Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti
Download 1.96 Mb.
|
01-20 tolali ekinlar yetishtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- Mavzu Kanop maxsulotini quritish
Tezkor savol javob
1. Kanop maxsulotini necha xil usulda quritiladi 2Po`lat simlarning diametri 3. O`rta osiyo sharoitida kanom maxsuloti ntcha soatda quriydi 4 tola tez quhishi uchun Bitta ramga necha kg dan yoyiladi 3-ilova
1ball - “qoniqarli” 2ball - “yaxshi” 3ball - “a’lo” 1 -Amaliy topshiriq: Uzun kanop tolasi quritiladigan dorlarni o`rnatilishini o`rganish . 2Amaliy topshiriq: Po`lat simlarni torrishni o`rganish 3 Amaliy topshiriq: Ivitilgan payolarni dorlarga yoyishni o`rganish 4-Ilova
Uyga vazifa Kanop maxsulotinni quritish usullari va sim yog`ochlarni o`rnatishnio`rganish 8- Mavzu Kanop maxsulotini quritish Kanop zavodlarida kanoppoya va po`stloqni ishlash vaqtida yuqori namlikdagi uzun tola va tolali chiqindilar olinadi. Ularni keyingi protsesslarda ishlash uchun quritish kerak. SHuning uchun kanop zavodlarida tola va tolali chiqindilarni quritish protsessi kanopni ishlash texnologik protsesslaridan biri hisoblanadi. Bu protsessning to`g`ri va ratsional uyushtirilishi keyingi mexanikaviy ishlashga katta ta`sir qiladi. SHuning uchun quritish protsessi quritiladigan mahsulotning xususiyatiga va sifatiga qarab uyushtirilishi kerak. Uzun tola va tolali chiqindilar tabiiy va sun`iy usullarda quritiladi. Tabiiy usulda quritish Tabiiy usulda quritish asosan havoning tabiiy sharoitiga bog`liq bo`lib, mavsumiy harakterda bo`ladi. Undan tashqari, bu usul sermehnat bo`lib, tashish vositalari hamda katta-katta quritish maydonlari talab qiladi. Kanop zavodlarida tabiiy us ulda uzun tola, tolali chiqindilar, ivitilib tayyor bo`lgan past navli va chigal poyalar quritish maydonlarida quritiladi. Keyingi yillarda bu usulda quritish tobora kamayib bormoqda. Tabiiy usulda ho`l uzun kanop tolasi quritish maydonlarida bir-biridan 1-1,2 m oraliqda tortilgan diametri 6 mm li po`lat tross yoki sim dorlarga osib quritiladi. Tola tez qurishi uchun zichlamay yupqa qilib (1 pom. m ga 1-1,5 kg dan) yoyiladi. Bu usulda tola O`rta Osiyo sharoitida - havo ochiq kunlari 10-12 soatda, umuman esa 1-2 sutkada quriydi, ya`ni qurish muddati kunning taftiga bog`liq bo`ladi. A B A-uzun kanop tolasi quritiladigan dorlar; B-tuzilish sxemasi: 1-tros yoki sim uchun teshiklar; 2-tirgach. Kanop tolasi va chiqindilarini sun`iy usulda quritish ustida ilmiy tekshirish institutlari, konstruktorlar va kanopni dastlabki ishlash sohasida ishlayotgan mutaxassislar ko`p yillardan beri ish olia bormoqdalar. So`nggi yillarda boyitilgan, siqib namligi kamaytirilgan tolali chiqindilarni sun`iy usulda quritish maqsadida SLG-120-L1 rusumli quritish mashinasi yaratildi hamda u kalta tola olish oqim liniyasiga o`rnatildi. Toylanmagan tolaning hajmi katta bo`lgani uchun omborlarda saqlash, transportyor vositalari, yue ortish va yuk tashishi mexanizmlaridan foydalanish qiyinlashadi. SHuning uchun kanop zavodida tola maxsus presslarda toylanadi. Toylangan tolani uzok saqlash va kanop fabrikalariga yuborish ko`i jihatdan qulaydir. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling