To’lqin o’tkazgichlar


Download 58.26 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi58.26 Kb.
#1580561
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu To’lqin o’tkazgichlar


TO’LQIN O’TKAZGICHLAR.
REJA:

  1. To’lqin nima?

  2. To’lqinlar va ularning turlari.

  3. To’lqin o’tkazuvchilar va ularning xususiyatlari

  4. To’lqinlarni muhitda tarqalish tezliklari va ularni o’lchash

Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. Toʻlqinlar — fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat oʻzgarishlaridir. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos keladi. Elastik toʻlqin, sirtiy toʻlqin, elektromagnit toʻlqin turlari keng tarqalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin deyiladi. Tovush toʻlqini va Yer qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning xususiy holi hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlar sirtiy toʻlqinlardirHar qanday (qattiq, suyuq va gazsimon) jismning zarralar orasida o‘zaro tutinish kuchlari mavjud bo‘lib, zarralar bir-biriga nisbatan siljiganda elastiklik kuchlari yuzaga keladi. Shu sababli. qattiq, suyuq va gaz holatdagi muhit elastic muhit deb ataladi. Agar elastik muhitning biror joyidagi zarra tebranma harakatga keltirilsa, u holda elastiklik kuchlari tufayli zarraning tebranishlari muhitning qo‘shni zarralariga uzatiladi. Biror vaqtdan so‘ng tebranishlar butun muhitga tarqaladi. Mexanik tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoni mexanik to‘lqin deb ataladi.

To‘lqin tarqalayotgan muhitning zarralari to‘lqin bilan birga ko‘chmaydi, ular faqat o‘z muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi, xolos. Barcha zarralarning tebranishi turli fazalar bilan bo‘ladi: zarra tebranish markazidan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, u shuncha kech tebrana boshlaydi, ya’ni uning tebranishi faza jihatdan shuncha ko‘p orqada qoladi.
Tebranishlarning tarqalishini quyidagi tajriba yordamida kuzatish mumkin. Aytaylik, bir uchi mahkamlangan uzun rezina shnur berilgan bo‘lsin. Agar shnurning ikkinchi uchidan biroz tortib turib, tebranma harakatga keltirilsa (shnur uchidan ushlab siltab yuborilsa), hosil bo‘lgan bukilish shnur bo‘ylab ma’lum bir tezlik bilan „chopadi“. Bukilish shnur mahkamlangan joyga borgach, orqaga qaytadi va qarama-qarshi yo‘nalishda
tarqala boshlaydi . Agar shnurning uchini uzluksiz tebrantirib turilsa, shnur bo‘ylab to‘lqin tarqaladi . Shnur qancha tarang tortilsa, to‘lqin shuncha tez tarqaladi. To‘lqinning tarqalishida faqat shnur shaklining o‘zgarib turishini,
biroq shnurning har bir qismi o‘zining o‘zgarmas muvozanat vaziyatiga nisbatan tebranishini kuzatish mumkin.



Download 58.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling