Topshirdi: xudaynazarov jahongir qabul qildi: dilnoza kushbakova


Oʻzbek tilining tovush tizimi va yozuvi


Download 276 Kb.
bet3/15
Sana25.01.2023
Hajmi276 Kb.
#1121065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xudaynazarov Jahongir

Oʻzbek tilining tovush tizimi va yozuvi. Oʻzbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993 yildan boshlab oʻzbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
Oʻqituvchi savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab oʻqishga oʻrgatishda oʻzbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod oʻrgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. Soʻz boʻgʻinga boʻlinadi, boʻgʻindan kerakli - oʻrganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, oʻrganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun oʻqish jarayoni oʻzlashtiriladi. Bunda oʻzbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod oʻrgatishda oʻzbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Tutuq belgisi (ʻ) unli tovushdan soʻng kelsa, uni choʻzib talaffuz qilishga, undosh tovushdan soʻng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qoʻllashga doir koʻnikma va malakalar shakllantiriladi.
Oʻqishning dactlabki bosqichida orfografik oʻqishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik oʻqish koʻnikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan soʻzlar oldin orfografik, soʻngra orfoepik oʻqib beriladi va ularning oʻqilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. Oʻquvchilar muayyan darajada tushunchaga ega boʻlganlaridan soʻng orfoepik oʻqish mashq qilinadi.
Oʻqish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. Oʻqish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi oʻquvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi oʻquvchini oʻqishga oʻrgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola oʻqish paytida bitta harfni koʻradi, uni bilish uchun rasmlarni koʻz oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq oʻqituvchi aytishga yoʻl qoʻymaydi, undan boʻgʻinni aytishni talab qiladi. Oʻquvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qoʻshib boʻgʻin, boʻgʻindan soʻz hosil qilguncha, oʻqish jarayoni sustlashadi.
2. Koʻpincha bola oʻqiyotgan qatorni yoʻqotib qoʻyadi, harfni, boʻgʻinni, soʻzni qayta oʻqishiga toʻgʻri keladi. Oʻquvchining diqqati kengaygan sari boʻgʻin va soʻzni butunligicha idrok eta boshlaydi.
Oʻqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun oʻquvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini oʻstirishga katta eʻtibor berish kerak.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. SHu bois savod oʻrgatish davrida eshitish idrokini oʻstirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar oʻtkazib borish maqsadga muvofiqdir
Yozuv jarayonida oʻquvchilar ruchkani toʻgʻri ushlashni, daftarni toʻgʻri qoʻyishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular boʻylab qoʻlni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sigʻish-sigʻmasligini moʻljallashi lozim.
Yozuv jarayonida oʻquvchi ruchkani qogʻoz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib toʻxtaydi va namuna bilan solishtiradi, baʻzan chiziqdan chiqib ketadi, notoʻgʻrilarini boʻyab, toʻgʻrilaydi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling