Topshirdi: . Qabul qildi:
Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozni oldini olish
Download 1.01 Mb.
|
Bank inqirozlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiqlik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tartibni qo‘llabquvvtlash.
Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozni oldini olish.
Ushbu rivojlanayotgan davlatlarning moliyaviy inqiroz tajribasi tasvirlangan bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozni yumshatish borasidagibir nechta hukumatlarning siyosatini maslaxat beradi. Prudensial tartibga solish va bank nazoratini kuchaytirish. Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning ildizi bank tizimiga borib taqaladi. Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun xukumatlar tijorat banklarining riskli faoliyatini chegaralash uchun prudensial tartibga solish va bank nazoratini rivojlantirishi lozim. Birinchidan, tartibga soluvchilar banklarning iqtisodiy shokdan mumkin yo‘qotishlarga qarshi etarli darajada kapital bilan ta’minlanganligini kafolatlashlari lozim. Shuningdek, ko‘proq yo‘qotishlarni boshdan kechirishi sabablibank egalariga xavfsizroq investitsion faoliyatni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar berilishi shart. Prudensial nazorat: 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan o‘g‘irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni o‘z ichiga oluvchi o‘z o‘rnida to‘g‘ri risk menejment jarayonlarini banklarda mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog‘lomroq bank tizimini qo‘llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko‘rsatganidek, tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan banklarni egallab olinishiga ruxsat berilmasligi lozim. Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar banklarni egallab olishsa, Janubiy Koreyadagi chebollar kabi bank kreditlarini o‘z maqsadlarini moliyalashtirish yo‘lida foydalanishadi. Bu holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o‘z navbatida bank inqirozini keltirib chiqaradi. Ochiqlik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tartibni qo‘llabquvvtlash. Davlat sektori prudensial tartibga soluvchilar va nazoratchilar vositasida faoliyat ko‘rsatishi orqalimoliviy institutlarning riskka tortilishini nazorat qilish bilan xar doim kurashadi. Moliyaviy institutlar o‘zlarining faoliyatidagi cheklovlar yuzaga kelishidan qochishadi va risklarni niqoblashda ancha tajribali va moxir bo‘lishib, har doimbank nazoratchilaridan ma’lumotlarni yashirishga intilishadi.Shuningdek, nazoratchilar ham pora olishlari yoki siyosiy bosim uyushtirishadi hamda o‘z ishlarini to‘g‘ri bajarmasliklari mumkin. Bu muammolarni hal etish uchun moliyaviy bozorlar moliya institutlarini ko‘p riskka chalinmasliklari maqsadida tartibga solishga muxtojdir. Xukumat tomonidanbanklar va boshqa moliya institutlar balansining holatini ochiqligini ta’minlanishi qo‘llabquvvatlanishi tartibga solinishi lozim.Bundan tashqari depozitorlar va kreditorlar past darajada kapitallashuvga ega moliya institutlarga pul qo‘yishni xoxlamasliklari sababli xukumat tomonidan moliya institutlarining ko‘proq kapitalga ega bo‘lishi rag‘batlantirishi lozim.YUqori darajadagi riskli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi institutlardandepozitorlar va kreditorlar pullarini olib chiqib ketishlari sabablibank faoliyatining ochiqligini qo‘llabquvvatlash bilan bog‘liq qoidalar ham riskka uchrashni chegaralaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling