To’lqin o’tkazgichlar


Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar


Download 58.26 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi58.26 Kb.
#1580561
1   2   3
Bog'liq
Mavzu To’lqin o’tkazgichlar

2. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar
Zarralarning tebranishi to‘lqin tarqalayotgan yo‘nalishga nisbatan qanday yo‘nalganligiga qarab, to‘lqinlar ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlarga ajratiladi. Ko‘ndalang to‘lqinlarda muhitning zarralari to‘lqin tarqalayotgan yo‘nalishga perpendicular yo‘nalishda tebranadi.
Shnur bo‘ylab tarqalayotgan to‘lqin ko‘ndalang to‘lqin bo‘ladi. Bo‘ylama to‘lqinda muhitning zarralari to‘lqin tarqalayotgan yo‘nalish bo‘yicha tebranadi. B o ‘ y l a m a t o ‘ l q i n n i katta diametrli uzun yumshoq prujina yordamida kuzatish qulay. Prujinaning erkin uchiga kaft
bilan urib qo‘yilsa, prujina siqilishining prujina bo‘ylab tarqalishini kuzatish mumkin. Prujina uchiga ketma-ket bir necha marta urib, prujina bo‘ylab ketma-ket tarqaluvchi siqilish va cho‘zilishlardan iborat to‘lqinlarni yuzaga keltirish mumkin.


Shunday qilib, muhitning har bir zarrasi o‘zining muvozanat vaziyati atrofida tebranadi, to‘lqin esa garmonik tebranishlarning zarradan zarraga qanday uzatilishini ko‘rsatadi. Òo‘lqinning tarqalish yo‘nalishi nur deb ataladi. Òo‘lqin muhitda tebranma harakat energiyasini eltadi, muhit moddasi esa ko‘chmaydi. Demak, nur muhitda tebranma harakat energiyasining uzatilish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Òebranma harakatga keltirilgan boshlang‘ich zarra (vibrator) deyiladi. Vibratorning energiyasi zarradan zarraga tarqalib, to‘xtovsiz kamayib boradi va to‘lqin jarayon borgan sari so‘nib, oxiri to‘xtab qoladi. Uzluksiz to‘lqin jarayonni saqlab turish uchun vibratorga tashqaridan to‘xtovsiz energiya berib turish kera
3. To’lqin o’tkazuvchilar va ularning xususiyatlari.
Qattiq jismlardagi elastik toʻlqinlar, jumladan, Yerning seysmik toʻlqinlari boʻylama toʻlqinlar shaklidagina emas, koʻndalang toʻlqinlar ham boʻlishi mumkin. Muhit zarralarining tebranishlari toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyardir. Elektromagnit toʻlqinlar koʻndalang toʻlqinlardir, ularda tebranuvchi elektr maydon va magnit maydon kuchlanganliklarining yoʻnalishlari toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar boʻladi. Mexanik toʻlqinlar manbai tashqi kuch taʼsirida holati oʻzgarishga moyil boʻlgan chekli jism va moddalar boʻlib, elektromagnit toʻlqinlar manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan zaryadlar hisoblanadi. toʻlqinlarning xossalarini oʻrganishda uning parametrlaridan, yaʼni amplitudasi, uzunligi, chastotasi, uning tarqalish tezligi, fazasi, toʻlqin vektori va boshqa kattaliklardan foydalaniladi. toʻlqinlar chastotasi, fazasi yoki amplitudasining oʻzgarishini toʻlqinlar modulyatsiyasi deyiladi.Ixtiyoriy shakldagi har qanday toʻlqinlar garmonik toʻlqinlar yigʻindisi deb qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning cheklangan kichik qismidagi juda yaqin chastotalarga ega toʻlqinlar tizimi toʻlqinlar guruhi yoki toʻlqinlar paketi deyiladi. Umuman toʻlqinlar fronti va toʻlqinlar paketining biror, masalan, maksimal amplitudasi turli tezliklar bilan tarqaladi. Toʻlqinlar fronti tezligi biror oʻzgarmas faza tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. Toʻlqinlar paketiga tegishli aniq amplituda tezligi guruhli tezlik deyiladi. Toʻlqinlar tarqalishida energiya guruhli tezlik bilan tarqaladi.
Turli toʻlqinlar uchun interferensiya, difraksiya, sinish, qaytish, qutblanish va boshqa hodisalar bir xil qonuniyatlar asosida boradi. Toʻlqinlarning gravitatsion va glyuon turlari tajribada tasdiqlanmagan. To‘lqin sirtlari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Eng soda holda ular tekislik yoki sfera shaklida bo‘ladi. Bu hollarda to‘lqinlar,
mos ravishda, yassito‘lqinlar yoki sferik to‘lqinlar deyiladi.


Download 58.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling