To‘plamlar va ular ustida amallar to‘plamlar va ularga doir tushunchalar


Masala: Korxonada 10 erkak va 8 ayol xodim ishlaydi. Shu korxonadan bitta xodimni nеcha xil usulda tanlab olish mumkin? Yechish


Download 301 Kb.
bet9/11
Sana22.04.2023
Hajmi301 Kb.
#1380138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I bob

Masala: Korxonada 10 erkak va 8 ayol xodim ishlaydi. Shu korxonadan bitta xodimni nеcha xil usulda tanlab olish mumkin?
Yechish: - erkak xodimni tanlash,  - ayol xodimni tanlash bo‘lsin. Unda, shartga ko‘ra, m()=10, m()=8 bo‘lgani uchun bitta xodimni
m( yoki ) = m() + m( ) = 10+8 = 18
usulda tanlash mumkin.
Ko‘paytirish qoidasi: Agarda biror  tanlovni m() usulda,  tanlovni m() usulda amalga oshirish mumkin bo‘lsa, u holda « vа » tanlovni (yoki (,) juftlikni) amalga oshirish usullari soni
m( vа ) = m( ) · m( )
formula bilan topiladi.
Masalan, qurilishda 10 suvoqchi va 8 buyoqchi ishlasa, ulardan bir suvoqchi va bir buyoqchidan iborat juftlikni m( vа )=108=80 usulda tanlash mumkin.
Masala: 10 talabadan iborat guruhga ikkita yo‘llanma berildi. Bu yo‘llanmalarni nеcha xil usulda tarqatish mumkin?
Yechish:  I yo‘llanmani,  esa II yo‘llanmani tarqatishni ifodalasin. Unda m()=10 vа m()=9, chunki bitta talabaga I yo‘llanma berilganda II yo‘llanmaga 9 talaba da’vogar bo‘ladi. Demak, ikkita yo‘llanmani tarqatishlar soni m( vа ) = =109=90 bo‘ladi.
Umumiy holda 1, 2, …., n tanlovlarni mos ravishda m(1), m(2), …., m (n) usullarda amalga oshirish mumkin bo‘lsa,
m(1 yoki 2 yoki….yoki n ) = m(1)+ m( 2 )+…+m(n), (1)
m(1 vа 2 vа…. vа n ) = m(1)  m( 2 ) … m(n) (2)
formulalar o‘rinli bo‘ladi.
3.2. O‘rin almashtirishlar. Kombinatorik masalalarni yechishda keng qo‘llaniladigan tushunchalar bilan tanishishni boshlaymiz.
3–TA‘RIF: Chekli va n ta elеmеntdan iborat to‘plamning barcha elеmеntlarini faqat joylashish tartibini o‘zgartirib qism to‘plam hosil qilish n elementli o‘rin almashtirish dеb ataladi.
Berilgan n ta elementdan tashkil topadigan o‘rin almashtirishlar soni Рn kabi belgilanadi.
TEOREMA: n ta elementdan o‘rin almashtirishlar soni
Рn= n! (3)
formula bilan hisoblanadi.
Bu yerda n! - “en faktorial” deb o‘qiladi va n! = 1  2  3 … n kabi aniqlanadi. Bunda 0! = 1 dеb olinadi. Masalan, 3!=1·2·3=6, 4!= 1·2·3·4=24. Faktoriallarni hisoblashda (n+1)!=n!· (n+1) tenglikdan foydalanish qulay. Masalan, 5!=4!·5=120 bo‘ladi.
Isbot: Bu formulani isbotlash uchun quyidagi tanlovlarni kiritamiz:
αk={o‘rin almashtirishning k-elementini tanlash}, k=1,2,3,……, n.
O‘rin almashtirishning 1-elementi sifatida to‘plamdagi n ta elementdan ixtiyoriy bittasini olishimiz mumkin va shu sababli m(α1)=n bo‘ladi. 2-element sifatida to‘plamdagi qolgan n–1 ta element orasidan ixtiyoriy bittasini tanlab olishimiz mumkin bo‘lgani uchun m(α2)=n–1. Xuddi shunday tarzda birin-ketin m(α3)=n–2, m(α4)=n–3,…, m(αn–1)=n–(n–2)=2, m(αn)=n–(n–1)=1 ekanligini topamiz. Unda, ko‘paytirish qoidasini ifodalovchi (2) formulaga asosan,
Pn= m(1 vа 2 vа…. vа n ) = m(1)  m( 2 ) … m(n)=n(n–1)  … 21=n! .
Masalan, n = 3 elementli {a,b,c} to‘plamdan hosil bo‘ladigan o‘rin almashtirishlar {a,b,c}, {b,a,c}, {a,c,b} {b ,c,a}, {c ,b,a}, {c,a,b} bo‘lib, ularning soni Р3=6=3!.

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling