topshiriq (20-ball) Hurmatli talabalar vazifani o’z vaqtida bajarib hemisdan jo’nating!!! Maruza uchun Deadline: noyabr soat 22: 00!!!


Download 120.79 Kb.
bet6/6
Sana04.11.2023
Hajmi120.79 Kb.
#1745805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
E2B9F447 8DE5 4B47 8CB3 8E6C8B7C385D PUrrq3Z utaCfUGWzVV2PPUJvakyef0d (1)

Mavzuga doir muammolar
Aslini olganda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda ko‘p muammolar mavjud. Masalan, energiya resurslarining geografik taqsimlanish muammosi. Shamol elektr stansiyalarini faqat kuchli shamollar tez-tez esadigan joylarda, quyosh-quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlarda, gidroelektrostansiyalar - yirik daryolar bo‘yida qurilishi kerak.
Neft yetarli ammo, hamma joyda emas, lekin uni oson etkazib berish mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ikkinchi muammosi - beqarorlik. Shamol elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish shamolga bog‘liq. Shamolning paydo bo‘lish vaqti, tezligi, yo‘nalishi, esish yoki esmasligi uning muammoli jihati hisoblanadi. Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi, kechqurungi qorong‘ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi.
Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste’molchilarining talab va ehtiyojlariga bog‘liq holda foydalanib bo‘lmaydi.
Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashqi faktorlarga bog‘liq emas va doimo o‘zgarmasdan qoladi. Ushbu elektrostansiyalarni osonlik bilan boshqarish mumkinligi ularning ustun tomonlaridan dalolatdir.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina katta energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan paytda, zaxira manbadan qo‘shimcha ta’minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda qimmatlashuviga olib keladi.
Shunga o‘xshagan boshqa bir qator murakkab muammolar tufayli dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi sekin kechmoqda. Chunki qazilma yoqilg‘ini olib yoqish hali ham oson va arzon.
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari haqida fikr yuritishdan oldin bunday tushuncha fanga qachon va qanday kirib kelganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsiy takliflar(kamida 4 ta):

Xorij mamlakatlaridagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini chuqur o‘rgangan holda yurtimizdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi takliflarni ko‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi:


➢ yoqilg‘i energetika sohasidagi mavjud eskirgan infratuzilmani yangilash;
➢ mavjud elektr stansiyalarini kapital ta’mirlash va yangi zamonaviylarini o‘rnatish;
➢ qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari uchun investorlarni jalb etib, investitsiya olib kirish;
➢ qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish;
➢ energetika sohasida malaka darajasini oshirish uchun o‘quv markazlarini kengaytirish va yangilarini ochish, xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish zarur;
➢ turli davlatlarning texnika, texnologiyalarini olib kirib joylashtirish emas balki, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari jixozlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
➢ aholiga o‘z xonadonlariga shamol tegirmonlari, quyosh panellari va kuyosh kollektorlaridan foydalanish uchun targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.


Xulosa:

Mamlakatda elektr energiyasiga talabni qondirish maqsadida hozirgi ishlab chiqarilayotgan elektr energiya ulushini kamaytirmay, unga qo‘shimcha tarzda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirib borish darkor. Tabiiy va toza elektr energiyasi ishlab chiqarish natijasida, kelajak avlodga er osti qazilma boyliklarining tejalishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, chekka qishloqlarga elektr energiyasi etib borishiga, vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi o‘chib qolmasligi, texnika va texnologiyalarga zarar etkazmaslik, aholining turmush tarzi yaxshilanishi, atrof muhitning ifloslanishi hamda iqlim sababli turli ofatlarning oldi olinishiga erishiladi.


Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- an’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan ta’riflarni tabaqalashtirish lozim, ya’ni ma’lum me’yorlardan ortiq elektr energiyasi uchun ta’riflarni sezilarli darajada oshirish. Bunda iste’molchi belgilangan me’yorlardan ortiqcha foydalanilgan elektr energiyasi uchun 2-3 barobar ortiqcha ta’riflarda to‘lovni amalga oshiradi;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchilarning (uy xo‘jaliklari va yuridik shaxslar) tarmoqqa ulanishi va iste’moldan ortiqcha energiyani tarmoqqa uzatishi hamda zarur hollarda tarmoqdan qabul qilishng kredit tizimini joriy qilish. Bunda har bir iste’molchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida o‘zi ishlab chiqargan elektr energiyasining shaxsiy ehtiyojidan ortiqcha qismini umumiy tarmoqqa kiritishi va elektr energiyasini ishlab chiqarishning quyoshsiz vaqtlardagi mavsumiy kamayishi holatida tarmoqdan elektr energiyani qabul qilishi imkoniyatini joriy qilinadi.
- elektroenergiya bozoriga erkin kirishni ta’minlash, jumladan, xususiy sektorda qayta tiklanuvchi elektr energiyani ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojidan ortgan qismini sotishga ruxsat berish;
- ayrim tarmoqlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini iste’mol qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha majburiy kvotalarni joriy qilish;
- qazib olinuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarganlik uchun jarimalar va soliqlarni joriy qilish;
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishning qator iqtisodiy mexanizmlaridan foydalanish mamlakatimiz umumiy energiya iste’molida qayta tiklanuvchi energiya ulushining oshishiga, o‘z navbatida, yuqori iqtisodiy samaraga erishish, atrof-muhitga salbiy ta’sirning kamayishi va oxir oqibatda, barqaror rivojlanishga erishish imkonini beradi.

1 Медоуз Д. Х., Медоуз Д. Л., Рэндерс Й.За пределами роста. М.: Прогресс, Пангея, 1994.304 с

2 This report was jointly prepared by UN Environment's Economy Division, Frankfurt School-UNEP Collaborating Centre for Climate & Sustainable Energy Finance, and Bloomberg New Energy Finance. Erik Solheim, Patricia Espinosa and Nils Stieglitz

3 "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

4 "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

5 "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.


Download 120.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling