To’ldiruvchi materiallar saqlanilishi uchun omborlar


Rasm-3. Toʻldiruvchilar qoʻllanilgan holdagi beton mustahkamligini uning qorishmasini tashkil etuvchilari mustahkamligiga bogʻliqligi


Download 39.88 Kb.
bet5/7
Sana20.11.2023
Hajmi39.88 Kb.
#1789302
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To’ldiruvchi materiallar saqlanilishi uchun omborlar-hozir.org

Rasm-3. Toʻldiruvchilar qoʻllanilgan holdagi beton mustahkamligini uning qorishmasini tashkil etuvchilari mustahkamligiga bogʻliqligi:
1- yuqorimustaxkamlikda (granit); 2- oʻrtacha mustahkamlikda; 3- past mustahkamlikda (keramzitli chaqiq tosh; Rbbetonnning mustahkamligi; Rr- qorishmaning mustahkamligi.
Yengil toʻldiruvchining mustahkamligini avval aytilgan tajribadagi kabi 150 mm li poʻlat silindrda bosim berish yoʻli bilan aniqlanadi. Biroq, qattik jinslardan olingan chaqiq toshdan farqli ravishda yengil beton uchun balandligi 100 mm boʻlgan bir qism materialni siqish jarayonida porshenning 20 mm ga choʻkishi orqali nisbiy mustahkamlik aniqlanadi. Keramzitning nisbiy mustahkamligi 3 – 5, agroporitniki esa 20 – 30 marta tabiiy material mustahkamligidan kam.
Toʻldiruvchining mustahkamligi donalar yirikligiga ham bogʻliq. Togʻ jinslarini nurashi yoki maydalash jarayonida buzilish material strukturasining zaif joylarida yuzaga keladi va oʻlchamlarning kichiklashishi bilan donalardagi zaif joylar kamayadi, ayni paytda mustahkamlik orta boradi. Tabiiy qumlar odatda siqilish va choʻzilishga qorishma yoki betondagi sement toshiga nisbatan yuqoriroq mustahkamlikka ega boʻladilar. Shu sababli oddiy qumlarga maxsus talablar qoʻyilmaydi. Yengil qumning mustahkamligi esa yengil yirik toʻldiruvchi kabi beton markasiga va toʻldiruvchining koʻrinishiga mos holda tayinlanadi.
Shagʻal va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishiga bogʻliq. Sovuqqa chidamlilikni davriy oʻzgaruvchan muzlatish va suvda eritish yoʻli bilan yoki natriy sulfat eritmada sinash bilan aniqlanadi (tezlashtirilgan usul). Shagʻal va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi ularning tashqi atmosfera sharoitlaridan himoyalanmagan konstruksiyalarda qoʻllash uchun meʼyorlashtiriladi. Bu hollarda yirik toʻldiruvchining sovuqqa chidamliligi betonni loyihada talab etilgan sovuqqa chidamlilik markasini taʼminlashi kerak.
Chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi Sov 15 dan Sov 300 gacha oʻzgaradi va jinsning tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Toʻldiruvchining gʻovakliligi va suvshimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati kamayadi.
Betonning mustahkamligi va tejamliligiga toʻldiruvchining tozaligi katta taʼsir koʻrsatadi. Changsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar yuzasida sement toshi bilan bogʻlanishiga moneʼlik qiluvchi qobiq hosil qiladi. Natijada betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (baʼzan 30-40 % ga). Shu sababli toʻldiruvchilar xususidagi meʼyoriy xujjatlarda ularda ifloslantiruvchi qoʻshimchalarning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy miqdorlari koʻrsatilgan. Otqindi togʻ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali (mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2% miqdorida boʻlishiga ruxsat etiladi. Choʻkindi jinslardan olingan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak. Shagʻalda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan koʻp boʻlmasligi, tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar oʻtkazish bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv).
Iflos va sifatsiz toʻldiruvchining betonga taʼsirini sement sarfini oshirish bilan nazorat qilish mumkin emas.
Beton uchun toʻldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi xususiyatlariga va betonga umumiy taʼsirini inobatga olishga toʻgʻri keladi. Betonda shagʻal yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlib, bu holda toʻldiruvchi eng kam solishtirma yuzaga ega boʻlgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab darajasidagi beton qorishmasini quyish va zichlashtirish maqsadida konstruksiyaning minimal oʻlchamlaridan shagʻal yoki chaqiq tosh ¼ barobardan yirik boʻlishi mumkin emas va bu oʻz navbatida temir -beton konstruksiyasida armatura sterjenlari orasidagi minimal oʻlchamlardan kichikroq boʻlishi talab etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda shagʻal yoki chaqiq toshning maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½ nisbatida boʻlishi kerak.
Yirik toʻldiruvchining boʻshligini kamaytirish maqsadida, agarda chegaraviy mumkin boʻlgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha fraksiyalardan iborat qorishmalardan foydalaniladi va boʻshliqlikning minimal darajada boʻlishi uchun ular orasidagi oʻzaro maʼqul nisbat tanlanadi.
Yuqori mustahkamlikdagi betonlar uchun mustahkam chaqiq toshdan foydalaniladi. Bunday chaqiq tosh sement toshi bilan ishonchli bogʻlanadi. Shagʻal silliq yuzaga ega va shuning uchun u yanada harakatchanroq beton qorishmasini beradi. Biroq, u sement toshi bilan sust bogʻlanadi. Shuning uchun shagʻalni past markali betonlarda qoʻllaniladi. Bundan tashqari shagʻal loysimon va boshqa aralashmalar bilan ifloslangan boʻladi va natijada uni yuvish talab etiladi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq, qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi boʻshliqlikni oshishiga sabab boʻlishi mumkin (40 % gacha) va bu boʻshliqlarni sement hamiri bilan toʻldirishga toʻgʻri keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi koʻpayib ketadi. Shuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida oʻzaro optimal nisbatdagi yirik, oʻrtacha va mayda zarralari boʻlgan qum beradi va bunday nisbatdagi qum minimal boʻshliqni taʼminlaydi. Sifati yuqori boʻlgan qumda boʻshlilik 38% dan oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu koʻrsatkich 30 % gacha kamayadi.
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi boʻshliqlarni faqat sement hamiri bilan toʻldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi ogʻir kechadigan bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobigʻi bilan oʻrab olish zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini taʼminlaydi. Qum qanchalik yirik boʻlsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, qobiq hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida taʼkidlanganidek faqat yirik donalardan iborat boʻlgan qum katta miqdordagi boʻshliqlarga ega boʻlib uni qoʻllash maqsadga muvofiq emas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va oʻrtacha yiriklikdagi zarralari boʻlgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda boʻshliqlar kamayib, donalar yuzasi katta boʻlmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi OʻzRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga ega boʻlgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib, bunday qum sement toshi bilan yaxshi bogʻlanadi va betonning mustahkamligini oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va qimmat boʻlganligi sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza boʻlishi tavsiya etiladi. Odatda daryo qumi afzal deb bilinadi.
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, boʻshliqligiga va namligiga bogʻliq boʻlib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga toʻyingan holda muzlash ehtimoli boʻlgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m3 zichlikka ega boʻlishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m3 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m3 ga yetishi mumkin. Eng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum egallaydi; namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-3). Bu xususiyatni qumni qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm boʻyicha), shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.


Download 39.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling