Topshiriq: Mavzuni o’qing va mavzuga doir savollar va testlar tuzing 2-Topshiriq


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar


Download 43.74 Kb.
bet4/6
Sana13.05.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1456068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-амалий машғулот

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3948-son qarorida:
a) 1-bandda “va xalqaro” so‘zlari “, xalqaro va xorijiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar
RO‘YXATI
I. Mamlakatlar
1. Avstraliya Ittifoqi
2. Belgiya Qirolligi
3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
4. Germaniya
5. Daniya Qirolligi
6. Isroil
7. Irlandiya
8. Ispaniya Qirolligi
9. Italiya
10. Kanada
11. Janubiy Koreya
12. Niderlandlar Qirolligi
13. Norvegiya Qirolligi
14. Sloveniya
15. Amerika Qo‘shma Shtatlari
16. Finlyandiya
17. Fransiya
18. Shveysariya Konfederatsiyasi
19. Shvetsiya Qirolligi
20. Yaponiya
21. Vengriya
II. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar
1. Yevropa dori vositalari agentligi (EMA), Yevropa Ittifoqi.
2. Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA), AQSh.
3. Farmatsevtika va tibbiy buyumlar agentligi (PMDA), Yaponiya.
4. Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi (MFDS), Koreya Respublikasi.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlar nazorati agentligi (MNRA), Buyuk Britaniya”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan dori vositalarining referent narxlarini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qat’i nazar qayd etish”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4592-son qarorining 10-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini qurilish va ta’mirlash, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini sotib olishda”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qaroriga 5-ilovaning 16-pozitsiyasi “Tadbir nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy-laboratoriya uskunalari, laboratoriya jihozlari, texnikalarning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlar, reaktivlar, reagentlar, ozuqa muhitlari, laboratoriya idishlari, laboratoriya hayvonlari va ular uchun ozuqalar xarid qilish”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarorida:
a) 1-bandda:
“a” kichik bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bemor davolanganidan so‘ng Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi davolagan muassasaga bazaviy narxlar doirasida bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq, sarflangan mablag‘ni Davlat budjeti hisobidan o‘tkazib beradi. Bunda, yo‘llanma asosida bemorlarni davolaydigan davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan barcha shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda qilingan haqiqiy xarajatlar ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi”;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib joriy etilgunga qadar ushbu davlat tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq xarajatlar tasnifining bir satrida moliyalashtiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalari tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga oylik hisobot taqdim etiladi.
Belgilansinki, mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarining shoshilinch tibbiy yordam, gemodializ, tug‘ruq, bolalar va yuqumli kasalliklar bo‘linmalarini saqlash xarajatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarajatlar smetasini ro‘yxatga olish asosida moliyalashtiriladi, qolgan barcha bo‘linmalarning imtiyozga ega bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha xarajatlari bazaviy narxlarda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali qoplab beriladi”;
quyidagi mazmundagi “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“d) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy xizmat ko‘rsatadigan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tanlash huquqiga ega bo‘ladi;
e) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
j) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuziladigan shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib amalga oshiriladi;
z) Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlaydi”;
b) 2-ilovada:
5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2023-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-5202-son qaroriga 1-ilovaning 25-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil oktyabr” so‘zlari “2023-yil oktyabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-217-son qarorida:
a) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar nikohlanuvchi shaxslarni molekulyar-genetik testdan hamda homilador ayollardan molekulyar-genetik diagnostika uchun olingan biomaterialni laborator tekshiruvdan o‘tkazish tartibini tasdiqlasin”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda Davlat budjeti hisobidan qo‘shimcha 85 milliard so‘m hamda Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 30 milliard so‘m ajratilishini, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlasin”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qaroriga 3d-ilovaning 5, 6, 7, 8 va 10-pozitsiyalari “Muddati” ustunidagi “2022-yil oktyabr” so‘zlari “2023-yil yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-360-son qarorida:
1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Ijro etish muddatlari” ustunidagi “2022-yil 10-oktabr” so‘zlari “2022-yil 10-dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 5-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2022-yil sentyabr” so‘zlari “2022-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
“51. Import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun xarid qiymati import mahsulotga tartibga solinadigan narx belgilash bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Xarid (bazaviy) qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling