Topshiriq mumtoz qofiya haqida ixcham umumiy ma'lumot bering


Navoiy ijodida uchrovchi qofiya turlari (mujarrad, muassas, murdaf va muqayyad qofiyalarga misollar keltiring)


Download 22.49 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi22.49 Kb.
#199507
1   2   3   4
Bog'liq
01.кофия

2.Navoiy ijodida uchrovchi qofiya turlari (mujarrad, muassas, murdaf va muqayyad qofiyalarga misollar keltiring).

1. Mujarrad qofiya ( ar. - yakka, yolg'iz, tanho) - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Bunday qofiya turida raviy harfi cho‘ziq unlidan iborat bo‘lishi yoki raviy undosh bilan yakunlanib, undan oldin tavjih - qisqa unli kelishi asosiy talab hisoblanadi. Mujarrad qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko'rinishlariga egabo'ladi. Alisher Navoiy ijodida mujarrad qofiyaning bir necha turi keng qo‘llanilgan. Masalan,

Mujarrad muqayyad qofiya . Uning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, birinchi ko‘rinishida raviy cho‘ziq unlidan iborat bo‘ladi va unda shu cho‘ziq unlidan boshqa biror harf ishtirok etmaydi.

Ko‘zung ne balo qaro bo'lubtur,

Kim jonga qaro balo bo‘lubtur.

(“G‘aroyib us-sig‘ar” , 161-g‘azal)

Bunda “qaro” va “balo” so‘zlaridagi “o” raviysi cho‘ziq unli bo‘lib, qofiyadosh so‘zlar shu harf bilan yakunlangan.
2. Murdaf qofiya - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ridfli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida raviy harfidan oldin cho‘ziq unlilardan biri- ridfi asliy, ba’zan esa ridfi zoyid keladi. Murdaf qofiya raviyharfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko'rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida murdaf qofiyaning bir necha turlari qo‘llanilgan. Masalan,

Ridfli muqayyad qofiya . Alisher Navoiy g‘azaliyotida uning ikki turi keng qo‘llanilgan bo‘lib, ulardan birinchi turini ko’ramiz

Ridfi asliyli muqayyad qofiya - raviydan oldin ridfi asliy (ko‘pincha “o”)ni keltirish orqali hosil qilinadi. Mufrad ridfli muqayyad qofiya deb ham ataladi. Masalan:

To bo'ld i ko 'ng l ul k 'zi usrukka gir iftor ,

El ko‘ziga sog‘men, vale o'z-o'zuma bemor.

(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 182-g‘azal)

baytida “giriftor” va “bemor” so'zlari qofiya, “r” - raviy, undan oldin turgan “o” unlisi - ridfi asliy. Qofiyadosh so'zlarda birgina ridfi asliy ishtirok etayotganligi uchun ushbu qofiya turi shunday atalgan.
3. Muqayyad (qaydli) qofiya ( ar. bog'langan , k ishanlangan)- qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Qaydli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida o‘zak tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi. Bunda qisqa unli hazv, raviydan oldin turgan undosh qayd deb ataladi. Qaydli qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo'llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida bu qofiya turi u qadar keng qo'llanilmagan.

Qaydli muqayyyad qofiya - qisqa unlidan keyin kelgan qator undosh bilan yakunlanadi. Masalan:

Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo'ld i poybast,

Senga mushkil holat-u bizga qatiq ish berdi dast,

(“G‘aroyib us-sig‘ar” , 76-g‘azal)

baytida “poybast” va “dast” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “s” - qayd, qisqa “a” unlisi hazv hisoblanadi.
4. Muassas qofiya - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ta’sisli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladi. Cho‘ziq “o” unlisi ta ’sis deb, undan keyingi undosh daxil deb, raviy oldidagi qisqa unli esa ishbo‘ deb ataladi. Muassas qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo'llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyadva mutlaq ko‘rinishlariga ega bo'ladi. Alisher Navoiy ijodida muassas qofiyaning ko’p turlari qo‘llanilgan.Masalan,

Ta’sisli muqayyad qofiya - raviydan oldin harakatli bir undosh, undan oldin esa cho‘ziq “o” unlisi (ta’sis) keladigan qofiya. Masalan:

Gar yetar ag 'yordin yuz ming jarohat, ey ko'ngul,

Chunki bordur yor uchun bor aysh-u rohat, ey ko‘ngul -

(“Navodir ush-shabob” , 384-g‘azal)

baytida “jarohat” va “rohat” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “o” - ta’sis, “h” undoshi - daxil, “a” unlisi - ishbo‘ hisoblanadi.

Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling