3-vazifa. Sellyulozani to’la gidrolizlash
Reaktiv va asboblar:sellyuloza (5 g), sulfat kislotaning 80 % li eritmasi (50
ml), sodaning 10 % li eritmasi (3 ml), 150 ml sig’imli stakan (1dona), 500 ml sig’imli
qaytarma sovutgich bilan jihozlangan kolba (1 dona), suv hammomi (1 dona).
Stakanga 5 g sellyuloza solinib, stakan tuzli kristallizatorga joylashtiriladi.
Stakandagi sellyulozani aralashtirib turgan holda uni ustiga sulfat kislotaning 80 % li
eritmasidan 50 ml asta
sekin quyiladi. Kislota quyib bo’lingach, stakan tuz ichidan
olinib, uy haroratida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida stakandagi quyuq aralashmani
vaqti
vaqti bilan qorishtirib quyish kerak. Stakandagi qovushqoq eritma kolbaga
solinadi. Stakan har gal 100 ml distillangan suv bilan 6 marta chayilib, yuvindi ham
kolbaga quyiladi. Kolba qaynab turgan suv hammomida 5 soat isitiladi, so’ngra
sovutilib, sodaning 10 % li eritmasi bilan neytrallanadi. Neytral holga kelgan eritma
o’lchov kolbasida suyultiriladi. Hosil bo’lgan eritmadan 10 ml olinib, o’lchov
kolbasining 100 ml li belgisigacha distillangan suv bilan suyultiriladi, 50 ml dan
ikkiga bo’linib, yod soni aniqlanadi. Eritmaning yod soni aniqlangach, eritmadagi
glyukozaning miqdori hisoblab topiladi. Bunday hisobda 180 g glyukozani titrlash
uchun yodning 1 n li eritmasidan 201 ml ketishi nazarga olinishi kerak.
1–topshiriq. Sellyulozaning gidrolizi natijasida hosil bo’lgan glyukoza
eritmasining yod soni aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |