To’lqin o’tkazgichlar
To’lqinlarni muhitda tarqalish tezliklari va ularni o’lchash
Download 58.26 Kb.
|
Mavzu To’lqin o’tkazgichlar
4. To’lqinlarni muhitda tarqalish tezliklari va ularni o’lchash.
To‘lqin mavjud ekan, muhitning zarralari o‘zlarining muvozanat holatlari atrofida doim tebranib turadi. Shu bilan birga, turli zarralar faza bo‘yicha siljigan holda tebranadi. Vaqtning ayni bir paytida siljish kattaligi va yo‘nalishi bir xil bo‘lgan zarralar bir xil fazada tebranadi. Ko`ganimizdek, tebranishlar bir davr ichida Bir xil fazada tebranayotgan ketma-ket olingan ikki zarra orasidagi masofa to‘lqin uzunligi deb ataladi va (lambda) harfi bilan belgilanadi. Ko‘ndalang to‘lqinda ikki qo‘shni qavariqlik yoki botiqlik orasidagi masofa, bo‘ylama to‘lqinda esa ikkita qo‘shni siyraklanish yoki zichlanish orasidagi masofa to‘lqin uzunligi bo‘ladi To‘lqin zarralarining tebranish davri to‘lqin davri deb, tebranish chastotasi to‘lqin chastotasi deb yuritiladi. Bir davr davomida to‘lqin masofaga siljiydi. Elastik muhitda tebranishlar doimiy tezlik bilan tarqaladi. To‘lqin o‘tgan yo‘lining uning shu yo‘lni o‘tgan vaqtiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik to‘lqinning tarqalish tezligi yoki sodda qilib to‘lqin tezligi deb ataladi: T v (193) T davr bilan v chastota o‘zaro T 1 formula orqali bog‘langanligi uchun v = bo‘ladi. Shunday qilib, to‘lqin tezligi to‘lqin uzunligi bilan tebranishlar chastotasining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. To‘lqinning tarqalish tezligi uning eng muhim xarakteristikalaridan biridir. Tajribalar tebranishlar chastotasi juda katta bo‘lmagan hollarda berilgan muhitda to‘lqinning tarqalish tezligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligini va faqat muhitning holati va fizik xususiyatlari bilan aniqlanishini ko‘rsatadi. To‘lqin bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda, boshqa fizik kattaliklar kabi, to‘lqinning tarqalish tezligi ham o‘zgaradi, ammo chastotasi o‘zgarmaydi. Bundan to‘lqin bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganida to‘lqin uzunligi o‘zgaradi, degan xulosa kelib chiqadi. Berilgan muhitda to‘lqinning tezligi katta bo‘lsa, ma’lum tebranishlar chastotasiga mos keluvchi to‘lqin uzunligi ham katta bo‘ladi. Suyuqlik va gazlarning hajmi o‘zgarganda elastiklik kuchlari maydonga keladi. Shuning uchun suyuqlik va gazlarda faqat bo‘ylama to‘lqinlar tarqalishi mumkin. Elastiklik kuchlari qattiq jismlarning shakli o‘zgarganda ham, hajmi o‘zgarganda ham vujudga keladi. Shu sababli, ularda bo‘ylama to‘lqinlar hamda ko‘ndalang to‘lqinlar tarqalishi mumkin. Barcha qattiq jismlarda bo‘ylama to‘lqinlarning tarqalish tezligi ko‘ndalang to‘lqinlarning tezligidan katta bo‘ladi. Foydalangan adabiyotlar 1.Fizika. 2-kitob. Elektrodinamika. Tebranishlar va to'lqinlar (M.O'lmasova) 2.Mansur Usmonovning fizika qollanmasi 3. Fizika “tovush tolqinlari” qisqacha qo’llanma 4. Internet sayitlari. Download 58.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling