Topshiriq: Mavzuni o’qing va mavzuga doir savollar va testlar tuzing 2-Topshiriq


T/r Ma’lumot berish uchun mas’ul vakolatli organ


Download 43.74 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1456068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-амалий машғулот

T/r

Ma’lumot berish uchun mas’ul vakolatli organ

Talab etiladigan ma’lumotlar

1.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Yagona milliy mehnat tizimi

2.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Muvofiqlik sertifikatlari Davlat reyestri

3.

Davlat soliq qo‘mitasi

Dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimi

4.

Davlat personallashtirish markazi

Shaxsga doir ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qaroriga
3-ILOVA
Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Dori vositalarini retseptsiz berishga oid tartib-taomillarni takomillashtirish.

Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

2.

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini rasmiy veb-saytlarda e’lon qilish.

Tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini, unda retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini alohida aks ettirgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish hamda muntazam yangilanib borilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

3.

Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda klinik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda klinik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

4.

Dorixona sharoitida dori vositalarining ulgurji realizatsiyasi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish.

Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash uchun olingan litsenziya doirasida dorixonada tayyorlangan dori vositalarini tibbiyot muassasalarida foydalanish uchun ulgurji realizatsiya qilishga ruxsat berish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish va natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taxliliy ma’lumotlar va asoslangan takliflar

2022-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Statsionar tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni shifoxona orqali amalga oshirish.

1. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Bunda, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul, qolgan hollarda pullik asosda, shifoxonaga kirim qilingan narxlarda berilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat beruvchi holatlarni belgilash.

Alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

2025-yil 1-yanvargacha davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash.

1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan olib kirishga ruxsat beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash.
2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan olib kirishga ruxsat beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi saytlarida e’lon qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

8.

O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarning barcha foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarni elektron shaklda tayyorlash.
2. Mazkur yo‘riqnomalarning katalogini yaratish.
3. Katalogni Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish.

1. Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalari narxlarini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtirish imkonini yaratish.
Bunda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimini soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Davlat soliq qo‘mitasi

2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga murojaat kelib tushganda, murojaat holatini onlayn kuzatish imkoniyatini beruvchi elektron tizim yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

10.

O‘zbekiston Respublikasida ruxsat etilgan biologik faol qo‘shimchalar ro‘yxatining barcha foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasida ruxsat etilgan biologik faol qo‘shimchalarning elektron katalogini yaratish.
2. Katalogni Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

11.

Maxsus kiritiladigan biologik faol qo‘shimchalar muomalasini tartibga solish.

Biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallarni chetdan keltirish hamda ishlab chiqarishga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ruxsatnoma berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xiz�ati, Adliya vazirligi

12.

Shifokorlar va farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yakunlash, ro‘yxatni doimiy ravishda yangilab borish.

1. Shifokorlar va farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ro‘yxatga olish.
2. Umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan, doimiy yangilanib boriladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yuritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

13.

Tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tka�ilgan dori vositalari ro‘yxatining barcha foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash.

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun elektron tarzda murojaatlarini “Uzpharminfo” dasturida alohida modul orqali qabul qilish imkoniyatini yaratish.
2. Tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari reyestrini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining rasmiy saytiga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

14.

Dori vositalari referent narxlarining jamoatchilik uchun ochiqligini kengaytirish.

Dori vositalarining referent narxlarini ko‘rish va kuzatib borish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

15.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga dorixona mudiri sifatida faoliyat yuritish huquqini berish natijalari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish.

1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga dorixona mudiri sifatida faoliyat yuritish huquqini berishning amaliyotdagi natijalarini tahlil qilish.
2. Zarur hollarda, ushbu normani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taxliliy ma’lumotlar va asoslangan takliflar

2022-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qaroriga
4-ILOVA

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling