining tuzilishi va agrotexnikasini o`rganish


4 Mavzu Kanop o‘simligi, kanop o‘simligining agrotexnikasi

Kanop gulxayridoshlar oilasiga mansub tolali bir yillik o‘simlikdir. O‘sish sharoitiga qarab, kanoppoyaning balandligi 5 metrgacha, yo‘g‘onligi esa 5 mm dan 25 mm gacha bo‘ladi. Kanopning vatani Janubiy Afrika va Amerika bo‘lib, u yerlarda hozir ham yovvoyi holda o‘sadi. Kanop o‘simligi Hindiston, Pokiston, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Kuba, Braziliya, Indoneziya, Sudan, Yava orollari va Afrika mamlakatlarida qadimdan ekilib, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan.


Ayniqsa, O‘zbekiston iqlimi kanop tolasi va urug‘ining pishib yetilishi uchun juda qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun O‘zbekistonda, ayniqsa, Toshkent viloyatida kanop ekish maydonlari va hosildorligi yildan yilga oshib bormoqda.

Kanop o‘simligining tuzilishi


Kanoppoya bir-biri bilan yondosh turgan alohida hujayralardan iborat bo‘lgan murakkab tuzilishli o‘simlik. Har qaysi shunday to‘qima hujayralarida yupqa qobiq bo‘lib, u yosh hujayralarda protoplazma, katta yoshli hujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli hujayralar uchraydi. Shunga qaramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Parenximali hujayralar — uch tomonga (uzunligiga, eniga va yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2. Prozenximali hujayralar — uchi nayzalashgan, dukka o‘xshash cho‘zilgan hujayralar.
Hujayralarning kattaligi katta diapozonda: mikrondan bo‘ladigan bir qancha santimetrgacha o‘zgaradi.
Yosh hujayralar qattiq qobiqdan tuzilib, massasida mag‘izi (yadro) bo‘lgan protoplazma bakdan to‘lgan bo‘ladi. Hujayralar o‘sishi bilan protoplazmada hujayra sharbati bo‘lgan bo‘shliq paydo bo‘ladi. U asta-sekin ko‘payib, protoplazmani hujayra devoriga siqib chiqaradi. Katta yoshli hujayralarda protoplazma hujayra ichki devorini qoplovchi yupqa pardalarni tashkil qiladi. Ba’zi hollarda hujayralar o‘zlarining tarkibiy qismlarini yo‘qotib, ularning o‘rni havo bilan to‘ladi. Bunday hujayralarda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi — ular o‘lik hujayralardir.
Hujayralar bo‘linishi orqali ko‘payadi. Oldin mag‘izi (yadrosi) bo‘linadi, undan keyin o‘rta devor hosil bo‘ladi va ikkita hujayraga bo‘linib o‘sadi hamda yana bo‘linadi va h. k. Ikki yangi bo‘lingan hujayrani birlashtiruvchi o‘rta devor o‘rta plastinka deb ataladi. O‘simlik hujayrasida asosan sellulozadan iborat qattiq qobiq (obolochka) bor. Qobiq o‘sish qobiliyatiga ega. Kanoppoya ikki yo‘l bilan: protoplazmadan yangi selluloza qatlamining ajralishi hisobiga va eski bo‘lakchalari o‘rtasida selluloza bo‘laklarning hosil bo‘lishi — (hujayralarning uzunasiga o‘sishi) hisobiga o‘sadi.
Hujayralarning bo‘linishi orqali ularning soni ko‘payadi va buning hisobiga o‘simlik o‘sadi.
Yosh hujayralarning qobig‘i sellulozadan tuzilgan bo‘lishiga qaramay, o‘simlikning o‘sish jarayonida uning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishning bir ko‘rinishi hujayralarning qobig‘iga legnin moddasi singishi natijasida to‘qimaga qattiqlik va mo‘rtlik beruvchi qobiqning yog‘ochlanishidir. Hujayralarga legnindan tashqari boshqa moddalar — pektin va shunga o‘xshash moddalar ham singishi mumkin. Mahkam birlashgan yosh o‘simlik hujayralari vaqt o‘tishi bilan ayrim yopishgan joylaridan bo‘shab ketishi natijasida hujayralar orasida bo‘shliq hosil bo‘lishi mumkin.
O‘simlikdagi har xil hujayralar ma’lum funksiyalarni bajaradi.
Tuzilishi joylashishi va funksiyasi bir xil bo‘lgan hujayralar guruhi anatomik to‘qima deb ataladi. Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi to‘qimadan paydo bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi va ikkilamchi to‘qimaga bo‘linadi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar poyaning uchi va ildizida, ya’ni o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalardan kelib chiqib, o‘z navbatida, ikkilamchi to‘qima deb ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega. Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar yordamida o‘simlik bo‘yiga o‘sadi, ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar tufayli esa eniga o‘sadi (yo‘g‘onlashadi).

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling