Topshirdi: ­­­­­­. Qabul qildi: ­


Izchil moliyaviy liberallashuv


Download 1.01 Mb.
bet12/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1607183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Bank inqirozlari

Izchil moliyaviy liberallashuv.
Moliyaviy liberallashuv uzoq muddatga yuqori darajada foydali bo‘lishiga qaramasdan, rivojlanayotgan davlatlardagi bizning tahlilimiz ko‘rsatadiki, agarda ushbu jarayon to‘g‘ri boshqarilmasa, xalokatli natijalarni keltirib chiqaradi. Liberallashuv amalga oshirilayotganda to‘g‘ri tartibga solish/nazorat tizimi va ma’lumotlarning ochiqligi talablari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, riskka moyillikni kamaytiruvchi zarur cheklovlar juda ham kuchsiz bo‘ladi.
Moliyaviy inqirozning oldini olish maqsadida, siyosat yurituvchilar o‘zlarining moliyaviy tizimini liberallashtirishdan oldin to‘g‘ri institutsional infratuzilmani tashkil qilishi shart. Moliyaviy inqirozni oldini olish yuqorida tasvirlangan kuchli prudensial tartibga solish va nazorat hamda valyutalarning nomutanosibligini qisqartirishsiyosatini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Ushbu siyosatni amalga oshirish ko‘p vaqt olishi bois, kreditlashga ba’zi cheklovlar joriy qilinishi barobarida moliyaviy liberallashuv bosqichmabosqich tatbiq etilishi lozim.


Xulosa.
Inqiroz xususidagi adabiyotlarning aksariyatida inqirozning iqtisodiy sikllar bilan bog‘lanishini kuzatish mumkin. Biroq ta’kidlash joizki, sikllarga asoslanib inqirozni oldindan aniq bashorat qilish hech kimga nasib qilmadi. Bundan ko‘rinadiki, inqirozni bashorat qilib bo‘lmaydi, ammo uni barcha kutadigan bo‘lsa, ertagayoq ro‘y beradi.
Fikrimizcha, banklar tomonidan aktivlarni sekyuritizatsiyalashda muomalaga chiqariladigan moliyaviy instrumentlar, hosilaviy moliya instrumentlarining garov sifatida qabul qilinishiga nisbatan muayyan cheklovlarni o‘rnatish zarur. Masalan, aksiya va obligatsiyalarni garov ta’minoti sifatida qabul qilishga nisba tan zaxira talablari belgilanishi mumkin. Chunki fond bozoridagi spekulyativ ko‘piklarning bank tizimi barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi tizimli risklarning kuchayishiga zamin yaratadi.
Ma’lumki, fond bozoridagi spekulyativ ko‘piklar bank sektoriga nisbatan sezilarli darajada salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Chunki garov ta’minoti sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar bahosining pasayishi inqirozning yanada chuqurlashuviga sabab bo‘ladi. Qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini bajara olmasligi natijasida, mazkur qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida sotish zarurati tug‘ilsa, bu, o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlar taklifining ko‘payishi va shuning asosida ular bahosining yanada pasayishiga olib keladi. Pirovard natijada, banklarning balansida yirik miqdordagi zararlar va uning orqasidan likvidlilik muammolari avj oladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling