Topshirdi: ­­­­­­. Qabul qildi: ­


Qimmatli qog‘ozlar bozorining pasayishi va firmalarning bankrotlikka uchrashi noaniqliklarni kuchaytirdi


Download 1.01 Mb.
bet10/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1607183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Bank inqirozlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorining pasayishi va firmalarning bankrotlikka uchrashi noaniqliklarni kuchaytirdi.
Koreya iqtisodiyotining eksport narxlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan silkinishni boshdan kechirishi chebollar va ularga biriktirilgan kichik hamda o‘rta hajmdagi firmalarning allaqachon kamaygan foyda marjasini yanada pasayishini keltirib chiqardi. 1997-yil 23-yanvarda ikkinchi marotaba muhim silkinish sodir bo‘lishi moliyaviy tizim uchun katta noaniqliklarni keltirib chiqardi: Hanbo, o‘n to‘rtinchi o‘rindagi yirik chebol o‘zini bankrot sifatida e’lon qildi. Xaqiqatan, Hanboning bankrot deb e’lon qilinishi faqatgina boshlanishi edi xolos. Yil tugashidan oldin o‘ttizta eng yirik chebolning beshtasi bankrot sifatida e’lon qilindi. Ushbu bankrotliklar va moliyaviy hamda nomoliyaviy balanslar holatining yomonlashuvi natijasida yaratilgan katta noaniqliklar natijasida katta miqdorda noaniqliklar yuzaga keldi. Noaniqliklar bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘zining cho‘qqisidan 50%dan ortiq miqdorda keskin pasayishini keltirib chiqardi.
Iqtisodiyotning kuchsizlanish bilan bir qatorda bank balansi holatining yomonlashuvi Janubiy Koreya iqtisodiyotini keyingi bosqich, ya’ni valyuta inqirozini yuzaga kelishini ta’minladi. Valyuta inqirozi iqtisodiyotni to‘liq masshtabli moliyaviy inqiroz va depressiya holatiga tushirib qo‘ydi. (2-rasm)

Moliyaviy sektorda banklarning balansini yomonlashuvi va katta miqdorda qisqa muddatli tashqi qarzlarning hosil bo‘lganligi hamda Koreya milliy valyutasiga spekulyativ hujumning mavjudligi boisiqtisodiyotda kapital oqimining kutilmaganda to‘xtab qolishi xavfidan qochib qutulishning iloji yo‘q edi. 1997 -yil iyul oyida Tailand batining qulashi bilan1997 -yil erta avgust oyida mamlakatda qirq ikkita moliyaviy kompaniyalarning yopilganligi to‘g‘risida e’lon qilindi. Natijada bozor ishtirokchilariningo‘xshash muammolar boshqa Sharqiy Osiyo davlatlarida mavjudligi borasida shubhaga borishlari natijasidamuammo boshqa hududlarga ham keng yoyildi. Tezda spekulyantlar Janubiy Koreya iqtisodiyoti ham og‘ir ahvolda ekanligini aniqlashdi. Janubiy Koreya markaziy banki foiz stavkalarni ko‘tarish orqali o‘z valyutasini ortiq himoya qila olmasligi ma’lum bo‘ldi. Chunki foiz stavkalarning ko‘tarilishi orqali milliy valyutaning himoya qilinishi allaqachon kuchsizlangan banklarni cho‘ktirib yuborishi aniq edi. Spekulyantlar Koreya milliy valyutasi vonni chiqarib yuborishi spekulyativ hujumni keltirib chiqardi.
Firmalarning pul oqimi va balansni yomonlashuvi bank inqirozini yanada og‘irlashtirdi. Banklar tomonidan mahalliy firmalarga ajratilgan dollardaifodalangan qarzlar so‘ndirilmaganligi hamda xorijiy valyutadagi qarzlarningko‘proq vonda to‘lanishi oqibatida banklarning balansi yanada yomonlashdi.Shuningdek, moliyaviy institutlar tomonidan tashqi qarzlarining qisqa muddatga jalb qilinishiqo‘llabquvvatlanganligilikvidlik muammosini chuqurlashtirdi. Chunki, banklar ushbu qarzlarni tezda qaytarishlari shart edi. Xukumat bank tizimida yuzaga kelgan vahimani to‘xtatish maqsadida banklardagi barcha omonatlarni kafolatlash borasida qadam tashladi. Ammo kapital hajmining kamayishi bevosita banklar tomonidan kreditlash faoliyatini qisqartirilishi shartligini anglatar edi. (3-rasm)

4-rasm

Kreditlash hajmining qisqarishi qo‘shimcha ravishda iqtisodiy pasayishni keltirib chiqardi. Natijada bu holat kredit bozorlarida tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosinikuchaytirdi. Kredit bozorlarida assimetrik ma’lumotlar muammosining oshishi bilan bir qatorda yuqori foiz stavkalarining investitsion qarorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi keyinchalik investitsion xarajatlarni pasaytirdi, pirovardida, yalpi talab tushishiga qo‘shimcha faktor sifatida xizmat qildi. Janubiy Koreya moliyaviy inqirozi yuqori darajada inson resurslari xarajatini ham keltirib chiqardi. Kambag‘allarning darajasi 6 milliondan 10 milliongacha, o‘z joniga qasd qilish va ajrashishlar surati salkam 50%gacha, narkotik moddalarga ro‘ju qo‘yish 35%gacha va jinoyatchilik surati 15%gacha o‘sdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling