topshiriq (20-ball) Hurmatli talabalar vazifani o’z vaqtida bajarib hemisdan jo’nating!!! Maruza uchun Deadline: noyabr soat 22: 00!!!


Download 120.79 Kb.
bet2/6
Sana04.11.2023
Hajmi120.79 Kb.
#1745805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
E2B9F447 8DE5 4B47 8CB3 8E6C8B7C385D PUrrq3Z utaCfUGWzVV2PPUJvakyef0d (1)

Mavzu:

Kirish: (Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi keltiriladi) (1-varoq)




Mavzuga doir xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari: (2-5-varoq)


Mavzuga doir tahlillar(2-5-varoq):


Mavzuga doir muammolar (1-3-varoq):


Shaxsiy takliflar(kamida 4 ta):


Xulosa:

QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA RESURSLARINI YARATISH BILAN BOG’LIK LOYIHALARNI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH

Guruh:__________________________________________________
F.I.SH.__________________________________________________


Kirish

Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini tarkibiy o’zgartirish, jahon iste’mol bozorlariga sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish, diversifikatsiya jarayonini chuqurlashtirish, modernizatsiyalashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish ishlari iqtisodiyotimizda o’sish ko’rsatkichlari yuqoriligini ko’rsatmoqda. Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida neft va gaz, iste’mol, qurilish, energetika, metallurgiya tarmoqlarida rivojlanish yuqori natijalarni berdi. Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi global energiya falokatiga etaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi.


Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan.
Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi.
Biz kelajak haqida doimo o‘ylaymiz, hatto bu kelajak bizning davrimizda kirib kelmasada. Jahon hamjamiyati qazilma boyliklar miqdorining cheklanganligini va ulardan foydalaninishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini azaldan tushunib etgan va tan olgan. Hozirda jahonning etakchi mamlakatlari ekologik toza, qayta tiklanadigan.
energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish dasturlarini ishlab chiqqan va uni amalga oshirmoqda.
Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas.
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari haqida fikr yuritishdan oldin bunday tushuncha fanga qachon va qanday kirib kelganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi mustaqil ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi va mavzuning tanlanishiga asos bo’ladi.


Download 120.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling