Topshirdi: Qobiljonova D. O. Qabul qildi: Elmuratova Z. U. Reja
MUSHAK TO'QIMASINING XUSUSIYATLARI
Download 38.1 Kb.
|
Mavzu Suyak va Muskul to\'qima. Guruh; tekshirdi (1)
MUSHAK TO'QIMASINING XUSUSIYATLARI.
Tanadagi funktsiyasi va joylashishiga qarab farq qiladi. Sutemizuvchilardan uch turi: skelet yoki yoyilgan mushak; silliq yoki chiziqsiz mushak; va yurak mushaklari ba'zan yarim chiziqli deb ham ataladi. Silliq va yurak mushaklari ongli aralashuvsiz, ixtiyoriy ravishda qisqaradi. Ushbu mushak turlari ham o'zaro ta'sirida faollashishi mumkin markaziy asab tizimi shuningdek, atrofdan innervatsiya olish orqali pleksus yoki endokrin (gormonal) aktivizatsiya. Striated yoki skelet mushaklari faqat ixtiyoriy ravishda, markaziy asab tizimining ta'sirida qisqaradi. Reflekslar - bu skelet mushaklarini ongsiz ravishda faollashtirish shakli, ammo shunga qaramay, faollashish natijasida paydo bo'ladi markaziy asab tizimi, jalb qilmasa ham kortikal qisqarish sodir bo'lgunga qadar tuzilmalar.[1] Turli xil mushak turlari ularning ta'siriga qarab farq qiladi neyrotransmitterlar va endokrin moddalar kabi atsetilxolin, noradrenalin, adrenalin, azot oksidi va boshqalar qatorida mushak turiga va mushakning aniq joylashishiga bog'liq. Tarkibiga qarab, mushak to'qimasini pastki toifalarga ajratish ham mumkin miyoglobin, mitoxondriya, miyozin ATPazasi va boshqalar. Ko’ngdalang mushak: Hujayralari uzun, ko’p yadroli, qora va oq disklardan iborat tolalardan tashkil topgan. Ko’ngdalang mushaklarning qisqaruvchi apparati muskul harakatini ta’minlaydi. Muskul tolasining sitoplazmasida juda ko’plab sarkosomalar uchraydi. Sarkomer mushak tolasining qisqaruvchi apparati hisoblanadi. Ko’ngdalang targ’il mushaklar tashqi tomondan epimizium pardasi, uning ostida miofibrillalarni o’rab turgan perimizium pardasi bilan qoplangan. Muskulni o’rab turadigan parda fatsiya deyilib, unga epimizium deb ham ataladi. Biriktiruvchi to’qima orqali har xil muskul tolalariga qon tomirlari va nervlar kirib kelgan. Ko’ngdalang targ’il mushaklarning qisqarish mexanizmi: Qo’zgalishni asason mediatorlar keltirib chiqazadi. Mediatorlar vezikulalarda hosil bo’ladi. Mediatorlar har xil tabiatga ega bo’ladi. Bu mediatorlar ajralib chiqib mushak membranasidagi retseptorlarga ta’sir qiladi. Bu retseptor fosfolipid qavatidagi fosfolipaza fermenti bilan membranaga ta’sir qiladi. Bu esa membranaga yaqin joylashgan protoplazmadagi sarkoplazmatik retikulumga ta’sir qiladi. Sarkoplazmatik retikulumda ko’p miqdorda kalsiy to’planadi. Kalsiy ajralib chiqib, troponin S bilan birikadi. Aktin- ikki qator munchoq shaklda bo’lib, spiral shaklda bo’ladi. Aktin Z diskka kirib turadi. Uzunligi 1mkm, og’irligi 42000 Da ga teng. Aktin miozinga qaraganda ingichka bo’ladi. Miozin- har bir miozin molekulasi 500000 Da dan iborat. Miozin aktinga nisbatan qalin bo’lib, uni M liniya ushlab turadi. Miozin molekulasida ko’prikchalar bo’lib, u bo’yin va bosh qismlardan iborat bo’ladi. Tropomiozin- tinch holatda aktin ustida joylashgan bo’lib, uning faol qismini yopib qo’yadi. Qisqarganda esa qarama-qarshi tomonga o’tadi. Tropomiozin oqsil tabiatga ega. og’irligi 70000 Da, uzunligi 40 nm bo’ladi. Troponin- uchta oqsil molekulasidan iborat. Troponin kalsiy bilan bog’lanishida yordam beradi. Kalsiy troponin molekulasi bilan birikkandan so’ng miozin ko’prikchasining bosh qismi bilan birakadi va qisqarish sodir bo’ladi. Sarkomer 1% ga qisaradi. Silliq mushaklar: Silliq mushak hujayrasi bit yadroli, duksimon shaklda. Hujayralarning eni 2-10mkm, uzunligi esa 50-400 mkm da bo’ladi. Silliq mushaklar oshqozon, ichak, siydik yo’llari, bronx va qon tomirlarda shakllangan bo’ladi. Hujayralar neksuslar bilan bog’langan. Silliq mushaklarda ham sarkomer va miofibrillar bor. Lekin sarkomerlari skelet mushaklarga o’xshab takrorlanmaydi. Yadrosi markazda joylashgan. Silliq mushaklarni ko’ngdalang targ’il mushaklardan farqi ularning hujayralaridagi yadrosi periferiyada joylashgan va ko’p yadroli bo’ladi. Silliq mushaklarni simpatik va parasimpatik tolalar inervatsiyalaydi. Shuning uchun ular odam ixtiyoriga bog’liq bo’lmaydi. Silliq mushaklar elastic xususiyatga ega bo’ladi. Qancha cho’zilsa ham tarangligi o’zgarmaydi. Masalan, o’t safro va qovuq, ya’ni siydik miqdori ko’payib ketsa, qovuq devoridagi mushaklarning tarangligi oshadi, bosim ko’tariladi va retseptor qo’zg’aladi. Yurak mushaklari: Yurak mushaklari tashqi ko’rinishidan ko’ngdalang targ’il mushaklarga o’xshaydi, funksiya jihatidan esa silliq tolali mushaklarga o’xshaydi. Yurak mushaklarida qo’zg’alish spontan ravishda hosil bo’ladi. Boshqa muskullardan farqi tolachalar zanjir shaklida bir-biriga birikib ketgan. Miofibrillalar oralig’ida ko’p miqdorda mitoxondriyalar joylashgan. Yurak mushagi 2xil hujayralardan tashkil topgan: atipik va tipik mushaklar bo’lib, tipiki bu ishchi hujayralar bo’lib, yurakning spontan ravishda qisqarishini ta’minlaydi. Atipikka esa ritm yetoklovchi yoki peysmeker hujayralar kiradi. Peysmeker hujayralar 4 xil bo’lib, sinus, artroventikular, giss tutami va purkine tolalaridan iborat bo’ladi. Tipikka esa ishchu koordiomitsetlar kiradi. Download 38.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling