Rasm-3. Qum hajmining ortishiga nisbatan bogʻliqlik ΔV: yirik (1) va mayda (2) uning namligiga nisbatan W (massasi boʻyicha).
Karerdagi qum turli namlilik darajasiga ega boʻlganligi uchun uni ochiq xavoda saqlash davomida namligi tinimsiz oʻzgarib turadi. Shu sababli beton ishlab chiqarish jarayonida davriy ravishda qumning zichligi va namligini aniqlab turish va beton tarkibiga tuzatishlar kiritish zarurati tugʻiladi.
Turli toʻldiruvchilarni sinash natijalariga koʻra qumning suv shimuvchanligi 4-14%, yirik toʻldiruvchining suv shimuvchanligi 1-10%, yirik donali qumlar 4-6%, oʻrtacha yiriklikdagi qumlar 6-8%, mayda (mayin) zarrali qumlarda 8-10% va oʻta mayda qumlarda 10% dan ortiq, volsk standart qumida 4%, shagʻalda 1-4%, pishiq otqindi togʻ jinslaridan olingan chaqiq toshda 2-6%, karbonat jinslaridan olingan chaqiq toshlarda (suv shimuvchanligini hisobga olgan xolda) 5-10% ga teng.
Jadval-3.da baʼzi toʻldiruvchilarning standart va texnologik xarakteristikalari keltirilgan. Xar xil xarakteristikali toʻldiruvchilar bir biriga yakin standart xarakteristikalarga ega boʻladilar. 1-jadvaldagi qiymatlar texnologik xarakteristikalar qoʻllanilishini foydaligini eʼtirof etib, betonning xususiyatiga toʻldiruvchining taʼsirini kengroq hisobga olish imkonini beradi.
Baʼzi toʻldiruvchilarning standart va texnologik xarakteristikalari
Jadval-3.
Toʻldiruvchi
|
Xaqiqiy zichligi, g/sm3
|
Zichlik, kg/l
|
Boʻshliq, %
|
Yiriklik moduli, Myir
|
Suvshmuvchanlik, %
|
Otqindi togʻ jinslaridan olingan chaqiq tosh
|
2,69
|
1,45
|
45,7
|
-
|
3,43
|
Aynisi
|
2,6
|
1,47
|
42,6
|
-
|
5,88
|
Oxaktoshdan olingan chaqiq tosh
|
2,56
|
1,34
|
45,6
|
-
|
5,72
|
Qurilish qumi
|
2,63
|
1,51
|
42,5
|
2,79
|
7
|
Aynisi
|
2,7
|
1,37
|
49
|
0,69
|
11,5
|
Volsk qumi
|
2,65
|
1,56
|
41
|
2,05
|
4
|
Do'stlaringiz bilan baham: |